Magniy elementi,kashf etilishi,xossalari - Magniy (Magnesium), Mg — Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element; ishkoriy - yer metallarga kiradi. Tartib rakami 12, atom massasi 24,305. Tabiiy Magniy 3 ta barqaror izotopdan iborat. 24Mg (78,60%), 25Mg (10,11%), 26Mg (11,29%). Uchta sunʼiy radioaktiv izotopi (23Mg, 27Mg, 28Mg) olingan. Magniyni 1808 i. dastlab ingliz fizigi Magniy Devi amalgama holida olgan. 1829-yilda fransuz kimyogari Magniy Byussi magniy xloridga kaliy bugʻi taʼsir ettirib, Magniyni metall holida ajratib olgan.
1829-yilda fransuz kimyogari Magniy Byussi magniy xloridga kaliy bugʻi taʼsir ettirib, Magniyni metall holida ajratib olgan. Magniy massa jihatidan yer poʻstining 2,35% ni tashkil qiladi. Magniyning 100 dan ortiq minerallari boʻlib, ulardan dolomit, forsterit yoki olivin, magnezii, karnallit va boshqa ahamiyatlidir. Olivin jinslarining yuvilishidan ilonizi serpentin minerali hosil boʻladi. Uning tolasimon turi asbest deyiladi. Ilon-izisimonlar chuqur yer osti karbonat angidrid gazlarining taʼsirida parchalanishi natijasida talk jinslariga aylanadi. Tula parchalanganda esa magnezit (MgCO3)ra oʻtadi. Ohaktoshlar MgCl2 eritmalari taʼsirida dolomitga MgCa(CO3)2 aylanadi. Oʻzbekistondagi dolomit konlarining eng kattasi Samarqand viloyatida joylashgan. - 1829-yilda fransuz kimyogari Magniy Byussi magniy xloridga kaliy bugʻi taʼsir ettirib, Magniyni metall holida ajratib olgan. Magniy massa jihatidan yer poʻstining 2,35% ni tashkil qiladi. Magniyning 100 dan ortiq minerallari boʻlib, ulardan dolomit, forsterit yoki olivin, magnezii, karnallit va boshqa ahamiyatlidir. Olivin jinslarining yuvilishidan ilonizi serpentin minerali hosil boʻladi. Uning tolasimon turi asbest deyiladi. Ilon-izisimonlar chuqur yer osti karbonat angidrid gazlarining taʼsirida parchalanishi natijasida talk jinslariga aylanadi. Tula parchalanganda esa magnezit (MgCO3)ra oʻtadi. Ohaktoshlar MgCl2 eritmalari taʼsirida dolomitga MgCa(CO3)2 aylanadi. Oʻzbekistondagi dolomit konlarining eng kattasi Samarqand viloyatida joylashgan.
- Dengiz suvida 0,38%; baʼzi koʻllar suvida 30% magniy xlorid boʻladi. Magniy kumushdek oq, yumshoq, choʻziluvchan, yengil metall, havoda yupqa oksid parda bilan qoplanib, qoramtir tusga kiradi. Bu parda uni keyingi oksidlanishdan saqpaydi. Magniyning zichligi 1740 kg/m³, suyuqlanish temperaturasi 650°, kaynash temperaturasi 1105°. Magniy birikmalarida 2 valentli. Kimyoviy jihatdan juda faol metall. Havoda qizdirilganda koʻzni qamashtiruvchi oq shuʼla chiqarib yonadi va oq rangli magniy oksid MgO, qisman koʻkimtir magniy nitrit Mg3N2 hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |