2)
Amaliy mashg‟ulot topshiriqlari
1-amaliy mashg‟ulot topshiriqlari
1-topshiriq
Quyidagi masalalar uchun algoritm va dastur kodini yozing. Har bir talaba o’zining jurnaldagi
raqami bo’yicha bittadan masalani yechadi. Masalalar kam bo’lganda sanoq tartib boshidan
boshlanadi. Masalan, 20 masala bo’lsa, 21-o’rindagi talaba 1-masalani, 22-o’rindagi talaba 2-
masalani yechadi.
1.
Butun musbat sonlardan iborat a,b,c qiymatlar berilgan bo’lsa, shu sonlar uchburchak tomonlari
bo’la olishini aniqlash algoritmi va dasturini tuzing.
1
Ax+B=0 ko‟rinishdagi tenglamani ildizini toppish algoritmini va dasturini tuzing.
2
Uchburchakning tomonlari a,b,c bo‟lib, butun musbat sonlardan iborat bo‟lsa, shu
uchburchakning burchaklari bo‟yicha turini aniqlang.
3
Uchburchakning tomonlari a,b,c bo‟lib, butun musbat sonlardan iborat bo‟lsa, shu
uchburchakning tomonlari bo‟yicha turini aniqlang
4
tenglamaning ildizlari butun sonlardan iborat bo‟lsa, uning yechimini
diskreminant formulasidan foydalanmagan holda aniqlash algoritmi va dasturini tuzing.
(Viyet teoremasidan foydalaning)
5
Uchta sinf xonasi bor va har bir sinf xonasidagi o‟quvchilar soni berilgan. Har bir partada 2
kishi o`tirishi mumkin. Hammaga parta yetishi uchun eng kamida nechta parta kerak
ekanligini aniqlang. Har bir sinf o`z xonasida o`tiradi.
6
Berilgan N sonining juft bo'luvchilari sonini topish algoritm va dasturini tuzing
7
Berilgan N sonining toq bo'luvchilari sonini topish algoritm va dasturini tuzing
8
Berilgan N sonining tub bo'luvchilari sonini topish algoritm va dasturini tuzing
9
Svetoforning ishlash algoritmi quyidagicha: yashil-sariq-qizil-sariq-yashil-…. Yashil va
qizil ranglar 60 sekund, sariq rang 10 sekund yonib tursa, N minutdan keyin svetoforning
qaysi rangi yonishini aniqlash algoritmi va dasturini tuzing
10
Svetoforning ishlash algoritmi quyidagicha: yashil-sariq-qizil-sariq-yashil-…. Yashil va qizil
ranglar 60 sekund, sariq rang 10 sekund yonib tursa, N minutdan keyin svetoforning yashil
rangi necha marta yonishini aniqlash algoritmi va dasturini tuzing
11
Svetoforning ishlash algoritmi quyidagicha: yashil-sariq-qizil-sariq-yashil-…. Yashil va qizil
ranglar 60 sekund, sariq rang 10 sekund yonib tursa, N minutdan keyin svetoforning sariq
rangi necha marta yonishini aniqlash algoritmi va dasturini tuzing
12
Svetoforning ishlash algoritmi quyidagicha: yashil-sariq-qizil-sariq-yashil-…. Yashil va qizil
ranglar 60 sekund, sariq rang 10 sekund yonib tursa, N minutdan keyin svetoforning qizil
rangi necha marta yonishini aniqlash algoritmi va dasturini tuzing
13
Universitet oshxonasida “pirashki” pishiriladi. Tovada birdaniga n ta “pirashka”ni
joylashtirish mumkin. Uning har bir tomoni k minutda pishsa, m ta “pirashka”ni pishirish
uchun eng kamida qancha vaqt kerak bo‟ladi.
14
Quyidagi shartlardan birini bajaradigan yil kabisa yili hisoblanadi:Yil raqami 400 ga
bo‟linsa, Yil raqami 4 ga bo‟linsa va 100 ga bo‟linmasa. Kiritilgan yil raqami “Kabisa yili”
ekanligini aniqlash algoritm va dasturini tuzing
Do'stlaringiz bilan baham: |