Kross – panel
Har qanday katta mahalliy tarmoqning albatta bo‘lishi zarur bo‘lgan
uskunalaridan biri kross – panel bo‘lib, uni yig‘ish shkaflarida foydalaniladi. Kross
– panellar ma’lum o‘lchamda bo‘lib, ularning o‘lchami yig‘ish shkaflarining
o‘lchamidan kelib chiqadi.
Montaj shkafiga o‘rnatilgan kross – panelining asosiy vazifasi bu kabelni
rasmning kompakt maydoniga qulay ulanishini ta’minlash va u kontakt maydonidan
keyinchalik tarmoqning aktiv qurilmalar portiga ulanishini ta’minlashdir.
Kros – panelning tashqi ko‘rinishi port turiga va soniga bog‘liq bo‘lib, uning
oldi tarafiga joylashadi. Odatda kross – panelda 16 dan kam port bo‘lmaydi, yig‘ish
shkafidagi moslamaning standart o‘lchamiga bog‘liqdir.
Kross – panellarning soni mahalliy tarmoqdagi komp’yuterlar va boshqa
ulanishi lozim bo‘lgan qurilmalarni kross – paneldagi portlarga ulanish soni
bo‘yicha tanlanadi. Kross – paneldagi portlarga ulanish soni bo‘yicha tanlanadi.
Odatda standart kross – panelda 24 tadan to 48 tagacha port mavjud bo‘ladi, ular bir
yoki bir necha qatorga joylashgan bo‘lishi mumkin (9 - rasm).
9-rasm. Kross – paneli.
Kabelni yig‘ish ishlarini osonlashtirish maqsadida va kerakli loyiha hujjatini
yaratish uchun kross – paneldagi har bir port nomerlangan bo‘ladi. Undan tashqari
port yonida ma’lum joy qoldirilgan bo‘lib, unga marker yordamida kerakli qisqa
yozuvlarni yozish mumkin.
Kross – panelning orqa panelida portlarni tarqatish tizimi joy-lashtirilgan,
ya’ni portlarning kontakt maydonchalari. Ularga kabelning o‘tkazgichlari ulanadi.
Har bir port mahkamlovchi vosita yoki skoba bilan ta’minlangan, u portga keluvchi
kabelni mahkamlash uchun kerak. Undan tashqari hamma kabellarni mahkamlovchi
moslama ham mavjuddir.
Hub
– bu bir kirish va bir qancha chiqishga ega bo‘lgan tarmoq qurilmasidir.
Signal uzatish tezligi 10/100/1000 Mbit/s bo‘ladi. Agar tarmoqni OSI modeli
bo‘yicha yetti pog‘onaga bo‘ladigan bo‘lsak, xab birinchi pag‘onaga to‘g‘ri keladi.
Hub’ni ishlash prinsipini ko‘rib chiqamiz. Hub 1 portga kelgan signalni
nusxasini bir vaqtning o‘zida barcha portlarga junatadi. Shu vaqtda Hub’ga ulangan
tarmoqning boshqa aktiv qurilmasidan ma’lumot junatiladi. Bunda shu portda
signallarni yo‘qotilishi sodir bo‘ladi. Chunki Hub yarimdupleks rejimda ishlaydi.
Bir portdan ham uzatib, ham qabul qilib olish imkoniyatiga ega emas. Hub asosan
tarmoqning kichik segmentlarida qo‘llaniladi. Hub shu bilan birga xavfsizlik
talablariga ham to‘liq javob bermaydi. U nusxalab yuborgan signal tarmoqdagi
barcha kompyuter tarmoq adapteriga yetib kelishi mumkin. Bu esa ma’lumotga
ruxsat etilmagan xolatda egalik qilishga olib keladi. Signalning nusxasini olib
yuborish Hub ish faoliyatini sekinlashtiradi. Yuklanish ko‘payib ketadi. Natijada
ma’lumotlar yo‘qolishiga olib keladi. Tarmoqda kompyuterlar soni oshib borgani
sari Hub’ning FIK kamayib boradi.
Switch
– bir qancha segmentni birlashtiruvchi tarmoq kommutatoridir.
Kommutator OSI modelining 2 – pog‘onasiga mos keladi. Tarmoq administratori
tili bilan Switch – bu kommutator, Bridge(most) deb ham ataladi. Signal uzatish
tezligi 10/100/1000 Mbit/s bo‘ladi. Shu bilan birga kommutatorlarni bir – biri bilan
bog‘lash uchun alohida 2/10 Gbit/s tezlikdagi portlar xam mavjud bo‘lib, to‘liq
dupleks rejimda ishlaydi. U ma’lumotni nusxasini barcha portlarga yubormaydi.
Aksincha paketda qabul qiluvchining adresi bo‘yicha signalni jo‘natadi.
Kommutator tarmoqdagi kompyuterlarning MAS adresini o‘zining xotirasidagi
jadvalda bir qancha muddatga saqlab qoladi. Bu esa paketlarni uzatilish tezligi,
ishonchliligi va xavfsizligini oshiradi. Kommutator bufer xotirasida qabul qilgan
signalni saqlab turadi. Kommutatorlar boshqariluvchi va boshqarilmaydigan
turlarga bo‘linadi. Boshqariluvchi kommutatorning har bir portini aloxida
segmentga biriktirish mumkin. Kommutator 48 portga ega bo‘lsa, uning juft raqamli
portlarini 192.168.x.x ga, toq raqamli portlarini 172.57.x.x ga biriktirish mumkin.
Yoki bo‘lmasa 10 – portni 20 – portga translyasiya qilish mumkin. Umuman olganda
kommutatorlarning imkoniyatlari doirasi keng. Ularni turli soxalarda, turli
maqsadlarda qo‘llash mumkin. Kommutatorlar yordamida VLAN hosil qilish
mumkin. VLAN yordamida katta tarmoqlarni boshqarish yanada osonlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |