4
ETIKETNING KELIB CHIQISHI, MAQSADI VA
ZAMONAVIY AHAMIYATI
Etiket axloqiy madaniyatning yaqqol ko‘zga
tashlanadigan munosabatlar
ko‘rinishlaridan biri sifatida ko‘proq insonning tashqi madaniyatini, o‘zaro
munosabatlardagi o‘zini tutish qonun-qoidalarning bajarilishini boshqaradi.
Aslida,, “etiket” tushunchasi miloddan avvalgi 2,5 - 3 ming yillikda
qadimgi Misrda paydo bo‘lgan. Etiket (étiquette) atamasi esa XVII asrning oxirida
vujudga kelgan. Ammo qadimgi manbalar etiket qoidalari ta’b, rasm-rusm hamda
odatlar shaklida azaldan ibtidoiy davrdayoq qabilalarda mavjud bo‘lganligini
asoslaydi. Bunday qoidalarni to‘liq bajarmaslik o‘zi yashayotgan jamoat yoki
qabilaga xiyonat qilish bilan barobar bo‘lgan. Avvalida bunday qoidalar nafaqat
axloqiy,
balki huquqiy, iqtisodiy, diniy hamda qon-qarindoshlik munosabatlarini
ham qamrab olgan edi. Jamoatning har bir a’zosi unga so‘zsiz bo‘ysunar edi. Shu
tariqa etiket bu davrda mustaqil qoidalariga ega bo‘lmagan, asosan jamoatning
ijtimoiy muammolariga bog‘liq holda tatbiq etilgan. Ya’ni, bu qoidalar tabiiy
jamoatning talabi bilan vujudga kelgan. Bunday talablarning bajarilishi qabila yoki
jamoatning kattalari tomonidan nazorat qilinar edi.
Keyinchalik esa ushbu qoidalar mustaqil ravishda ajralib chiqib, faqatgina
axloqiy me’yorlar darajasida ko‘rila boshladi. Qadimgi Sharqda,
jumladan, Somir
alqovlarida inson xatti-harakatlarini tartibga soluvchi yozma yodgorliklarda –
giltaxtalarda o‘z aksini topgan. Qadimgi Misrda esa bu tartib qoidalar qonunlar
majmui sifatida emas, balki badiiy adabiyotlar orqali namoyon bo‘lgan. Bunday
qoidalar, ayniqsa, Somirda ilohiylik bilan yo‘g‘rilgan. Ularni bajarmaslik xudoning
qahri bilan qaytarilishi ta’kidlangan. Qadimgi skandinaviya adabiy yodgorligi
“Edda” eposi nafaqat dasturxon atrofida o‘tirish qoidalari, balki mezbon sharafiga
tilak aytish me’yorlarni ham o‘zida mujassam etgan.
Bu kabi xatti-harakat me’yorlari jamiyat taraqqiyotining yo‘nalishini
belgilab berar edi –
yashash tarzi, odamlar dunyoqarashi, jamiyatdagi darajalarni
farqlardi. Bu esa keyinchalik turmush etiketi, siyosiy etiketning vujudga kelishiga
sabab bo‘ldi. U butun bir jamiyat bilan birga, o‘zaro davlatlarning tashqi
munosabatlarini ham belgilar edi.
Siyosiy etiketning vujudga kelishiga 1278 –
yilda qadimgi Misr Firavni
bilan Xett qiroli Xattush III o‘rtasidagi kumushga bitilgan yozma kelishuv asos
bo‘la oladi. Garchi Misr bunda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa – da, qirol uchun
Misr kabi davlat bilan hamkorlik qo‘l kelar edi. Shu tarzda kelishuvning
imzolanishi diplomatik etiketning (siyosiy etiket) boshqa etiket turlaridan ancha
avvalroq paydo bo‘lgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Zotan, davlatlararo
munosabatlardagi qabullar qadimgi Misr uchun katta ahamiyat kasb etgan. Zero
bunday qabullar juda katta dabdaba va haddan ziyod
qoidalar va rasm-rusmlar
bilan amalga oshirilar edi. Keyinchalik bunday qabullar boshqa davlatlarda ham
amalga oshirila boshlandi.
Qadimgi Yunonistonda esa elchilar maxsus “Germes nishonlari” deb
nomlangan vakillik nishonlarini o‘zlari bilan olib yurganlar. Elchilar xalqaro
5
etiketning bilimdonlari sifatida ushbu yurtda qabul qilingan siyosiy qonun-
qoidalarni qay darajada bilishlari kelishuv bitimining taqdirini hal qilgan. Qadimgi
Rimda esa siyosiy etiket yanada ustunlikka ega bo‘lgan. Misol uchun, elchilar
qabulining avvali
ziyofatlar bilan boshlanib, tashrifning tugallanishida esa ikki
tomonlama sovg‘a hadya qilish bilan yakunlangan.
Shu tarzda oqsuyaklarni oddiy fuqaro va ulardan pastroq darajada bo‘lgan
insonlardan farqlay bilish uchun alohida odamlarning o‘zini a’lo jamoatda
tutishning tartib – qoidalari paydo bo‘ldi. 1207 – yilda ispaniyalik Petrous Alfonsi
muallifligida ilk bor “O‘zini tutish qoidalari” deb nomlangan kitob paydo bo‘ldi.
Albatta, bu izlanishlar qadimgi Turon hamda Eron zaminida bunday yodgorliklar
bo‘lmagan, degan fikrni bildirmaydi. Zotan, bunda pandnomalarning o‘rni beqiyos.
Ammo shuni aniqlash zarurki, milliy o‘zligimizni anglash bilan bog‘liq bunday
ilmiy atamalar juda ko‘p chalkash tushunilishi yoki targ‘ib
qilinishi natijasida
ko‘pgina noaniqliklar vujudga keladi. Aytaylik, axloq bilan xulq va odobni, odob
bilan etiketni bir ma’noda tushunish hollari uchraydi. Aslida,, ushbu tushunchalar
bir-biridan ham nazariy, ham amaliy, ham qo‘llanish jihatidan farqlanadi.
Etiketga keladigan bo‘lsak, odob qoidalari etiket qoidalaridan ustun
hisoblangan. Zero odob rasm-rusmlari – asosan, tashqi ta’sirga emas, balki ichki
jihatlarga – insoniylik, xulq va axloqiylik uchun asos sifatida qaratilgan. Ya’ni
etiket “ muhimi qandayligi emas, balki boshqalar uchun qanday ko‘rinishda” shiori
ostida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik, aslzodalikning mavjudligini ko‘rsatishga intilish
va shu bilan jamoatchilikda ijobiy taassurot qoldirish bilan bog‘liq bo‘lgan. Odob
insonlararo munosabatlarni axloqiylashtirish hamda
uni axloqiy anglash orqali
takomillashadigan tashqi va ichki go‘zallik uyg‘unligi sifatida namoyon bo‘ladi.
Shu ma’noda, “Odob – inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa,
jamiyat va insoniyat hayotida burilish yasaydigan darajada muhim ahamiyatga ega
bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga
oladi” Bundan tashqari, odob insonlarni ranjitmaslik, Jan Pol Sartr aytganidek,
erkin jamiyatda erkin bo‘lish, ya’ni boshqalar erkini ta’minlashga, odamlarni
axloqiylikka, ular orasidagi munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan.
Ushbu
atamalarning ilmiy asosiga murojaat qilsak, ularning mazmun-mohiyati yanada
aniqroq namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda etiket
Do'stlaringiz bilan baham: