№ 2-amaliy mashg’ulot
Payvandlash transformatorlarini va Payvandlash generatorlarini о‘rganish
Bir xil chastotali о‘zgaruvchan tok kuchlanishini boshqa о‘zgaruvchan tok
kuchlanishiga о‘zgartirib beruvchi elektrmagnit apparatlari transformator deyiladi.
1-rasm. Transformator tuzilishi
Sodda transformatorda tarmoq elektr energiyasi birlamchi chulg‘amga keladi
ikkilamchi chulg‘amdan esa istemolchiga (yuklamaga) ketadi. Energiyani bir
chulg‘amdan ikkinchi chulg‘amga uzatilishi elektrmagnit induksiya xodisasi orqali
uzatiladi. Chulg‘amlar о‘rtasidagi elektrmagnit bog‘lanishni kuchaytirish
maqsadida ular berk ferromagnit о‘zakda о‘rnatiladi. Tok chastotasi tebranish
qiymati
I
< 150 Gs bо‘lganda magnit о‘zak qalinligi 0,35÷0,50mm li elektrmagnit
pо‘lat listlardan tayyorlanadi. Chastota qiymati yuqori bо‘lganda yanada yupqa
pо‘lat listlardan foydalaniladi.
Sanoatda payvandlash uchun quyidagi turdagi transformator qо‘llaniladi:
1 guruh – normal magnit yoylishli payvandlash transformatori (ST) va reaktiv
g‘altakli (drossel bilan – DR). Drossel transformator bilan umumiy
magnitо‘tkazgichli (STN va STD turidagi transformatorlar) yoki alohida
magnitо‘tkazgichli (ST va STE turidagi transformatorlar) bо‘ladi;
2 guruh – magnit yoylishi kattalashtirilgan (TS, TSK, STSH turidagi
transformatorlar).
2-rasmda STE turidagi alohida drossel g‘altakli transformator konstruksiyasi
sxemasi berilgan. Ikkilamchi zanjirdagi yoyga ketma-ket drossel g‘altagi yoki
reduktor DR bilan ST transformatoridan iborat.
Dastak yordamida (2-rasm) drossel g‘altagining magnit о‘zak qismi xarakatga
keltirib tirqish masofasini о‘zgartirishga erishiladi bunda drossel induktiv qarshiligi
bilan payvandlash toki ham о‘zgaradi. Drossel g‘altak magnit о‘tkazgiching tirqish
о‘lchami о‘zgarishi payvandlash tokiga tо‘g‘ri proporsional.
2-rasm. STE turidagi alohida drossel g‘altakli transformator konstruksiyasini sxemasi
Kuchaytirilgan magnit yoyilishli transformatorlarga TS va TSK (4-rasm) turidagi
transformatorlar misol bо‘ladi.
Bu transformatorlar chulg‘amlari о‘zaro xarakatlanadi. Payvandlash toki g‘altaklar
3
ikkilamchi chulg‘amlarining pastga va tepaga xaraktlanishi yordamida rostlanadi
(4-rasm). G‘altakni
3
xaraktlantirish uchun vertikal vint hizmat qiladi. G‘altaklar
3
va
4
о‘zaro yaqinlashtirilganda magnit yoyilish kamayadi va u sababli chulg‘amlar
induktiv qarshiligi ham kamayadi va natijada payvandlash toki oshadi. G‘altaklar
bir-biridan uzoqlashganda magnit oqimining katta qismi yoyiladi, ya’ni qisman
bо‘shliq orqali xaraktlanadi. Bunda chulg‘amlar induktiv qarshiligi kattalashadi va
payvandlash toki kamayishiga olib keladi. Transformator quvvat koeffitsiyentini 0,7
gacha oshirish uchun kondensator
5
hizmat qiladi.
3-rasm. TSK turidagi payvandlash transformatorini sxemasi:
1
– payvandlash simlari klemmalari;
2
– о‘zak (magnit о‘tkazgich);
3
– ikkilamchi chulg‘am g‘altaklari;
4
– birlamchi chulg‘am g‘altaklari;
5
– kompensirlovchi kondensator
Transformator chiqishidagi о‘zgaruvchan kuchlanishni о‘zgarmasga о‘tishiga
tо‘g‘rilagichlar qо‘llaniladi. Payvandlash tо‘g‘rilagichlarida selen, kremniy yoki
germaniy elementli ikki-yarimperiodli bir va uch faza kо‘prik sxemali tо‘g‘rilanish
qо‘llaniladi (5
a
,
b
-rasm).
Bir fazali kо‘prik sxemasida (5,
a
-rasm) ventillar
1
,
2
,
3
,
4
tо‘rt yelkaga ulangan va
kо‘prik hosil qiladi. Kо‘prikni bir diagonaliga о‘zgarmas tok ta’minlaydigan
yuklama N (yoy) ulanadi. Ikkinchi diagonalga bir fazali о‘zgaruvchan tok manbasi
ulanadi. О‘ng tomonda tо‘g‘rilangan tokni egri chizig‘i kо‘rsatilgan.
4-rasm. Ikki-yarimperiodli tо‘g‘rilanishni kо‘prik sxemalari
a
– bir fazali kо‘prik sxema;
b
– uch fazali kо‘prik sxema
Uch fazali kо‘prik sxemada (5,
b
-rasm) ventillar uchfaza kо‘prikni oltita yelkasiga
ulanadi va uch fazada о‘zgaruvchan tokni ikkala yarimtо‘lqini tо‘g‘rilanadi.
Tо‘g‘rilangan tok pulsatsiyasi kamayadi.
Tо‘g‘rilagichlarda tokni rostlash odatda ravon-bosqichli bо‘ladi. Bosqichli rostlash
transformator chulg‘amlarini “yulduz” ni “uch burchak” ga о‘tkazish bilan amalga
oshiriladi, ravon rostlash – bosqichlararo transformator chulg‘amlari о‘rtasidagi
tirqish о‘zgarishi hisobidan.
Do'stlaringiz bilan baham: |