MAROSIMLAR ETIKETI
O‘zbek xalqining qon-qoniga singib ketgan marosimlardan biri to‘ydir.
To‘y qarindosh-urug‘, tanish-bilish, qo‘ni-qo‘shni, el-yurtga yoziladigan
dasturxon, ularni ahillikka, mehr-oqibatli bo‘lishga undaydigan marosim
hisoblanadi.
To‘ylarimiz o‘zbeklarning kimligini namoyon etuvchi o‘ziga xos bir
ko‘rikdir. To‘y ham, ma’raka ham, marosim ham birinchidan shaxsiy ish emas,
balki ijtimoiy hodisadir. Ikkinchidan, esa xalqimizning milliy qiyofasi va xarakteri,
o‘ziga xos turmush tarzi, salohiyati, dunyoqarashi, tafakkuri, ongi va qalbi,
odamgarchiligi, orzu-umidlari, fazilatu kamchiligi, bir so‘z bilan aytganda, butun
borlig‘i ana shu to‘y-hashamlarda, oilaviy tantanalarda, ma’raka va marosimlarda
yaqqol namoyon bo‘ladi.
O‘zbekistondagi har bir viloyat va hududda to‘y oldi va to‘y o‘tkazish
marosimlari o‘zgachadir. Lekin qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, to‘y oldi
marosimlari va to‘y o‘tkazishning ham o‘z etiketi mavjud.
To‘y marosimlari sovchilik marosimi bilan boshlanadi.
153
Sovchilikka asosan ayol kishilar boradi. Ya’ni kuyov bo‘lmishning holasi
yoki ammasi, yon qo‘shnisi onasi bilan birga yuradi. Sovchilikka borgan ayollar
nihotda so‘zamol, shirin so‘z, uddaburon bo‘lishlari kerak. Xonadonida bo‘yi
yetgan qizi bor oilalar sovchi kelishiga doimo tayyor turishlari kerak. Uy-joylar
doimo toza, tartibli turishi lozim. Kim sovchi bo‘lib kelishidan qat’i nazar ularni
ochiq yuz bilan kutib olish kerak. Sovchilarga o‘sha xonadonning oila a’zolari,
oilaviy muhiti, qizning odobi ma’qul kelsa, o‘sha xonadonga qayta keladilar. Qiz
taraf ham birinchi kelgan sovchilarga aniq javob bermaydi. Etiket bo‘yicha birinchi
marotaba kelgan sovchining yoniga qizni olib kirib ko‘rsatish (hatto sovchilarning
iltimosiga binoan) mumkin emas. Bugungi kunda barcha qizlarimiz o‘qiydi,
ishlaydi – juda bo‘lmaganda odobli, tarbiyali qiz sahar turib ko‘chalarni supuradi –
o‘sha payt qizni tashqi ko‘rinishini ko‘rib olish mumkin.
Birinchi
kelgan
sovchiga
qizning
rasmini
ko‘rsatish mumkin.
Sovchilarning o‘zini tutishi, xatti-harakatlari yoqmagan taqdirda ham, qizning
onasi tavoze’ bilan qizini hali uzatmaslik bahonasini aytishi mumkin. Ikkinchi
marotaba kelgan o‘sha sovchilar kuyov haqidagi aniq ma’lumotlarni tashlab
ketadilar. O‘sha ma’lumotlar bo‘yicha kuyov bo‘lmishni mahalla-ko‘y, ishxonasi,
yor-do‘stlari orqali surishtiruv ishlari amalga oshiriladi. Bularni hammasi ham
odob qoidalariga binoan olib boriladi.
Ma’lumotlar yig‘ib olingandan so‘ng, o‘rtada turgan amma yoki hola
qizning yaqin qarindoshlari orqali yoki telefon orqali javob olish uchun borish
mumkinligini haqida rozilik so‘rab, kun belgilanadi. Sahih hadislarda yozilishicha
“Qaysi bir ayolga uylanish dilga tushib qolsa, oldin uni bir ko‘rishlik yomon
emas”
1
deyilgan. Demak, qiz tomon to‘plagan ma’lumotlari ma’qul tushsa, qiz
bilan yigitni bir marotaba bir-birlariga ko‘rsatishadi. Qiz va yigit o‘zlarining yaqin
qarindoshlari bilan uchrashuvga chiqadilar. Agar qiz bilan yigit uchrarashib, bir-
birlariga ma’qul bo‘lgan bo‘lsalar, patir sindirish marosimi o‘tkaziladi. Bu
marosim ham ozchilik o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Bundan so‘ng “oqlik berish”
marosimi bo‘lib o‘tadi, ya’ni kuyov taraf qiznikiga “oqlik” jo‘natadi. Bu
marosimda ham kamchilik qatnashib, kuyov tarafdan kelinga atab yuborilgan
birinchi sovg‘a-salom, shirinliklar va sarponing ma’lum qismi yuboriladi va o‘sha
kuni tuy o‘tkazish muddati begilanadi.
Juda ko‘p joylarda to‘ylar uy sharoitida bo‘lib o‘tadi. Lekin katta
shaharlarda to‘ylar restoran va kafelarda o‘tkazilmoqda. Shuning uchun to‘ylardagi
dasturxon atrofidagi etiket, o‘zini tutish etiketi, raqs tushish etiketi, kiyinish
etiketiga qat’ia amal qilinishi lozim. Jamoada yoshi katta onaxonlar, otaxonlar
borligini unutmaslik kerak. Qonuniy nikohini kechki nikoh to‘yi marosimida qayd
etish urf bo‘lib bormoqda (shar’iy nikoh to‘y egalari bilan kelishilgan vaqtda
ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng, masjidning imom-xatibi amalga oshirishi lozim).
Kuyov navkarlar kelinning uyiga karnay-surnay sadolari ostida boradilar.
Ma’lumki, karnay-surnay sadosi nikoh to‘yi e’lonidir. Ushbu tadbirda yosh
bolalarning qatnashishi etiket bo‘yicha maqsadga muvofiq emas. Ko‘p joylarda
kelin salom to‘y oqshomining ertasi kuni o‘tkazish odatga aylangan. Bu “kelin
1
Ахлоқ- одобга оид ҳадис намуналари. Т. “Фан” 1990. Б.24
154
salom” deb nomlanadi. Kelin salomda faqat yaqin qarindoshlar va yon qo‘shnilar
qatnashishadi. Buning ham o‘z etiketi bo‘lib, barcha amal qilishi lozim.
Yangi chaqaloq tug‘ilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan udum bu “Azon
aytish (shar’iy marosim) chaqaloq tug‘ilganidan 7-9 kun o‘tgach, mahalla imomi
yoki ilmli yaqin qarindoshlardan biri uning o‘ng qulog‘iga azon (chap qulog‘iga
takbir) aytishi bilan. Bu odat go‘dakning bokira shuuriga Alloh nomini muhrlash
mazmunida talqin etilgan”
1
Aqiqa chaqaloq tug‘ilganidan keyin 7, 14, 21 - kunlarning birida
o’tkaziladi. Bir qo‘y so‘yib, uni uchga taqsimlab, bir qismini homiladan bo‘shagan
ona uchun, bir qismini muhtoj oilalarga tarqatish, bir qismini ziyofatga ishlatish
tavsiya etiladi.
Qovurdoq yangi bo‘shangan kelinga onasi tomonidan tayyorlab olib
boriladigan taom. Qovurdoq o‘zaro mehr-oqibat va do‘stlik rishtalarining
mustahkam bog‘lanishini nazarda tutib, ixcham ko‘rinishda o‘tkaziladigan
marosim hisoblanadi. O‘sha kuni beshikka solish marosimini ham o‘tkazib
yuborish mumkin. Bundan tashqari, sunnat to‘yi, beshik to‘yi kabi marosimlar ham
bo‘lib, bularni ham ixcham va yaqin kishilar davrasida o‘tkazish maqsadga
muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |