1.2 Menejmentda qo’llaniladigan uslublar.
Menejmentda uchta asosiy uslub ajratib koʼrsatiladi: avtoritar (yoki buyruq, avtokrat); demokratik (yoki kollegial), liberal.
Menejmentning avtoritar uslubida xodimlar faqat ularga buyurilgan vazifani bajarishlari lozim, bunda ular faqat eng kam zarur axborotga ega boʼlishlari kerak. Raxbarlikning avtoritar usuli armiya va flotda qoʼllaniladi. U rasmiy tizim, nizomda kursatilgan xarbiylar xuquq va burchlariga tayanadi. Аvtoritar uslubning afzal tomoni boʼysunuvchilarga taʼsir etishning markazlashgan bulishidir. Shu sababli, avtoritar uslubda taʼsirlar tezkor va maqbul uslubda taʼsirlar tezkor va maqbul boʼlishga oson erishiladi. Lekin bu uslub xodimlar tashabbuskorligini ragʼbatlantirmaydi. Raxbar oʼz xodimlari mexnati samaradorligini oshirishda qiyinchilikka duch keladi. Bunday raxbarning eng katta kamchiligi - tashabbusni boʼgʼish, qoʼl ostidagilar ijodiy kuchlaridan foydalanmasligi, ish bir tartibda bajarilishidir.
Raxbarlik qilishning demokratik uslubi qarorlar qabul qilish va yechishda jamoa aʼzolarini keng jalb etish bilan ajralib turadi. Bunda muxokama qilishning muvofiklashtirish va nazorat qilishning jamoa shakllaridan koʼproq foydalaniladi, raxbar oʼz vakolatining bir qismini qo’l ostidagilarga topshiradi. Raxbarlik qilishning demokratik uslubida xodimlar oʼz ishi istiqboli haqida tushunchaga ega bulish uchun yetarli axborot oladilar. Demokratik uslubning afzalligi - xodimlar tashabbuskorligi va oʼz ishidan mamnun bulishi uchun kulay sharoit yaratilishidir.
Raxbarlikning liberal uslubi raxbarning jamoa faoliyatiga minimal aralashuvi bilan xarakterlanadi. Raxbar bunday xolda mexnat jamoalariurtasida vositachi vazifasini bajaradi, xodimlarni ish uchun zarur axborot bilan taʼminlaydi. Liberal uslub maksad anik va xodimlar ishi individual xususiyatga ega boʼlgan xoldagina kullanilishi mumkin. Bunday sharoitda xodimlar oʼz faoliyatini rejalashtiradilar va tashkil etadilar, raxbarga esa fakat zarur xollardagina murojaat kiladilar. Liberal uslub koʼprok ilmiy-tadkikot ishlariga raxbarlik qilishda kullaniladi, chunki bu xolda ijodiy faollik va mustakillik talab etiladi. Ishlab chiqarish sharoitida liberal uslubni kullab bulmaydi.
Аmalda aniq bir uslub sof holda qoʼllanilmaydi koʼp hollarda bir qancha uslublar kombinatsiyasidan foydalaniladi. Faol raxbar ongli ravishda u yoki bu uslubning ijobiy tomonlaridan foydalanishga, salbiy tomonlarini bartaraf etishga harakat qiladi.
Lekin barcha uslublar bir xil kuchga ega deb hisoblash notoʼgʼri boʼladi. Doimo rahbarlik qilishning demokratik usuli afzal koʼriladi. Xuddi mana shu uslub istiqbolga ega, uni rivojlantirish va takomillashtirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |