№2-amaliy mashg’ulot Payvandlash transformatorlarini va Payvandlash generatorlarini о‘rganish



Download 328,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana12.04.2022
Hajmi328,72 Kb.
#546312
  1   2   3
Bog'liq
14 PAY YOY TAM 2-AMALIY



№ 2-amaliy mashg’ulot 
 
Payvandlash transformatorlarini va Payvandlash generatorlarini о‘rganish
Bir xil chastotali о‘zgaruvchan tok kuchlanishini boshqa о‘zgaruvchan tok 
kuchlanishiga о‘zgartirib beruvchi elektrmagnit apparatlari transformator deyiladi. 
1-rasm. Transformator tuzilishi 
Sodda transformatorda tarmoq elektr energiyasi birlamchi chulg‘amga keladi 
ikkilamchi chulg‘amdan esa istemolchiga (yuklamaga) ketadi. Energiyani bir 
chulg‘amdan ikkinchi chulg‘amga uzatilishi elektrmagnit induksiya xodisasi orqali 
uzatiladi. Chulg‘amlar о‘rtasidagi elektrmagnit bog‘lanishni kuchaytirish 
maqsadida ular berk ferromagnit о‘zakda о‘rnatiladi. Tok chastotasi tebranish 
qiymati 
I
< 150 Gs bо‘lganda magnit о‘zak qalinligi 0,35÷0,50mm li elektrmagnit 
pо‘lat listlardan tayyorlanadi. Chastota qiymati yuqori bо‘lganda yanada yupqa 
pо‘lat listlardan foydalaniladi.
Sanoatda payvandlash uchun quyidagi turdagi transformator qо‘llaniladi: 
1 guruh – normal magnit yoylishli payvandlash transformatori (ST) va reaktiv 
g‘altakli (drossel bilan – DR). Drossel transformator bilan umumiy 
magnitо‘tkazgichli (STN va STD turidagi transformatorlar) yoki alohida 
magnitо‘tkazgichli (ST va STE turidagi transformatorlar) bо‘ladi; 
2 guruh – magnit yoylishi kattalashtirilgan (TS, TSK, STSH turidagi 
transformatorlar). 
2-rasmda STE turidagi alohida drossel g‘altakli transformator konstruksiyasi 
sxemasi berilgan. Ikkilamchi zanjirdagi yoyga ketma-ket drossel g‘altagi yoki 
reduktor DR bilan ST transformatoridan iborat.
Dastak yordamida (2-rasm) drossel g‘altagining magnit о‘zak qismi xarakatga 
keltirib tirqish masofasini о‘zgartirishga erishiladi bunda drossel induktiv qarshiligi 


bilan payvandlash toki ham о‘zgaradi. Drossel g‘altak magnit о‘tkazgiching tirqish 
о‘lchami о‘zgarishi payvandlash tokiga tо‘g‘ri proporsional.
2-rasm. STE turidagi alohida drossel g‘altakli transformator konstruksiyasini sxemasi 
Kuchaytirilgan magnit yoyilishli transformatorlarga TS va TSK (4-rasm) turidagi 
transformatorlar misol bо‘ladi. 
Bu transformatorlar chulg‘amlari о‘zaro xarakatlanadi. Payvandlash toki g‘altaklar 
3
ikkilamchi chulg‘amlarining pastga va tepaga xaraktlanishi yordamida rostlanadi 
(4-rasm). G‘altakni 
3
xaraktlantirish uchun vertikal vint hizmat qiladi. G‘altaklar 

va 

о‘zaro yaqinlashtirilganda magnit yoyilish kamayadi va u sababli chulg‘amlar 
induktiv qarshiligi ham kamayadi va natijada payvandlash toki oshadi. G‘altaklar 
bir-biridan uzoqlashganda magnit oqimining katta qismi yoyiladi, ya’ni qisman 
bо‘shliq orqali xaraktlanadi. Bunda chulg‘amlar induktiv qarshiligi kattalashadi va 
payvandlash toki kamayishiga olib keladi. Transformator quvvat koeffitsiyentini 0,7 
gacha oshirish uchun kondensator 
5
hizmat qiladi. 
3-rasm. TSK turidagi payvandlash transformatorini sxemasi: 

– payvandlash simlari klemmalari; 

– о‘zak (magnit о‘tkazgich);

– ikkilamchi chulg‘am g‘altaklari; 

– birlamchi chulg‘am g‘altaklari; 

– kompensirlovchi kondensator 
Transformator chiqishidagi о‘zgaruvchan kuchlanishni о‘zgarmasga о‘tishiga 
tо‘g‘rilagichlar qо‘llaniladi. Payvandlash tо‘g‘rilagichlarida selen, kremniy yoki 
germaniy elementli ikki-yarimperiodli bir va uch faza kо‘prik sxemali tо‘g‘rilanish 
qо‘llaniladi (5
 a

b
-rasm). 
Bir fazali kо‘prik sxemasida (5,
 a
-rasm) ventillar 
1

2

3

4
tо‘rt yelkaga ulangan va 
kо‘prik hosil qiladi. Kо‘prikni bir diagonaliga о‘zgarmas tok ta’minlaydigan 
yuklama N (yoy) ulanadi. Ikkinchi diagonalga bir fazali о‘zgaruvchan tok manbasi 
ulanadi. О‘ng tomonda tо‘g‘rilangan tokni egri chizig‘i kо‘rsatilgan. 


4-rasm. Ikki-yarimperiodli tо‘g‘rilanishni kо‘prik sxemalari 

– bir fazali kо‘prik sxema; 

– uch fazali kо‘prik sxema 
Uch fazali kо‘prik sxemada (5, 
b
-rasm) ventillar uchfaza kо‘prikni oltita yelkasiga 
ulanadi va uch fazada о‘zgaruvchan tokni ikkala yarimtо‘lqini tо‘g‘rilanadi. 
Tо‘g‘rilangan tok pulsatsiyasi kamayadi. 
Tо‘g‘rilagichlarda tokni rostlash odatda ravon-bosqichli bо‘ladi. Bosqichli rostlash 
transformator chulg‘amlarini “yulduz” ni “uch burchak” ga о‘tkazish bilan amalga 
oshiriladi, ravon rostlash – bosqichlararo transformator chulg‘amlari о‘rtasidagi 
tirqish о‘zgarishi hisobidan.

Download 328,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish