13-14-mavzu. O‘zbek milliy suyuq taomlarini tayyorlash texnologiyasi. Mastava pishirish texnologiyasi. (2 soat)
Nazorat ishi. Parxez taomlar tayyorlash texnologiyasi. Parxez taomlar tayyorlash. (1 soat)
15-16-mavzu. Dasturxon, sochiq turlari, ulardan foydalanish, saqlash va yuvish. Oila gigiyenasi – oila madaniyati. Tushlik uchun dasturxon tuzash. (2 soat)
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi (42 soat)
Umumiy tushunchalar (4 soat)
17-18-mavzu. Jun va ipak tolali gazlamalar, ularning olinishi. Jun va ipak tolalarning xossalari. Jun va ipak tolali gazlama xossalarini aniqlash. (2 soat)
19-20-mavzu. Gazlamalarning to‘qilish turlari. Atlas va satin to‘qish. (2 soat)
Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish
(3 soat)
21-mavzu. Furnitura va uning turlari haqida ma’lumot. Tugma, halqa tikish. (1 soat)
Nazorat ishi. (1 soat)
22-23-mavzu. Ilgak, halqa tikish. Tugmacha va piston qadash texnologiyasi. (2 soat)
Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish
(3 soat)
24-mavzu. Oyoq yuritmali tikuv mashinasining tuzilishi, ishlash prinsipi. Oyoq yuritmali tikuv mashinasini ishlashga tayyorlash. (1 soat)
Nazorat ishi. (1 soat)
25-26-mavzu. Tikuv mashinasida ishlatiladigan kichik mexanizatsiya vositalaridan foydalanish. Ichki kiyim choklaridan namunalar tikish. (2 soat)
Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi
(32 soat)
27-28-mavzu. Beldan kiyiladigan kiyim turlari. Yubkalar. O‘lchov olish. (2 soat)
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar.
Buyum va mahsulot turlari, ularni tayyorlash va ishlov berish usullarini bilish, texnologik loyihalash hamda amalga oshirish kompetensiyasi:
A2
pazandachilik xonasini jihozlanishiga qo‘yiladigan talablar, un va don mahsulotlarining ozuqaviy qiymati va ahamiyatini biladi, guruch pishira oladi, oshxonada qo‘llaniladigan idishlardan foydalana oladi va saqlay oladi, qatlama tayyorlay oladi, pazandachilikda ishlatiladigan sovutgich va muzlatgich, termos, mikroto‘lqinli elektrpechlarning tuzilishi va ahamiyatini biladi, foydalana oladi, pechenie pishira oladi, qandolatchilikda ishlatiladigan texnologik jihozlarning turlari, tuzilishi va foydalanish qoidalarini biladi, elektr asboblar bilan ishlash xavfsizligini biladi, tvorogli pirog pishira oladi, sut va sut mahsulot turlari, sifatiga bo‘lgan talablar, saqlanishi va muddatini biladi, shirguruch pishira oladi va dasturxonga tortish qoidalarini biladi, xamir turlari va uni tayyorlash texnologiyasi, lochira pishirish texnologiyasi, o‘zbek milliy suyuq taomlarini tayyorlashni biladi, mastava pishira oladi, parxez taomlar tayyorlay oladi, dasturxon, sochiq turlari, ulardan foydalanadi, saqlaydi va yuva oladi, tushlik uchun dasturxon tuza oladi, jun va ipak tolali gazlamalar, ularning olinishi, jun va ipak tolalarning xossalarini biladi, jun va ipak tolali gazlama xossalarini aniqlay oladi, gazlamalarning to‘qilish turlarini biladi, atlas va satin to‘qiy oladi, furnitura va uning turlari haqida ma’lumotni biladi, ilgak, halqa tika oladi, tugmacha va piston qaday oladi, oyoq yuritmali tikuv mashinasining tuzilishi, ishlash prinsipini biladi, oyoq yuritmali tikuv mashinasini ishlashga tayyorlay oladi, tikuv mashinasida ishlatiladigan kichik mexanizatsiya vositalaridan foydalana oladi, ichki kiyim choklaridan namunalar tika oladi, beldan kiyiladigan kiyim turlari, yubkalar, o‘lchov oladi, asbob-uskuna, moslamalarda xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda ishlay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |