2-bob. Ma'Lumotlar bazasini loyihalash



Download 108,25 Kb.
bet1/3
Sana28.01.2023
Hajmi108,25 Kb.
#904155
  1   2   3
Bog'liq
2-bob. MA\'LUMOTLAR BAZASIТNI LOYIHALASH


2-bob. MA'LUMOTLAR BAZASINI LOYIHALASH
2.1. Ma'lumotlar bazasini loyihalash bosqichlari
Ma'lumotlar bazasini loyihalash axborotlarni abstraktsiyalashning bir darajasidan boshqasiga o'tish, ya'ni predmet soha (PS) axborot strukturasining tabiiy til (yozma) tavsifidan muayyan model terminlarida formallashtirilgan tavsifiga ketma-ket o'tish hisoblanadi. Ma'lumotlar bazasini loyihalash jarayonining quyidagi bosqichlarini ajratish mumkin:
1) predmet sohani tizimli tahlil qilish;
2) infologik loyihalash;
3) ma'lumotlar bazasi boshqarish tizimini (MBBT) tanlash;
4) mantiqiy loyihalash;
5) fizik loyihalash.
Har bir bosqichlarni batafsil ko'rib chiqamiz.
2.1.1. Predmet sohani tizimli tahlil qilish
Bu bosqichda quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
– ma’lumotlar bazasi va avtomatlashtirilgan tizimni ishlab chiqishning dolzarbligini asoslash;
– predmet soha va asosiy cheklovlarni batafsil tavsiflash;
- ushbu predmet soha asosiy obyektlari, ularning xossalari va o‘zaro aloqalarini aniqlash;
– tizimdan foydalanuvchilar ko‘lami va ularning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash;
- tizimning hujjat almashinuvini tadqiq etish;
- avtomatlashtirilgan muhitda hal qilinadigan vazifalar ko‘lamini aniqlash va hokazo.
Masalan, “Kutubxona” ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish talab etilgan bo‘lsin. Tizim tahlil quyidagicha bo'lishi mumkin:
Kutubxonada ko'p miqdordagi kitoblar saqlanadi, kutubxona xizmatidan ko‘plab kitobxonlar foydalanadi. Kitoblar, kitobxonlar va kitobning joylashuvi haqidagi axborotlarni yuritish samaradorligini ta’minlash uchun zamonaviy ma’lumotlar bazasiga asoslangan avtomatlashtirilgan tizim zarur hisoblanadi. Ma'lumotlar bazasi va ma'lumotlar bazasi bilan ishlashning avtomatlashtirilgan tizimdan foydalanish kitobxonlarga xizmat ko'rsatish va kutubxona xodimlarining kitoblar haqidagi ma'lumotlarni tizimlashtirish, shuningdek, boshqa ko'pgina vazifalarni bajarish vaqtini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi.
Kutubxonada muayyan mualliflar yoki muayyan mavzudagi kitoblar mavjudligi haqidagi axborotlarni tezkor aniqlash uchun kutubxonada kitoblar haqida turli xil axborotlarni saqlanishi talab etiladi.
Kutubxonada bir xil nomdagi bir nechta kitob bo'lishi mumkinligi va bir muallifning kitoblari bir xil nomga ega bo'lishi mumkinligi sababli kitoblarga noyob shifrlar berilishi kerak bo‘ladi.
Kitobxonning toifasini, uning yashash joyini va ish joyini aniqlash uchun kitobxonlar haqidagi axborotlar to'liq va etarli bo'lishi kerak. Kitobxonlarning bir xil familiyalilar bo'lishi mumkinligi sababli har bir kitobxon noyob abonent raqamiga ega bo'lishi zarur.
Kutubxona bilan ishlashdagi cheklovlar quyidagilardan iborat:
1) kitob muallifi bo'lmasligi mumkin, masalan, ilmiy konferentsiya tezislari to'plami;
2) har bir kitob bir nechta bilim sohalariga va shuningdek, har bir bilim sohasiga bir nechta kitoblar tegishli bo'lishi mumkin;
3) 1990 yilgacha nashr etilgan kitoblar hisobdan chiqarilishi kerak va ular kutubxonada mavjud emas;
4) kitobxonlar yoshi 17 dan katta;
5) har bir kitobxonda ko‘pi bilan 5 tagacha kitob bo‘lishi mumkin;
6) har bir o'quvchining ish yoki uy telefoni yoki uyali telefoni bo'lishi kerak va hokazo.
Bunday cheklovlar ko'p ham bo'lishi mumkin; ma'lumotlar bazasi ishlab chiqilayotgan kutubxonaga bog‘liq ravishda ular turli tuman yoki umuman bo'lmasligi mumkin.
“Kutubxona” ma'lumotlar bazasi bilan quyidagi foydalanuvchilar ishlaydi: kutubxonachilar, kitobxonlar, kutubxona ma’muriyat

Download 108,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish