3-sxema.
Hisob-kitob markazi
Yuqorida keltirilgan sxemaga kuyidagicha tavsif beramiz:
1.
Eng avvalo mol jo’natuvchi va mol oluvchi korxonalar o’rtasida xo’jalik
shartnomasi tuziladi.
2.
Shartnomaga asosan mol jo’natuvchi korxona mol oluvchi korxonaga mahsulot
jo’natadi.
3.
Mol oluvchi korxona olgan mahsulotga pul o’tkazish uchun to’lov topshirig’i
rasmiylashtirib o’ziga xizmat ko’rsatuvchi bankka topshiradi.
4.
Bank xodimi tomonidan to’lov topshirig’i asosida mol oluvchi korxona
hisobvarag’idan pul chegiriladi.
5.
Hisob-kitob markazi orqali elektron to’lov mol sotuvchi korxona bankiga
jo’natiladi.
6.
Kelib tushgan elektron to’lov mol sotuvchi korxona bankida mol sotuvchi
korxona hisobvarag’iga o’tkaziladi.
7.
Elektron to’lov topshirig’ining bir nusxasi to’langan hujjatlar sifatida mol
sotuvchi korxonaga beriladi.
Hozirgi kunda respublikamizda banklar orqali o’tkazilayotgan barcha
to’lovlarning 65-75 foizi to’lov topshiriqnomalari yordamida amalga oshirilmoqda,
bu uning afzalliklari bilan bog’liqdir.
Bu afzalliklar quyidagilardan iboratdir:
-birinchidan, hujjatlar aylanishining oddiyligi va tezligi, ya’ni hisob-kitoblarni
amalga oshirishning texnik jixatdan kulayligi. Bu esa o’z navbatida xo’jalik
yurituvchi sub’ektlar va bank xodimlarining mexnat sarfini kamaytiradi;
-ikkinchidan, pul mablag’lari xarakatining tezligi, ya’ni to’lov talabnomasiga
nisbatan to’lov topshiriqnomasi bo’yicha hisob-kitoblarda hujjatlarning aylanishi
harakati qisqaligi so’zsiz xo’jalik oborot mablag’larining aylanish tezligini oshiradi;
-uchinchidan, tovar sotib oluvchining qabul qilgan tovarlari yoki xizmatlar sifatini
oldindan aniqlab olinishi. Hisob-kitoblarning bu shaklida to’lov talabnomasi orqali
hisob-kitoblarda bo’lgan kabi bankka raddiya arizasi topshirilmaydi, chunki
to’lovchining o’zi tulovni to’lashga rozi bo’lsa, topshiriqnomani bankka topshiradi;
5.
Электрон
тўлов
6
Мол
жўнатувчи
корхона
банки
4
Мол
олувчи
корхона
банки
7.
Тўлов
2.
Товар
Мол
сотувчи
корхона
Мол
олувчи
корхона
1.
Шартнома
32
-to’rtinchidan, to’lov topshiriqnomasining barcha tovarsiz operatsiyalarda ko’llanishi,
bu esa ushbu shakl bo’yicha hisob-kitoblarning axamiyatini yanada yakkol aks
ettiradi.
To’lov topshiriqnomasi bo’yicha hisob-kitoblarning afzalliklari bilan bir
qatorda kamchiliklari ham mavjud. Kamchiliklar shundan iboratki, mol jo’natuvchi
yoki xizmat ko’rsatuvchi korxona uchun to’lovning o’z vaqtida o’tkazilishi to’la
kafolatlanmagan. Chunki to’lovning o’z vaqtida o’tkazilishi to’lovchi korxonaning
depozit hisob varag’idagi mablag’lar miqdoriga bog’liq. To’lovning to’liq
o’tkazilishiga etarli pul mablag’larining bo’lmasligi pul aylanishi sekinlashtiradi va
mahsulot jo’natuvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi korxonaning moliyaviy holatini
yomonlashtiradi.
Lekin ko’rsatilgan kamchilik to’lov topshiriqnomasi bo’yicha hisob-
kitoblarning naqd pulsiz hisob-kitoblarning boshqa shakllari oldidagi ahamiyatini
kamaytirmaydi. Aksincha, hozirgi davrda xo’jalik sub’ektlari o’rtasida to’lov
topshiriqnomalarining ko’llanilish doirasi yanada kengayib bormoqda, chunki oldingi
yillarda to’lov topshiriqnomalari bo’yicha to’lovlar faqat mahsulot jo’natilgandan va
xizmatlar ko’rsatilgandan keyingina amalga oshirilar edi. Bunday holat bozor
munosabatlari sharoitida o’zini oqlamaydi, debetor va kreditor qarzdorliklarning
oshib ketishiga olib keladi, bu esa o’z navbatida iqtisodiyotda qarzdorlik zanjirini
keltirib chiqaradi.
Yuqorida
ko’rsatilgan
muammolarning
oldini olish maqsadida hukumatimiz
tomonidan bir qator mexanizmlar ishlab chiqildi, qaror va farmoyishlar qabul qilindi.
Dastlab 1995 yil 5 mayda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Korxona va
tashkilotlar raxbarlarining xalq xo’jaligidagi hisob-kitoblarni o’z vaqtida o’tkazishni
ta’minlash bo’yicha javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 154-sonli
Farmoni chiqarildi. Farmonga muvofiq, mulk shaklidan qat’iy nazar har bir xo’jalik
sub’ekti agar mol oluvchi korxona bo’lsa, u albatta o’sha mol qiymatining kamida 15
foizi summasini oldindan to’lashi talab etiladi. Tabiiyki, bu to’lov topshiriqnomasi
asosi amalga oshiriladi.
Oldindan to’lov o’tkazish ilgari yoqilg’i-moylash mahsulotlari va boshqa ba’zi
xollarda Davlat bankining ruxsati bilan amalga oshirilar edi. Lekin hozirgi paytda
xo’jaliklar o’zlari o’zaro xo’jalik shartnomalari orqali 100 foizli yoki undan kam
miqdorda bo’lgan oldindan to’lovlar o’tkazishni kelishib oladilar. Yuqorida
ko’rsatilgan mexanizm esa tomonlar o’rtasida shartnomada ko’rsatilgan
majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazorat o’rnatishga yordam beradi. 15
foizdandan kam bo’lmagan avanslangan to’lovlarning o’tkazilishning majburiyligi,
bank bunday to’lovlar ustidan doimo nazorat olib borishi xaqida O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining yana bir «Hisob-kitoblar tizimi hamda to’lov intizomini
mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi 1996 yil 24 yanvardagi Farmoni
chiqarildi, Farmonda korxona va tashkilotlar tomonidan bankka topshiriladigan to’lov
topshiriqnomasida kat’iy ravishda shartnoma nomeri, to’lov tartibi, 15 foizdan kam
bo’lmagan avans to’lovi miqdori ko’rsatilishi shart qilib belgilandi. Demak, naqd
pulsiz hisob-kitoblarning qaysi shaklidan foydalanishdan kat’iy nazar, xo’jaliklar
avvalo to’lov summasining 15 foizdan kam bo’lmagan miqdorini to’lov oluvchi
korxona hisobvarag’iga aynan to’lov topshirig’i yordamida o’tkazadilar. Bu esa
33
to’lov topshirig’ining iqtisodiyotning hamma sohalarini kamrab olayotganidan dalolat
beradi. Umuman, xalq xo’jaligiida hususiy sektorning o’rni kengayib borgan sari
kichik va boshqa xususiy korxonalar sonining oshishi to’lov topshiriqnomalari
bo’yicha hisob-kitoblar hajmining kengayishiga yo’l ochib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |