2-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Til va yozuv masalalari Reja: Yozuv haqida umumiy tushuncha


ORFOGRAFIYA. ORFOGRAFIK TAMOYILLAR



Download 35,89 Kb.
bet3/5
Sana19.04.2022
Hajmi35,89 Kb.
#563604
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-amaliy

ORFOGRAFIYA. ORFOGRAFIK TAMOYILLAR
Orfografiya grekcha to‘g‘ri yozmoq demakdir. So‘z o‘zak-negizlari va qo‘shimchalarini yagona tarzda yozish haqidagi qoidalar yig‘indisi orfogra-fiya deyiladi. Orfografiya adabiy tilning yozma shakliga xosdir. Orfografiya o‘z navbatida orfoepiya va alifbo (grafika) bilan uzviy bog‘liqdir. Lekin o‘zbek orfografiyasida hali anchagina kamchiliklar va ba'zi chalkashliklar uchraydi. Bunga sabab: 1) o‘zbek alifbosidagi kamchiliklar: 2) orfoepiya-ning ishlanmaganligi; 3) qo‘shma so‘zlar imlosining bo‘sh ishlaganligidir.
O‘zbek orfografiyasining tamoyillari
Tamoyil (prinsip) – lotincha boshlanish demakdir. Imloviy tamoyillar yozuvning poydevoridir. Orfografiyaning uchta asosiy tamoyili bor: 1) fonetik tamoyil; 2) morfologik tamoyil; 3) tarixiy-an'anaviy tamoyil. Bulardan tashqari, 4) differensial tamoyil va 5) grafik yoki etimologik tamoyillar ham mavjud. Lekin keyingi ikkalasi asosiy rol o‘ynamaydi. O‘zbek orfografiyasidagi mazkur tamoyillar o‘zaro bog‘liq holda ish ko‘radi. Yozuvda xilma-xillikka yo‘l qo‘ymaslik uchun bularga qat'iy rioya qilinadi.
Fonetik tamoyil. So‘z tarkibidagi nutq tovushlarining aytilishi va eshitilishiga ko‘ra yozilishi fonetik tamoyilga xos. Bunga ko‘ra so‘zlar adabiy talaffuzda qanday aytilsa, shunday yoziladi. Masalan, ong o‘zagidan ­la affiksi bilan yasalgan so‘z ongla emas, angla shaklida yoziladi, ya'ni o‘zakdagi o o‘rniga a talaffuz qilinarkan, xuddi shunday yoziladi. Ishla negizidan yasalgan ishlovchi so‘zida a o‘rniga o yoziladi. (tara – taroq so‘zlarida ham shunday). Shuning-dek, ruscha счёт, счётка so‘zlari ham eshitilishiga ko‘ra cho‘t, cho‘tka tarzida yoziladi. Fonetik tamoyil orfografiyani jonli talaffuzga yaqinlashtiradi. Yozuv va talaffuzda ma'lum darajada umumiylik saqlanadi.
Nutqimizda tushdi so‘zi tushti, tushgan so‘zi tushkan tarzida talaffuz qilinadi. Ba'zan so‘z oxirida bir undosh tushirilib aytiladiki (Samarqan, xursan, pas kabi), bu so‘zlar talaffuzdan boshqacharoq yoki to‘liq yoziladi. Bu holat fonetik tamoyil orfografiyaning yagona tamoyili bo‘la olmasligini ko‘rsatadi.
Xuddi shuningdek, alifbodagi kamchiliklar tufayli unlilar qattiq va yumshoq talaffuz qilinishidan qat'iy nazar, bir xilda yoziladi: biz, tiz, qiz, qish, ko‘l, ko‘z, qo‘y, qo‘zi, qalb, ona, qur, bur, tur, o‘r, ur kabi.

Download 35,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish