2-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Galstuk - babochka usuli
Ishdan maqsad: Korxonaning axborot xavfsizligi risklarini aniqlash, tahlil qilish va ularni minimallashtirish bo’yicha eng samarali choralarni taklif qilish nazarda tutilgan.
Nazariy qism
Risklarni boshqarish xavflarni maqbul darajaga tushirish uchun qarshi choralarni aniqlash va tanlashdan iborat.
Riskni baholashning maqsadi quyidagilarni aniqlashdan iborat:
• mavjud xatarlarning maqbulligi;
• birinchi navbatda kamaytirish kerak bo’lgan, qabul qilinishi mumkin bo’lmagan xatarlarni aniqlash;
• qabul qilinishi mumkin bo’lmagan xavflarni kamaytirish uchun iqtisodiy maqsadga muvofiq bo’lgan himoya choralarini aniqlash.
Amaliy qism
“Galstuk-babochka” usulidan foydalangan holda risklarni baholash.
Sababdan oqibatgacha xavfli hodisana rivojlanish yo‘llarini tahlili va sxematik tavsiflash usuli.
1-rasm. “Galstuk-babochka” sxemasi
Usulning qo’llanilishi:
1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan sabab va oqibatlarni diapazonini namoyish etish asosida risklarni tadqiq etishda.
2. Rad etish daraxti tahlilini o‘tkazish murakkab bo‘lganda;
3. Har bir rad etish yo‘llari uchun to‘siqlar yoki boshqarish vositalarini yaratish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazishga yo‘naltirilganda;
4. Rad etishga olib boradigan mustaqil yo‘llarni aniq o‘rnatish mavjud bo‘lganda.
2-rasm. Avariya holatlari uchun tahlil sxemasi.
Ishning bajarilish tartibi:
“Galstuk-babochka” markazlashgan usuli sifatida ko‘rsatilgan xavfli hodisani aniqlash;
Xavf-xatar (yoki xavf) manbalarini tadqiq qilish yordamida hodisa sabablarining ro‘yxatini tuzish;
Kritik hodisagacha xavflarning rivojlanish mexanizmini aniqlash;
Hodisa sababini ajratuvchi chiziq chizish (Babochkaning chap tomonini hosil qilish);
Kiruvchi ta’sirlarni oldini olish uchun to‘siqlar o‘rnatish;
Xavfli hodisaning oqibatlarini o‘ng tomonga akslantirish va hodisadan oqibatlarga olib keladigan chiziqlarni chizish;
Oqibatlarga yo‘naltirilgan chiziqlarga to‘siqlarni akslantirish;
Boshqarish bilan bog‘liq yordamchi elementlarni “galtuk-babochka” diagrammasi ostida akslantirish.
Ma’lumot turlari
Chiquvchi ma’lumotlar - “galstuk-babochka” diagrammasini va ishlov berilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Kiruvchi ma’lumotlar – To‘siqlar, xavf-xatarlar hamda xavfli hodisa oqibatlari va sabablari haqidagi ma’lumotlardir.
“Galstuk-babochka”
3-rasm. Maxsulotlarga talab pastligi hodisasini “Galstuk-babochka” usulida risklarni tahlili
Usulning afzalligi
Muammoga qaratilgan fikrni beradi.
Xavfli hodisalarni oldini olish va /yoki oqibatlarini kamaytirish hamda ularni samaradarligini baholashga qaratilganligi.
Foydali oqibatlar uchun qo‘llanilishi mumkinligi, yuqori malakali mutahasislarga ehtiyoj yo‘qligi
Usulning kamchiligi
Bu usulda bir vaqtning o‘zida yuzaga keladigan va noxush oqibatlarga olib keladigan sabablar yig‘indisini ko‘rsatib berish imkoni yo‘qligi.
Ushbu usulda murakka vaziyatlar haddan tashqari soddalashtirilgan bo‘lishi mumkin.
Topshiriq bajarish tartibi:
Berilgan korxonaning axborot xavfsizligi tizimini tahlil qilish (mavjud axborotni himoya qilish vositalari va usullarini ko’rib chiqish).
Mavjud xavfsizlik tizimining risklarini “Galstuk-babochka” usulida tahlil qiling va baholang, natijalarni yozing.
Topshiriq varianti:
O`g`rini topib, undan undirish
Sug`urtadan foydalanish
O`g`rini ishlatish
Su`g`urtadan foydalanish
Politsiya bo`limi
Do`kondor zaraga kirishi
Do`kon yaroqsiz ahvolga tushishi
Qorovul qo`yilishi
Hudud kamera nazoratiga olinishi
Hodimni almashtirish
Xayfsan berish
Profillaktika inspektori beparvoligi
Hudud kamera nazoratida emasligi
Do`konga o`g`ri tushishi
Xulosa:
Men bu laboratoriya ishida Korxonaning axborot xavfsizligi risklarini aniqlash, tahlil qilish va ularni minimallashtirish bo’yicha eng samarali choralarni taklif qilishni o`rgandim.
Do'stlaringiz bilan baham: |