27-28-mavzu. Tayyorlanmaning eskizini chizish va texnologik xarita asosida buyumni tayyorlash. (2 soat)
Nazorat ishi. (1 soat)
29-30-mavzu. Yog‘ochga ishlov berish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyasi. Yog‘och o‘ymakorligida xavfsizlik. Yog‘ochga ishlov berishga oid kasb-hunarlar to‘g‘risida ma’lumot. (2 soat)
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi
(A2+: 34 soat, Texnologiya va dizayn yo‘nalishi)
Yog‘och o‘ymakorlik san’ati.
1-2-mavzu. Yog‘och o‘ymakorligi haqida tushuncha va uning rivojlanish tarixi. (2 soat)
3-4-mavzu. Boshlang‘ich naqsh elementlaridan namunalar chizish. (2soat)
5-6-mavzu. O‘ymakorlikka oid boshlang‘ich naqshlarni (1-14 gullar) chizish. (2 soat)
Nazorat ishi. (1 soat)
7-8-9-10-11-12-mavzu. Yog‘och o‘ymakorligi san’ati maktablari. O‘ymakorlikka oid pargora naqshlarini (1-7 gullar) chizish. (6soat)
15-16-17-18-mavzu. O‘ymakorlikka oid murakkab naqsh elementlari chizish. (4 soat)
Nazorat ishi. (1 soat)
19-20-mavzu. O‘ymakorlikda kompozitsiya tuzish haqida tushuncha. Oltin kesim qonuni. (2 soat)
21-22-mavzu. Kompozitsiyaning xususiyati. Yog‘och o‘ymakorligi kompozitsiyalarida harakat. (2 soat)
Nazorat ishi. (1 soat)
23-24-mavzu. Kompozitsiyada muvozanat. (2 soat)
25-26-mavzu. Kvadrat shakliga kompozitsiya chizish. (2 soat)
27-28-mavzu. Doira shakliga kompozitsiya chizish. (2 soat)
Nazorat ishi. (1 soat)
29-30-mavzu. Girih haqida tushuncha va unga bog‘liq kompozitsiyalar chizish. (2 soat)
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar.
Buyum va mahsulot turlarini, ularni tayyorlash va ishlov berish usullarini bilish, texnologik loyihalash hamda amalga oshirish kompetensiyasi:
A2
yog‘ochga ishlov berish ustaxonasining tuzilishini biladi, yog‘ochning turmushda va iqtisodiyot tarmoqlaridagi ahamiyati hamda nuqsonlarini aniqlay oladi, yog‘ochning tashqi ko‘rinishi, yaroqlilik va yaroqsizligini ajrata oladi, duradgorlikda ishlatiladigan yog‘ochlarni biladi, o‘lchay oladi va rejalash asboblarini bir-biridan farqlay oladi, duradgorlik birikmalarini farqlay oladi, qo‘l asboblaridan foydalana oladi, jilvir qog‘ozlardan foydalana oladi, xalq hunarmandchiligi turlari bo‘yicha buyumlarni loyihalay oladi, yog‘ochga ishlov berishda qo‘llaniladigan xalq hunarmandchiligi elementlarini biladi, tayyorlanmaning eskizini chiza oladi va texnologik xarita asosida buyumni tayyorlay oladi, yog‘ochga ishlov berishga oid kasb-hunarlar to‘g‘risida ma’lumotni egallay oladi, qirqish, yelimlash ishlarini bajarishda ishlatiladigan asboblardan xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda foydalana oladi.
A2+
yog‘och o‘ymakorligi haqida tushunchaga ega bo‘ladi va uning rivojlanish tarixini biladi, boshlang‘ich naqsh elementlarini chiza oladi, o‘ymakorlikka oid boshlang‘ich naqshlarini (1-14 gullar) chiza oladi, yog‘och o‘ymakorligi san'ati maktablarini biladi, o‘ymakorlikka oid pargora naqshlarini (1-7 gullar) chiza oladi, yog‘och o‘ymakorligi ijodkor ustalarini taniydi va ularning faoliyati haqida biladi, o‘ymakorlikka oid sodda naqsh elementlari chiza oladi, o‘ymakorlikka oid murakkab naqsh elementlari chiza oladi, o‘ymakorlikda kompozitsiya tuzish haqida tushunchaga ega bo‘ladi, oltin kesim qonunini biladi, kompozitsiyaning xususiyatini biladi, yog‘och o‘ymakorligi kompozitsiyalarida harakatni biladi, kompozitsiyada muvozanat, kvadrat shaklga kompozitsiya chiza oladi, doira shakliga kompozitsiya chiza oladi, girih naqsh haqida tushuncha va unga bog‘liq kompozitsiyalar chiza oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |