2-AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: Ma’ruza darslariga tayyorgarlik ko‘rish va konspekt yozish usullari bilan
tanishish.
Ma’ruza
-
o‘qish, o‘qituvchi (ma’ruzachi)ning ijodiy tavsifdagi o‘quv materialini
muntazam, tadrijiy, monolog tarzidagi bayoni; ta’lim usul va shaklining tarkibiy qismi
hisoblanadi. Ma’ruza usuli texnologiyasi talabalarga rejani xabar qilish,
konspektlashtirishning o‘ziga xosliklarini ko‘rsating asosiy xulosa va umumlashmalarni
ajratish, takrorlash, ritorik savollar vizual
materiallarni namoyish qilish, o‘qtin -o‘ktin
muhokama qilish, savolarga javoblar, rezyume va adabiyotning qisqacha taxlilini o‘z
ichiga oladigan auditoriyada o‘quv rejasi bo‘yicha o‘tkaziladigan nazariy dars
mashg‘ulotidir.
Zarur xollarda o‘qituvchi tegishli mavzu bo‘yicha darsdan oldin ko‘shimcha
materiallar tarqatishi mumkin.
Institutda o‘qitishning o‘ziga xos hususiyatga ega bo‘lgan usullaridan biri ma’ruza
mashg‘ulotlari bo‘lib hisoblanadi.
U talaba tomonidan doimiy diqqat-e’tiborni talab qiladigan o‘quv jarayoni bo‘lib,
ayniqsa, institutda o‘qish tajribasiga ega bo‘lmagan 1-kurs talabalari uchun alohida
ahamiyatga ega.
Ayrim
talabalar
– “ma’ruza darslariga kirish shartmi, ma’ruzalarni
konspektlashtirish kerakmi, yoki darslikdagi material yetarli bo‘ladimi” – degan o‘y-
fikr bilan yuradilar.
Shuni ta’kidlash kerak-ki, darslik hech qachon ma’ruza o‘rnini bosa olmaydi,
shuningdek, ma’ruza darslikdagi o‘quv materialini aynan takrorlamaydi. Darslikda eng
umumiy, o‘quv dasturining fundamental materiallari bayon qilinadi. Ma’ruzada esa eng
yangi, tezkor, zamonaviy bilimlar bayon etiladi.
Shuni esda tutish kerakki, har qanday darslik uzoq muddat ishlatiladi. Shu sababli,
tabiiyki, o‘z davrida zamonaviy, yangi bo‘lgan o‘quv materiallari, bilimlar, ma’lumotlar
jamlangan darslikning qo‘l yozmasi bosmadan chiqquncha ham undagi materiallar eskira
boshlaydi.
Ma’ruza – darslikning tafsiri emas, balki undagi talaba o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan
o‘quv materiali mazmun-mohiyatini
ochib beruvchi, talabaga har tomonlama keng,
chuqur bilim olish, mustahkamlash imkonini beruvchi yo‘l ko‘rsatkichdir.
Ma’ruza o‘qiyotgan o‘qituvchi o‘quv dasturida ko‘zda tutilgan barcha materialni
bayon qilib bermaydi, balki, eng muammoli, muhim masalalarnigina tushuntirib beradi.
Ma’ruza darslarida ma’ruzachi turli gipoteza (ilmiy taxmin) larni ilgari surishi, ayrim
masalalarni chuqurroq ochib berishi, ularni hozirgi zamon fan va amaliyoti qanday hal
etishini ko‘rsatib berishi mumkin.
Ma’ruza talabalarni o‘quv
materiali bilan tanishtiradi, uni anglash, tushunishga
yordam beradi, o‘quv dasturidagi murakkab, qiyin qoidalarni o‘rganishga ko‘maklashadi.
Agar talaba ma’ruza mashg‘ulotlariga oldindan puxta tayyorgarlik bilan kelsa,
o‘qituvchining mavzu bo‘yicha ma’ruzasini diqqat bilan tinglasa, unda albatta mustaqil
bilim, yangiliklarni izlashga ishtiyoq uyg‘onadi. Chunki, ma’ruza mashg‘ulotlarida
nafaqat ma’ruza davomida, balki darsdan keyin ham talabani o‘ylantiradigan, yechimini
topish uchun mustaqil ravishda adabiyotlar bilan ishlashga undaydigan baxsli masalalar
qo‘yiladi.
Birinchi va ikkinchi kurs talabalari uchun ma’ruza darslari ilmning asosiy manbai
sifatida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki, u talabani fan olamiga olib kiradi, bilimlarni
tizimlashtirishga o‘rgatadi, oliy ta’lim muassasasi darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini
farqlash, ularni tanlash, ulardagi bilimlarni egallash imkonini beradi.
Yuqori kurslardagi ma’ruza darslari esa ko‘proq o‘quv materialini mustaqil
o‘rganish jarayonida yo‘naltiruvchi rolь o‘ynaydi.
Ma’ruza darslarida faqat hammaga ma’lum bo‘lgan bilimlarnigina emas, balki, hali
muammoli, bir-biriga zid fikrlarni ham berilishi talaba faoliyatini aktivlashtiradi, uni
o‘ylashga
majbur qiladi, turli ilmiy masalalar bo‘yicha o‘zining munosabatini
shakllantirishga undaydi.
Har bir talaba ma’ruza darslarida o‘zini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha ma’ruza
davomida yozma ravishda yoki ma’ruza oxirida og‘zaki tarzda savollar berishi mumkin.
O‘rganilayotgan mavzuga oid har qanday savol ma’ruzachi o‘qituvchi tomonidan
har doim jiddiy ravishda va talabaga hurmat bilan qabo‘l qilinadi.
Chunki, ma’ruza jarayonida savollar paydo bo‘lishining o‘zi talabalarning mustaqil
fikrlash faoliyati rivojlanayotganligidan, ularning o‘quv materiallarini o‘rganishga faol,
ijodiy munosabat bildirayotganidan dalolat beradi.
Ma’ruza talabalarning ilm olishga o‘qish-o‘rganishga qiziqishlarini rivojlantirishga
yordamlashadi, ularda o‘z qarashlari va ishonchlarini shakllantiradi. Ma’ruza u yoki bu
predmet ustida ishlash usulini takomillashtirishga yordam beradi, asosiydan ikkinchi
darajalini
ajratishga imkon beradi, katta xajmdagi maxsus adabiyotlar bilan ishlashni
yengillashtiradi.
Yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lmagan yoki e’tiborsiz va intizomsiz talabaga
ma’ruza darslari zerikarli,
bir hil mazmunli, monotonli tuyulishi mumkin. Albatta,
ma’ruza darsi – o‘ta jiddiy va muhim mashg‘ulot. Unda qiziqarli tarix, hazil – huzul,
latifa (ayrim o‘qituvchilar o‘quv jarayonida ushbu holatlardan ham foydalanishga harakat
qilishadi) gina aytilmaydi.
Ma’ruza aqlli, fikrli talabani mavzu materialini, uning mazmunini va
isbotlanayotgan jarayonlarni
aniq tizimga solgan holda, original fikrlar orqali, fan
ob’ektiga o‘ziga xos yondoshgan holda, yangi fikrlarni bayon etish,
ularni keng
umumlashtirish va chuqur yoritish bilan jalb etadi.
Agar talaba ma’ruza eshitishga to‘g‘ri yondoshgan holda tayyorlansa, mavzuni
o‘rganishga jiddiy va ongli ravishda kirishsa, kecha unga sovuq va quruq bo‘lib tuyulgan
o‘quv predmeti qiziqarli bo‘lib qoladi, fanning zerikarli bo‘lgan sohasi esa o‘zining
kutilmaganda yangi ochilayotgan ufqlari bilan talabani mahliyo eta boshlaydi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, oliy ta’limda ma’ruza darslarini o‘zlashtirishga faqat
o‘zi, o‘z hohishi bilan faol o‘qish-o‘rganishni istaydigan, o‘qishga qiziqadigan va ongli
ravishda ilm olishga intiladigan talabalarninggina kuchlari yetadi.