Moliya organlarida G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iborat: Davlat budjeti g’azna ijrosi jarayoni muomalalarini buxgalteriya hujjatlarida aks ettirish;
Buxgalteriya hisobvaraqlarda budjet mablag’larini holati va harakatini aks ettirish;
Davlat budjeti ijrosi natijalarini aniqlash;
Davlat budjeti ijrosi bo’yicha oylik, choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini tuzish, taqdim etish va boshqalar.
Budjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha operatsiyalarni buxgalteriya hisobini yuritish uchun operatsiyalar amalga oshirilganligini belgilovchi hujjatlar va ularni o’tkazishga doir farmoyishlar kabi birlamchi hisob hujjatlari asos bo’ladi.
Birlamchi hisob hujjatlar budjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha operatsiyalar amalga oshirilgan paytda yoki ular amalga oshirilgandan so’ng tuziladi.
Budjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha hisobot davriga doir operatsiyalarni amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan bo’lsa, ular buxgalteriya hisobida tegishli birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirish orqali aks ettiriladi.
Bunda, o’tgan yilga doir budjetning g’azna ijrosi amalga oshiriladigan moliya yiliga qo’shimcha davrda budjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha amalga oshirilgan operatsiyalarning hisobi, belgilangan tartibda aks ettirilgan, qo’shimcha davr mobaynida tuzilgan birlamchi hisob hujjatlari asosida, o’tgan yilning budjetlarning g’azna ijrosi buxgalteriya hisobida amalga oshiriladi.
1. Byudjet hisobi va nazoratining subyektlari va obyektlarining iqtisodiy mazmuni hamda byudjet ijrosi sohasidagi vazifalari Byudjet hisobining vazifalari:
Byudjet ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish;
Byudjet ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish yordamida ro‘yhatga olish;
Byudjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisobvaraqlarda byudjet mablag‘larini holati va harakatini aks ettirish;
Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish;
Byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati, harakati, mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati hamda moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
Byudjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va hisobotlarni tuzishdan iboratdir.
Byudjet hisobini yuritishning alohida xususiyatlari quyidagilardan iborat: Byudjet tasnifi asosida hisobni tashkil etilishi;
Byudjet ijrosini nazorat qilinishi;
Xarajatlar smetasi ijrosini nazorat qilinishi;
Davlat byudjeti g‘azna ijrosi sharoitida hisobni tashkil etilishi va yuritilishi;
Hisobda kassa va haqiqiy xarajatlarni yuritilishi;
Byudjet tashkilotlarida soha xususiyatlari bo‘yicha hisobni tashkil etilishi va boshqalar.
Byudjet hisobini alohida xususiyatlari buxgalteriya hisobi vazifalariga qo‘shimcha yanada aniqroq vazifalar kiritilishini talab etadi. Ya’ni tasdiqlangan byudjet ijrosini to‘g‘ri tashkil etish, moliya-byudjet intizomiga rioya qilish va boshqalar.