Texnik qo’llab quvvatlash va yangi texnikani testdan o’tkazish bo’limi (avval Labaratoriya deb yuritilgan) aynan men shu bo’limda o’z o’quv amaliyotimni o’tkazdim va ko’plab bilimga ega bo’ldim. Bu davrda menga biriktirilgan mutaxassis injinerlar bilan ko’plab tuman markazlari va qishloq ATS larini o’rganib, u yerda kuzatilgan texnik muammolarni bartaraf qildik.Undan tashqari turli tadbirlarda ovoz kuchaytirish jihozlarini o’rnatdik. Bu bo’limning ham vazifasi Namangan viloyatidagi ixtiyoriy tuman va shahar ATS larini nazorat qilish , texnik yordam ko’rsatish va aholiga sifatli aloqa xizmatlarini ko’rsatishdan iborat. Amaliyot davrida bizga o’qitilgan nazariy bilimlarni amaliy tarzda o’rgandim . Har bir qurilma va apparaturalar bilan tanishdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |