2-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Chastota qatori va kadrlarni olish va videosignalning spektrini aniqlash
Ishdan maqsad: Chastota qatori va kadrlarni olish va videosignalning spektrini aniqlashda “Keys study” metodida tahlil qilish.
Televideniyeda ko‘proq chastotasi o‘zgarmas (bir xil) diskretizatsiya qo‘llaniladi va bu yoyish (развертка) chastotasiga bog‘liq yoki bog‘liq bo‘lmasligi bo‘lishi mumkin (2.4-rasm).
Agar diskretlash va yoyish chastotalari bitta takt generatoridan shakllantirilsa, unda ular orasidagi bog‘lanish kuchli bo‘ladi. Bu holatda har bir satrdagi sanoqlar soni bir xil bo‘ladi va sanoqlar orasidagi masofa ham bir xil bo‘ladi. Bu holatda tasvirda o‘zgarmas (aniq) ortogonal diskretizatsiya tuzilmasi mavjud bo‘ladi va sanoqlar to‘g‘ri to‘rtburchakli panjaraning tugunlarida joylashadi (2.4.a -rasm). Ushbu usul hozirgi vaqtda raqamli televideniyeda studiya jihozlarida keng tarqalgan.
Sodda va nisbatan arzon qurilmalarda, masalan maishiy televizion tyunerlarda, diskretlash chastotasi alohida generator bilan shakllantiriladi va u televizion signalni yoyish chastotasi bilan bog‘liq emas. Bu holatda qo'shni satrlarda turli koordinatali xilma xil sonli diskretlash sanoqlari shakllantiriladi. Bunda kadrdagi sanoqlarni diskretlash tuzilmasi 2.4. b-rasmda keltirilgan kabi bo‘lishi mumkin Diskretlashdan so‘ng kvantlash jarayoni yoki sanoqning qiymatini (sathini) tegishli aniqlikda o‘lchash jarayoni boshlanadi.
Misol uchun, ko‘cha temperaturasini o‘lchashda aniqlik plyus-minus bir gradus bo‘lishi unchalik katta ahamiyatga ega emas, ammo inson tana haroratini o‘lchashda 0,1 gradusgacha aniqlik talab etiladi. Xuddi shu kabi televideniyeda nechta yorug‘lik sathini uzatishni aniqlash talab etiladi, ya’ni kvantlash sathining sonini aniqlashni. Chunki kvantlash sathining soni tasvirning sifatiga bog‘liq. Shunday qilib, kvantlash ham diskretlashdir faqat vaqt bo‘yicha emas balki sath bo‘yicha amalga oshirishdir (2.3, b -rasm). Kvantlash sathlari oralig‘i kvantlashning qadami deyiladi. Sath son qiymati sifatida eng yaqin yuqori yoki pastki qiymat qabul qilinadi. Shuning uchun kvantlashda analog signalning haqiqiy qiymati va unga yaqinlashgan kvantlangan sath o‘rtasidagi farq kvantlash xatoligi yoki shovqini deyiladi (2.5.- rasm). Kvantlashning quyi qismi-kvantlash bo'sag‘asi deb nom olgan. 2.5-rasmda yorug‘lik asta -sekin o‘zgargandagi tasvirning holati va uni kvantlash natijasidagi buzilishlar (shovqin qiymati) keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |