-larini ajratadi. Ular bir vaqtning o’zida emas, balki turli davrlarda, birining o’rnini ikkinchisi olishi bilan yuzaga kelgan. Jahon xo’jaligi taraqqiyoti O’rta dengiz va Pireney yarim oroliga, ulardan Angliya va Amerikaga (AQSh)ga ko’chdi. Hozirgi davrda tarixni, iqtisodiy-ijtimoiy hayotni rivojlantiruvchi mintaqalar ,,uchburchagi’’, ya’ni AQSh - G’arbiy Evropa - Yaponiya hisoblanadi. Ayni vaqtda, etakchi kuchning, jahon rivojlanish qutblarining asta-sekin yana sharqqa ko’chishi alomatlari sezilmoqda. Buni Yaponiya ta’siri va boshchiligida yangi industrial mamlakatlar - Janubiy Koreya, Singapur, Tayland, Malayziya, İndoneziya, Filippinning izma-iz jadal suratlar bilan rivojlanishida ko’ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |