2. Anomal past bosimli va anomal yuqori bosimli neft va gaz konlarini ishlash va ishlatish.
Reja:
2.3. Anomal yuqori qatlam bosimining hosil bo‘lish sabablari
QAYUB holatini o‘rganish va uning hosil bo‘lish tabiatini aniqlash maqsadida ko‘p ishlar qilingan [20, 23, 24, 25, 28 va bosh.]. Qilingan ishlarning tahlili, natijasi va ulardagi ma’lumotlar turli o‘lkalarda QAYUBning paydo bo‘lishiga turli sabablarni ko‘rsatadilar (1.1-jadval).
QAYUB ning paydo bo‘lishi [24] ishda eng sodda va oddiy qilib tushuntirib berilgan. Bunda muallif gidrostatik va anomal bosimlar nisbatiga qarab uyumlarni 3 turga bo‘ladi va uning fikricha ular QAYUB ning hosil bo‘lishini barcha holatlarini qamraydi. Qo‘pchilik mutaxassislar [24] keltirilgan fikrga to‘liq qo‘shilmaydilar va QAYUB ning paydo bo‘lishini neftning kelib chiqishi va undan keyingi tektonik va gidrodinamik hodisalar bilan bog‘laydilar [6, 23, 28]. Aksariyat tadqiqotchilar fikricha QAYUBning hosil bo‘lishiga asosiy sababchi bo‘lgan holat ikkita tog‘ bosimi va haroratdir.
QAYUB ning hosil bo‘lishiga sababchi bo‘lgan boshqa holatlar - tangensional kuchlanish, Erning magnit maydonlari, reaksiya va shu kabilarning ehtimoli bor, lekin ular kam o‘rganilgandir.
1.1- jadval
Neft va gaz konlari joylashgan qatlamlarda anomal yuqori
bosimni paydo bo‘lishi sabablari
№
|
QAYUB ning sabablari
|
Tuman ma’lumot-lari
|
Kim tomonidan o‘rganilgan
|
Tarqalish xususiyat-lari
|
1
|
Qatlamning er yuzasiga chiqishi quduq og‘zidan ancha yuqori
|
Apsheron
|
Melik-Pashaev V.S., Vorobyov V.S, Levorish A., Txostov B.A.
|
CHeklangan
|
2
|
Uyum hosil bo‘lgach, bosim o‘zgarmagan holda uning chuqurligi kamaygan
|
Apsheron
|
Melik-Pashaev V.S,
Uatts K.V.
|
CHeklangan
|
3
|
Uyum xosil bo‘lgach vertikal ko‘chish
|
Apsheron
|
Melik-Pashaev V.S.,
Aliev A.K.
|
CHeklangan
|
4
|
Mazkur qatlamni pastdagi qatlamlar bilan bog‘lovchi tektonik yoriqlarning mavjudligi
|
Apsheron
|
Melik-Pashaev V.S,
Aliev A.K.
|
CHeklangan
|
5
|
Gaz uyumi katta qalinlikka ega
|
Apsheron
|
Melik-Pashaev V.S.
|
CHeklangan
|
6
|
Tektonik uzilmalar mavjudligi tufayli neft, gaz, suv qatlam- lari o‘zaro bog‘langan
|
Apsheron
|
Aliev A.K.
|
CHeklangan
|
7
|
Aylanuvchi suvlarni yuqori harorati va boshqa me’zonlarning ta’siri
|
Apsheron
|
Melik-Pashaev V.S,
Aliev A.K.
|
CHeklangan
|
8
|
YUqori bosimli qatlam-lardan neft va gaz oqimi xisobiga
|
Apsheron
|
Aliev A.K.,
Txostov B.A.
|
CHeklangan
|
9
|
Tektonik harakatlar tu-fayli jinslarning siqilishi
|
Kaspiy oldi, Kursk oldi
|
SHerstenov N.M, Salaev S, Linevskiy A.A., Uatts E.V.
|
Keng
|
10
|
YUqoridagi jinslar bosimi ostida zichlanish
|
Kaspiy oldi, Krusk
oldi, Dog‘iston, Krasnodar o‘lkasi
|
SHerstenov I.M., Salaev S, Babayan G.A., Dikenson G., Txostov B., Leverson A. I.
|
Keng
|
11
|
Neft va gazlarning fizik- kimyoviy o‘zgarishi, qatlamlardagi uglevodorodlarning siqilishi hisobiga hajmining ortishi.
|
Sverdlov vil., Kuybishev vil., CHecheniston, Turkmaniston, Stavrapol o‘lkasi
|
SHerstenov I.M., Salaev S.G., Leverson A.
|
CHeklangan
|
12
|
Kam o‘tkazuvchanlik yoki yuqori qovushqoqlik, suyuqliq bosimining ortishi uyumdan chiqayotgan oqim ko‘rsatgichidan ortiq
|
Apsheron
|
Babayan G.A., Aliev A.K.
|
Keng
|
13
|
Ajratilgan, yopiq kollektorlarga mansublik
|
Kaliforniya
|
CHani R.E., Uatts E.V.
|
Keng
|
14
|
Qatlam zich bo‘lmagan qumtoshdan iborat bo‘lganligi uchun yuqorida yotgan jinslar bosimiga dosh beraolmaydi
|
Kaliforniya
|
Uatts E.V.
|
Keng
|
15
|
Qumtoshlar bilan aralash gillarning orasidagi suyuqlikning siqib chiqarilishi sababli
|
Kaliforniya
|
Uatts E.V.
|
CHeklangan
|
16
|
Neft, gaz, suvga to‘yinganlikdagi o‘zgarishi
|
Texas, Luiziana
|
Dinkenson G., Mak-Lauli P.
|
CHeklangan
|
2.4. Qatlam harorati va tog‘ bosimi o‘sishining uyum bosimiga ta’siri.
QAYUB holatiga asosiy ta’sir qiluvchi omillar sifatida tog‘ jinslari va qatlam suvlarining harorati, hamda tog‘ bosimi deb ko‘rsatilgan edi. Biz quyida o‘sha ko‘rsatkichlarni ta’sir miqdorini baholashga harakat qilamiz. Doimiy hajmda, ya’ni uyumning o‘tkazmas jins¬lar tufayli yoki boshqa to‘siqlar bilan ajralib qolganligida neftning kengayishi, uyumda bosimning ortishiga olib keladi. CHunonchi, uyum hosil bo‘lgach tektonik jarayonlar tufayli ajratilgan deylik va unga alohida
issiqlik ta’siri mavjud. SHunday holatda [24] dagi bog‘liqlikdan foydalanib quyidagiga ega bo‘lamiz:
(2.1.)
Vo - neft yoki gazning dastlabki holatdagi hajmi;
V - neft yoki gazning o‘zgargan holatdagi hajmi;
R - qatlamdagi dastlabki bosim;
Rq - qatlam o‘zgargan holatdagi qatlam bosimi;
t - dastlabki ko‘rsatkichga nisbatan o‘zgargan qatlam harorati miqdori (uyum to‘la ajratilgan holatda), ya’ni V= Vo , bunda (1.1) dan qo‘yidagini olamiz:
(2.2.)
Farg‘ona neftgazli o‘lkasidagi (FNGO‘) KKS gorizonti (neogen yotqiziqlari) uchun baholovchi hisob qilamiz.
KKS gorizonti Janubiy Olamushuk konida 650 m chuqurlikda, dast-labki harorati 30 °S bo‘lgan holda, havza chetiga yaqin joyda joylashgan. Havzaning markaziy qismida esa KKS gorizonti 5200 m chuqurlikda 118 °S haroratga ega.
YUqorida qabul qilingan ko‘rsatkichlar asosida bosim gidrostatik holatda o‘zgarishini qabul qilgan holda hisoblarni bajarsak, harorat o‘zgarishida bosimni o‘zgarishi 1,322 ni tashkil etadi, ya’ni qatlam bosi-mi oddiy gidrostatik bosimdan 32,2% ga ortadi. Bunda 5200 m chuqurlikda (gidrostatik bosim 52,0 MPa) harorat tufayli o‘zgargan bosim kattaliga 16,64 MPa ni tashkil qiladi, ya’ni qatlamning dastlabki bosimi 68,64 MPa teng bo‘ladi.
Ajratilgan uyumga, ya’ni er yuzasidan ajralgan (aloqasi yo‘q) uyumga tog‘ bosimining ham salmoqli ta’siri bo‘ladi [23].
Tog‘ bosimining qatlam bosimini o‘sishiga ta’siri qo‘yidagi bog‘liqlik bilan ifodalanadi:
(2.3.)
bu erda: R1-uyumning dastlabki bosimi; V1-uyumning dastlabki hajmi; R2-qatlam bosimining o‘zgargan kattaliga; V2-uyumning o‘zgargan holatdagi hajmi. Hisobni FNGO‘ ning KKS gorizonti uchun bajaramiz. Ajratilgan uyum uchun tog‘ bosimining ortishi uning hajmini kamaytiradi, bu hodisa kollektorning g‘ovakligini kamayishi tufayli sodir bo‘ladi.
G‘ovaklik miqdorini chuqurlik sari o‘zgarishini KKS gorizonti uchun olingan iboradan hisoblaymiz:
(2.4.)
bu erda: m-kollektorning g‘ovakligi; L-qatlamning yotish chukurligi; a, v va s bog‘likliqning doimiy koeffitsientlari bo‘lib, ular qo‘yidagilarga teng:
a = 2,158; v = 1222577,414 va s = 9034,955.
(2.4) tenglama bo‘yicha kollektorning g‘ovakligi 650 m va 5200 m chukurlikda quyidagiga teng bo‘ladi: 13,164% va 3,845%.
Demak, KKS gorizonti uchun chuqurlik 650 m dan 5200 m ga ortganda kollektorning g‘ovakligi 70,79% ga kamayishi kerak, ya’ni undagi bosim gidrostatik bosimga nisbatan shunchaga ortishi kerak:
52 * 0,7079 = 36,81 MPa, demak
qatlamning o‘zgargan bosimi 88,81 MPaga teng bo‘lishi kerak.
Keltirilgan hisoblar Farg‘ona havzasining markaziy qismi uchun shuni ko‘rsatadiki, qatlam bosimi gidrostatik bosimga nisbatan ancha yuqori bo‘lishi mumkin (agar uyum to‘liq ajratilgan holatda bo‘lsa) (1.1-grafik) [25|.
Ko‘rilgan sharoit uchun qatlam bosimining anomallik koeffitsient qo‘yidagiga teng bo‘ladi:
Keltirilgan hisoblar natijalari haqiqatga yaqin bo‘lib, tog‘li o‘lkalarga to‘g‘ri keladi va ular quyidagi anomallik ko‘rsatkichlariga ega:
(Ka=1,3-2,0) - yuqori anomallik, (Ka > 2,0) - o‘ta yuqori anomallik [23]. SHuni qayd etmoq lozimki, ko‘rilgan sharoitlarda oddiy bosim ko‘rsatkichlari ham (Ka=1,0-1,1) va ozroq o‘sgan bosim ko‘rsatkichi ham kuzatiladi (K=1,0-1,3). Bosimni shunday katta oraliqda o‘zgarishining mavjudligiga harorat va tog‘ bosimidan boshqa ta’sir qiluvchi omillar ham mavjud ekanligini unutmaslik kerak.
Bosim hamda quduqlarning mahsul mikdorini ishlashni boshlang‘ich davrida keskin pasayib ketishi asosan karbonat va terrigen kollektorlarning g‘ovakligi va o‘tkazuvchanligi bilan bog‘liq.
Farg‘ona neft gazli o‘lkasida (FNGO‘) neft hosil bo‘lish sharoitlarini, uyumlarning shakllanishi, tektonikasi, gidrogeologiyasini o‘rganish bi¬lan ko‘plab mutaxassislar shug‘ullanadilar. FNGO‘ neftlarni paydo bo‘lishi sharoitini sharhi, ularning keyingi harakati, tektonik va gidrogeologik jarayonlari ko‘p maqola va adabiyotlarda keltirilgan. Ularga aso¬san mezozoy va paleogen davrida gaz va neft uyumlarining hosil bo‘lishi chegaralangan, hamda vodiyning markaziy qismida uning chekka qismlari tomon loteral neft siljishi sodir bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |