O‘zbekistonda testologiyaning rivojlanishi
O‘zbekistonda testologiyaning rivojlanishiga doir ma’lumotlarni ikki xil
yo‘nalishda izohlab o‘tish mumkin. Birinchidan, mamlakatimizda psixologik
tadqiqotlarda tatbiq qilinadigan metodikalarning holati haqida so‘z yuritilsa,
ikkinchida, oliy ta’lim muassasalarida talaba tanlov testlarini joriy etish bo‘yicha
Davlat test markazining tashkil etilishi bilan bog‘liq.
Psixologik
testlarni
tabiq
etilishi
va
ularni
rivojlanishi
tarixini
Respublikamizdagi holatiga e’tibor qaratishimiz bugungi kunda qo‘llanilayotgan
psixodiagnostik metodikalar, testlar, so‘rovnomalar bilan bog‘liq tahliliy
materiallar to‘plash imkonyaitini keltirib chiqardi. Biz ushbu masaga
to‘xtalishimizda oldin Respublikamiz olimlari tomonidan yaratilgan testlarning
ayrimlaini sanab o‘tishimizga to‘g‘ri keladi, bunda prof. E.G‘.G‘oziyeviing “Shaxs
irodasini o‘rganish testi”, “Fidoyilik xislatini baholash” shkalasi, “Barkamol
insonni
baholash”
testi,
“Vatanparvarlik
xis-tuyg‘usini
baholash”,
“Muloqotmandmisiz”, “Yolg‘izlikka moyilmisiz”16 va prof . B.R Qodirovning
”Sinf zukkolarini tanlash metodikasi”, Iqtidorli bolalarni aniqlash metodikaalri (A
va B varianti), “Kasbiy yo‘nalganlikni aniqlash” (K.B.Qodirov). Bundan
ko‘rinadiki psixologik testlarni moslashtirish, ularnini modifikatsiya qilishdan,
ularni yaratish masalasiga o‘tganligi Respublikamizda psixologik testlar tarixida
o‘sishni ko‘zatishga olib keldi.
Bizning bu yo‘nalishda e’tiborimini tortadigan yana bir jihati psixologik
tadqiqotlarda diagnostik metodikalarning tatbiq etilishi va ularning qo‘llanilish
darajasini tahliliga bag‘ishlandi. Buning uchun biz 1999-2008 yillar oralig‘ida
amalga oshirilgan psixologik tadqiqotlar, xususan, nomzodlik dissertatsiyalariga
doir ma’lumotlarni o‘rganishga erishdik. Buning uchun biz 80 taga yaqin
nomzodlik dissertatsiyalarda qo‘llanilgan diagnostik metodikalar bilan tanishib
ularni tizimlashtirishga harakat qildik. Ularning holati xususidagi ma’lumotni
navbatdagi 4-jadval, 1 va 2 gulbarg shakldagi sxemalar va 1-ilovada keltiriladi.
Respublikamiz olib borilgan psixologik tadqiqotlar asosiy yo‘nalishlari bir
necha sohaga aloqador bo‘lib, ular umumiy psixologik, shaxs psixologiyasi,
pedagogik, yosh psixologiyasi, sotsial va etnopsixologiya xarakterga ega.
Psixodiagnostik testlarni qo‘llanilishi ham yo‘nalishlar va muammolarning maqsad
va vazifalaridan kelib chiqib tanlangan. Deyarli 1999-2008 yillari oralig‘ida
psixologik tadqiqotlarda 50 dan ortiq metodikalardan foydalanilganligi aniqlandi
va ularning qanday psixologik masalalarni o‘rganish uchun qo‘llanilganligi
aniqlandi (1-ilova). Biz quyidagi 4-jadvalda ulardan eng reytingi yuqori 5 talikni
keltirib o‘tishni lozim topdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |