2-amaliy mashgulot.
Mavzu:
Adobe Photoshop dasturida instumentlar yordamida maxsus
effektlar yaratish
.
Reja:
1. Grafik ob’ektlarda ranglar va qatlam (слой) lar bilan ishlash.
2. Adobe Photoshop dasturida instrumentlar yordamida maxsus effektlar
yaratishnig yo‘llari.
1. Grafik ob’ektlarda ranglar va qatlam (слой) lar bilan ishlash.
Qatlam deganimizda obyektlar joylashtir-iladigan plyonkasimon tekislikni
tushunamiz. Bu tekislikni barcha obyektlari bilan siljitish, o'chirish, ekranda ko'rsatish
va bosmadan chiqarishga bog'liq bo'ladi. CorelDraw dasturida hujjat yaratilganda
to'rtta qatlam bo'ladi: birinchi qatlam - tasvir tushadigan (Layer 1), ikkinchisi -
(Master Grid) tori (setka) uchun, uchinchisi - (Master Guides) yo'nalish uchun va
to'rtinchi - «ish stoli» (Master Desktops) uchun mo'ljallangan bo'ladi.
Yangi qatlamlarni qo'shish obyektlar bilan ishlashda qiyinchilik tug'dirmaydi.
Har bir sahifadagi qatlamlar soni bir xil parametrlarda va bir xil nomda bo'ladi.
Agarda qandaydir qatlam bitta sahifada ko'rinmas holga kelib qolsa, boshqa
sahifalardagi qatlamlar ham ko'rinmas holda bo'ladi. Shu bilan birga barcha sahifada
qatlarmarning joylashish tartibi ham birdan o'zgaradi.
Layers – Qatlam (Слой) paneli, faylda mavjud barcha qatlamlar xaqida
ma`lumot beradi, ularni uchirish, nusxa olish va xususiyatlarini uzgartirish imkonini
yaratadi. Har safar yangi faylni yaratish jarayonida muloqot oynasi ochilib
foydalanuvchidan quyidagi parametrlarni kiritish talab qilinadi:
Yangi tasvir yaratganda tasvir foni tiniq rangda bo'lmaydi. Layers (Слои)
palitrasi qatlamlarni qo'shish, o'chirish, ko'rinadigan/ ko'rinmas holga olib kelish,
nusxalash, guruhlash, bog'lash va forming yuqori qismida joylashgan qatlamlarni
joylashish tartibini o'zgartirishi kerak. Har bir qatlamga o'zining aralashtirish rejimi
va tiniqlilik rejimlari mos kelib va har bir qatlamni boshqa qatlamlarga to'liqsiz
turda muharrirlash imkoniyatiga ega bo'lamiz. Shu bilan birga qatlamlarni maskaga
(mask) bog'lasa ham bo'ladi. Standart turdagi qatlamlardan tashqari, Photoshop
dasturida ikki xil turdagi qatlamlarni ham yaratsa bo'ladi: korrektirovkalanadigan
qatlam (adjustment layer), bu vaqtincha ranglardan foydalanishda yoki qatlamdagi
rangni korrektirov-kalaganda ishlatiladi; va muharrirlanadigan matn qatlami
(editable type layer), bu Type (Tekst) yoki Vertical Type (Vertikalnыy tekst)
instrumentlarini ishga tushirganda avtomatik ravishda paydo bo'ladi. Agarda qatlamga
qandaydir effekt ishlatilsa (masalan, Inner Glow(Vnutrennee svechenie), Drop
Shadow (Otbrosit ten)), qatlam nomi enida effekt piktogrammasi va uchib chiquvchi
menyudan chaqirish tugmasi chiqadi.
Faqat joriy qatlamnigina muharrirlasa bo'ladi (tanlangan yoki joriy). Qatlamni
tanlash uchun Layers palitrasidan qatlam nomiga sichqoncha yordamida chertish
kerak.
Yangi qatlamdagi eng pastki qatlam foni tiniq bo'lmagan holatidan tiniq
holatiga o'tkazish uchun Contents (Содержание) guruhidagi muloqot oynasidan,