Metallarni bosim bilan ishlashning usullari Materiallarni bosim bilan ishlashning asosiy usullariga prokatlash,
kiryalash, presslash, erkin bolg‘alash, hajmiy shtamplash va boshqalar
kiradi.
1. Prokatlash. Bu ishlovda zagotovkani prokatlash mashinasining
(staning) qarama-qarshi tomonga aylanuvchi jo‘valari orasidan ezib
o‘tkaziladi. Prokatlash yo‘li bilan list, turli profilli chiviqlar,
relslar,trubalar kabi buyumlar ishlab chiqariladi.
2. Kiryalash. Bu ishlovda zagotovka uning ko‘ndalang kesimidan kichik
bo‘lgan maxsus asbob (kirya) ko‘zidan tortib o‘tkaziladi.Kiryalash yo‘li
bilan ingichka simlar, kalibrlangan chiviq va trubalar kabi buyumlar
ishlab chiqariladi.
3. Presslash. Bu ishlovda zagotovkani yopiq silindr (konteyner) matritsasi
ko‘zidan siqib chiqarish bilan buyumlar ishlab chiqariladi. Presslash
yo‘li bilan chiviq, trubalar kabi buyumlar ishlab chiqariladi.