2. Auditorlik tashkilotining huquqlari, majburiyatlari Auditorlik tashkilotining javobgarligi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish



Download 43,21 Kb.
bet2/9
Sana26.04.2022
Hajmi43,21 Kb.
#583969
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
audit mustaqil ish Bekdurdiyev Dastonbek (1)

Mustaqil ish obyektlari- Auditorlik tashkilotining huquqlari majburiyatlari va javobgarligi.



  1. O’zbekistonda auditorlik faoliyatini me’yoriy-huquqiy tartibga solish tizimi va uning elementlari.

Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining birinchi (yuqori) pog’onasida O’zbekiston Respublika-sining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonuni (yangi tahriri) turadi. Ushbu qonun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil 26 maydagi qaroriga muvofiq qabul qilingan bo’lib, 29 moddadan iborat.2021-yil 25-fevral kuni ushbu qonunning yangi tahriri qabul qilindi,yangi tahrir 55 moddadan iborat va qabul qilinganidan 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.
«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan hukumat qarorlarini ham ushbu tizimning birinchi pog’ona-siga kiritish mumkin. Ijobiy auditorlik xulosasi mavjudligi xo’jalik yurituvchi sub’ektining moliya-xo’jalik faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan oxirgi tekshirish o’tkazilgandan keyin kamida 24 oydan oldin tekshirilmasligi uchun asos hisoblanadi. Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzish auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan mikrofirmalarning moliya-xo’jalik faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan tegishli auditorlik tashkiloti albatta jalb qilingan holda tekshiriladi. Bunda moliyaviy hisobotning to’g’riligi uchun auditorlik tashkiloti javob beradi. (4)
Qarorning 3-bandiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi auditorlik faoliyatini litsenziyalash maxsus vakolatli davlat organi etib tasdiqlangan va unga quyidagi funksiyalar yuklatilgan:

  • o’z vakolatlari doirasida auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni, shu jumladan auditorlik faoliyatining milliy standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

  • auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish;

  • auditorlarning respublika jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda auditorlar malaka sertifikatini olish uchun o’qitish dasturlarini va malaka imtihonlari topshirish tartibini tasdiqlash;

  • auditorlik faoliyatini amalga oshirishga berilgan litsenziyaning, auditorlar malaka sertifikatining amal qilishini to’xtatib turish, to’xtatish va bekor qilish;

  • malaka sertifikatiga ega bo’lgan auditorlar reestrini va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaga ega bo’lgan auditorlik tashkilotlari hisobi-ni yuritish.

Auditorlik tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdori eng kam oylik ish haqining kamida 1200 baravari miqdorida belgilangan. Bunda yangidan tashkil etiladigan auditorlik tashkilotlari davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan sarmoyasini shakllantirishlari zarur.


Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining ikkinchi pog’onasi – auditorlik faoliyatining milliy standartlarini (AFMS) va boshqa me’yoriy hujjatlarni o’z ichiga oladi. Auditorlik faoliyati milliy standartlari (AFMS) – bu barcha auditorlik tashkilotlari o’zlarining professional faoliyatlari jarayonida rioya qilishlari lozim bo’lgan yagona asosiy tamoillardir. Standartlar O’zbekiston Respublikasi Moliyaviy Vazirligida Buxgalteriya hisobi, hisoboti va audit uslubiyoti boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilib tasdiqlanadi va Adliya Vazirligida ro’yxatga olinadi. O’zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyati Milliy Standartlari (AFMS) Auditning Хalqaro Standartlari – AХS (International Standards of Auditing - ISAs) negizida ishlab chiqiladi va asosan auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish qoidalarini belgilaydi. Bu qoidalar moliya-xo’-jalik faoliyatining barcha sub’ektlarida bir xil qo’llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4611 Qaroriga ko‘ra yirik soliq to‘lovchilar 2021-yil yakunidan boshlab o‘z hisobotlarini MHXS bo‘yicha tayyorlashi kerak
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida auditorlik standartlariga rioya qilish audit sifatini va uning natijalari ishonchliligini kafolatlaydi.
Auditorlik standartlarining ahamiyati quyidagilardan iborat:

  • ularga rioya qilinganda auditorlik tekshiruvlarining yuqori sifatli bo’lishi ta’minlanadi;

  • auditorlik amaliyotiga yangi ilmiy yutuqlarni joriy qilishga yordam beradi;

  • muayyan vaziyatlarda auditorlar qanday ish tutishlarini belgilab beradi..


Download 43,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish