Prokatlash Prokatlash stanlarini ish kletining jo‘valari soniga, ishlab chiqariladigan mahsulot xiliga, kletlarning o‘rnatilishiga ko‘ra tafsiflanadi. Ish kletining jo‘valari soniga ko‘ra ikki jo‘vali reverssiz (duo), ikki
jo‘vali reversli, uch jo‘vali (kvarto), ko‘p jo‘valilarga bo‘linadi. Ishlab
chiqariladigan mahsulot xiliga ko‘ra – qisuvchi, xomaki zagotovka oluvchi,
rels-balka, sort, sim, list truba, g‘ildrak va boshqa mahsulotlar ishlab
chiqariladiganlarga bo‘linadi.
Ish kletlarning joylashuviga ko‘ra bir kletli, kletlari bir chiziqda, pog‘onali,
shaxmat tartibda joylashgan, yarim uzlukli va uzluksiz xillarga bo‘linadi.
7.13-chizma. Prokat stanlar xili a – ikki jo‘vali; b – gorizantal va vertikal o‘rnatilgan; d – to‘rt
jadvali; e – olti jadvali; f – ko‘p jadvali; g va k – trublar tayyorlash
jo‘valar; l – trublar cho‘zuvchi jadvallar.