2-4 I. Bob. Qashqadaryo vohasida antik davr o‘rganilish tarixi


Qashqadaryo vohasining antik davri shaharsozlik hususiyatlari



Download 0,5 Mb.
bet9/10
Sana31.12.2021
Hajmi0,5 Mb.
#212828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Бурхон

2.2 Qashqadaryo vohasining antik davri shaharsozlik hususiyatlari
Antik davrda (mil.avv. IV asrning oxiri – milodning IV asri) O‘zbekistonning janubiy o‘lkasi bo‘lmish Qashqadaryo vohasi aholisi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyat bilan bog‘liq bir qator muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Tadqiq qilinayotgan o‘lka O‘zbekistonda antik davr markazlashgan davlatlarining vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonlaridan chetda qola olmas edi.

Tadqiqotchilarning fikricha, aynan antik davrda O‘zbekistonda quldorchilik munosabatlari ba’zi qadimiy patriarxal xususiyatlarni saqlab qolsada, o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga erishgan. Shaharlarning taraqqiy qilishi, savdo va hunarmandchilikning rivojlanishi jamiyatning ijtimoiy jihatdan tabaqalanishini yanada kuchaytirgan. Ijtimoiy tuzumdagi o‘zgarishlar manzilgohlarning ayrim turlarida, xususan, yirik mustahkamlangan dehqon qo‘rg‘onlarining vujudga kelishida ham o‘z ifodasini topadiki, ular ko‘p oilali jamoalar ahamiyatining oshishi va katta yerlarning ularga birikishidan dalolat beradi. Ular bilan bir qatorda kichik uy-qo‘rg‘onlar va alohida joylashgan manzilgohlar ham mavjud bo‘lib, ular oddiy jamoa a’zolariga tegishli bo‘lgan. Shaharlarda hunarmandchilikning yanada chuqurroq ixtisoslashuv jarayoni davom etgan.

Antik davr madaniy aloqalar va o‘zaro ta’sir (grek va mahalliy madaniyatlar qo‘shilishi), shuningdek savdo va pul munosabatlarining jadal rivojlanishi bilan izohlanadi. Bularning barchasi Markaziy Osiyo turli viloyatlari o‘rtasida rasmiy aloqa va savdo yo‘llarining shakllanishiga olib keladi.

Antik davr arxeologik manbalari Qashqadaryo vohasi aholisining qadimgi diniy qarashlari bilan bog‘liq masalani o‘rtaga qo‘yish imkonini beradi.

Tadqiqotchi olimlarning fikriga tayangan holda A. Omelchenko Janubiy Sug‘dning sharqiy qismidagi antik davr manzilgohlarini topologik va ichki tuzilishini quyidagicha o‘rganib chiqadi:

–viloyatning markaziy shahri (Suse – Kitob, maydoni 40 gektar);

–alohida tumanlarning sobiq markazlari bo‘lgan, turli joylarda joylashgan yirik manzilgohlar (Sho‘robsoydagi Saroytepa – Polvontepa, maydoni 8-9 gektar; Ayoqchisoydagi Kattajartepa, maydoni 6,5 gektar; Toldisoy va Guldarasoydagi Qayrag‘ochtepa 1 va Qayrag‘ochtepa 2, maydoni 10 va 20 gektar; Qorabog‘daryodagi Kattakontepa, maydoni 7-8 gektar).

Tadqiqotchining fikriga ko‘ra Janubiy Sug‘dning sharqiy qismida joylashgan antik davr manzilgohlarining umumiy maydoni 130 gektarga teng113.

Qashqadaryo vohasi antik davr yodgorliklarida olib borilgan qazishmalar natijasida olingan ma’lumotlar ushbu davr bunokorlik uslublari to‘g‘risida ma’lum xulosalar chiqarishiga imkon beradi. Yakkabog‘ tumanidagi Parmonko‘ltepa yodgorligida bir qancha xo‘jalik xonalari ochib o‘rganilgan. Ularning devorlari paxsadan qurilgan. Bu yerda balandligi 2,2 metr, diametri 0,8 metrga teng g‘ishtli ustun saqlanib qolgan. Xonalar devorlariga somon suvoqlar (surilgan) qilingan.

Shu tumanda joylashgan boshqa bir yodgorlik Qayrag‘ochtepada olib borilgan tadqiqotlar ham qiziqarli natijalar berdi. Bu yodgorlik Qashqadaryo vohasi o‘rta qismida joylashgan yirik antik davr yodgorligi bo‘lib, o‘z hajmiga ko‘ra faqat qadimgi Kitob shahar xarobasidan kichikdir. O‘zining juda katta xajmiga qaramasdan manzilgoh mudofaa devori bilan o‘ralmagan, ammo uni o‘rab turgan keng va chuqur daryo irmoqlari o‘ziga xos xandaq va tabiiy to‘siq vazifasini bajargan.

Kitob o‘rnidagi antik davr manzilgohi hisoblangan – ilk manzilgoh Qalandartepa yoki Tepai Afrosiyob “Shohnoma”ning boshqa bir mashhur qahramoni nomi bilan bog‘liq. Islomgacha yaratilgan manbalarda bu hudud to‘g‘risida ma’lumotlar kam uchraydi. Bunday ma’lumotlar I. Markvart asarida keltirib o‘tilgan. Hozir bu ma’lumotlar numizmatik materiallar bilan muayyan darajada to‘ldirilmoqda114.

Mil.avv. III – II asrlar bo‘sag‘asida Sharqiy Qashqadaryoning poytaxti Kesh Sho‘robsoy vohasidan Oqsuvdaryoning o‘rta oqimiga, hozirgi Kitob shahri o‘rniga ko‘chdi. Kitob shahrining hozirgi imoratlari ostida mil.avv. III asr milodiy VII asrlar qatlamlari yashirinib yotibdi. Arxeologlar antik shahar 40 gektardan ziyod maydonni egallaganini115, burjli devor bilan o‘rab olinganini hamda Qalandartepada joylashgan qudratli qal’asi bo‘lganini va uning maydoni 1 gektarga teng bo‘lganligini aniqlashdi116. Mahalliy ko‘rsatmalarga ko‘ra Kesh mil.avv. I ming yillik oxirlarida Qadimgi Erondagi Ahamoniylar shohi Kayumars bilan aloqalar o‘rnatgan117. Qalandartepaning eng qadimgi qatlami mil.avv. III – II asrlarga taalluqli118.

Aniqlanishicha, dastlabki ark taxminan to‘g‘ri to‘rtburchakli rejada bo‘lgan. Kuzatuvlarga ko‘ra Qalandartepaning maydoni hajm jihatdan Samarqanddagi Afrosiyobga yaqin bo‘lgan119.

Markaz ko‘chirilishining siyosiy va iqtisodiy sabablari bor edi. Yangi poytaxt shahar (Xitoy manbalarida Suse) Markaziy Samarqand Sug‘didan Jom va Taxtaqoracha dovoni orqali Hisorning g‘arbiy tarmoqlaridagi dovonga va undan nariga – Shimoliy Baqtriyaga olib boruvchi qadimgi yo‘llar chorrahasida, strategik nuqtai nazardan, juda qulay joylashgan. Dastavval u ellin hukmdorlarining Shimoliy Qashqadaryodagi asosiy tayanch punkti sifatida mo‘ljallangan bo‘lishi ehtimol. So‘ng Sug‘dda mustaqil dinastiyalarning qaror topishi butun Kitob – Shahrisabz vohasining markazi bo‘lib qolgan yangi shaharning ravnaq topishiga ko‘maklashdi. Shahar devori ichida kulollar va chilangarlar mahallalari joylashgandi. Ustunlarning marmar asoslari ko‘pligidan kelib chiqib, shaharda yirik saroylar va jamoat inshootlari, shuningdek hozirgi imoratlar ostida qolib ketgan hashamatli qo‘rg‘onlar bo‘lgan, deb xulosa qilish mumkin120.

Bir tomondan, sug‘orish tizimining rivojlanishi, ikkinchi tomondan, Kitob – Shahrisabz vohasining markaziy qismida unumdor yerlar mavjudligi antik davrda kanallar tarmoqlari kengayishiga olib keldi. Ba’zida ular toshqin suv o‘tgan o‘zan bo‘lgan, biroq, o‘tmish davrdan farqli ravishda, butkul sun’iy bo‘lgan ancha uzun (10-20 km, eni 3-7 m) kanallar ham paydo bo‘ldi121. Sho‘robsoy va Qashqadaryo oralig‘ida kamida uchta kanal aniqlangan. Bu joy Kitob hududidagi shahar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, unga qishloq xo‘jalik mahsuloti yetkazib bergan. Soyning quyi oqimidagi Saroytepa, Nomsiztepa va boshqa manzilgohlarga Qashqadaryodan uzunligi 8 km dan ziyod bo‘lgan Pistaxon kanali chiqarildi, uning sohili bo‘ylab to‘rt guruh manzilgohlar bunyod etildi. Kanal boshida toshdan qurilgan to‘g‘on izi hozirgacha saqlanib qolgan. Makridsoydan sharq va janubdagi yerlarga ariq o‘tkazilishi natijasida uning quyi oqimidagi kamobod yerlar o‘zlashtirildi. Milod bo‘sag‘asida Oqchadaryoning o‘rta oqimi bo‘ylab, Yuqori Saroy kanali yaqinida uncha katta bo‘lmagan kanal va, ehtimol, suv ombori ham barpo etilgan122.

So‘ngi antik davrdagi Shimoliy Qashqadaryoda kanallar va ariqlar tarmog‘i O‘rta Osiyoda eng rivojlangan tarmoqlardan biri deb hisoblanadi123.

Vohaning janubidagi Qayrag‘ochtepa qal’asi hamda Kitob o‘rnidagi poytaxt arki bo‘lgan Qalandartepadagi imoratlar Podayoqtepa yuqori qatlamlari bilan bir davrga oiddir. Mudofaa devorlarini baquvvat poydevor ustiga qurish usuli so‘ngi jez – ilk temir davriga borib taqaladi. Bu vaqtda O‘zbekiston janubidagi shakllanayotgan shaharlar bo‘lgan va ilk shahar markazlaridagi qal’alar baquvvat asos – poydevor ustida barpo etilgan. Kitobda butun shaharni o‘rab olgan qal’a devori ichidan eni 1,15 metr bo‘lgan yo‘lak ketgan, undan borib maxsus tuynuklar orqali xonalarga kirish mumkin bo‘lgan. Bu xonalar devorlari chiziqdan turtib chiqib turgan tashqi qismida joylashgan bo‘lib, uning etagini o‘qqa tutishga mo‘ljallangan. Turtib chiqqan joy o‘z navbatida, devorteshar zarbadan va boshqa qamal texnikasidan himoyalanishni ta’minlaganki, antik davrda bunday texnika jadal rivojlangani shahar istehkomlarini mustahkamlashni taqozo etgan. Mudofaa devorini, shuningdek, burjlar ham kuchaytirgan. Asosan tekis joyda bunyod etilgan Kitob devori paxsadan ko‘tarilgan, ostidan to‘g‘ri burchakli, tamg‘a bosilgan bir necha qator xom g‘isht terilgan. Paxsa qatlamlari orasiga bordon bosilgan, u zaxdan va sho‘rlanishdan asragan124.

Ayni mahalda, mil.avv. III – II asrlarda Kitob hududida ancha mustahkam uylar qurilgan, ular, odatda, maxsus asos ustiga joylashgan. Milodga yaqin, butun O‘rta Osiyodagi singari, Sharqiy Qashqadaryoda ham qurilishda yoppasiga xom g‘isht ishlatishga o‘tila boshlandi. Antik davrda uylar, odatda, har xil vazifani bajaruvchi bir nechta xonadan iborat bo‘lgan. Maydoni 20 – 30 kvadrat metrgacha borgan turar joy xonalardan tashqari, unga albatta xumxona kirgan.

Imoratni tiklash jarayonida turli usullar qo‘llanilgan, materiallar almashlab ishlatilgan. Xona devorlari yerga biroz chuqur kirgan yoki, ko‘pincha, poydevorsiz, tekislangan maydoncha ustiga ko‘tarilgan.

Mil.avv. III va milodiy III asrga oid arxeologik materiallar o‘rta asrlardagi Kesh shahristonidan va unga yaqin bo‘lgan chegaralardan topilgan.

Kitobning janubiy qismidan antik davrga xos bo‘lgan shaharning qadimgi darvozasi Xoja Rushnodan uncha uzoq bo‘lmagan To‘pxonatepa xarobasi yaqinidan sopol parchalari topilgan. Shu yerdan so‘g‘d qiyofasidagi mayda terrakota haykalchalari topilgan. Ulardan birida otda turgan suvoriy tasvirlangan. Ikkinchisida oyog‘ini jipslashtirib o‘tirgan ayol tasvirlangan. Uchinchisida soqolsiz, temir qalpoqni eslatadigan bosh kiyimidagi erkak boshi tasvirlangan125.

Sharqiy Qashqadaryo marmar zaxiralariga boy bo‘lgan. Marmar Kitob – Shahrisabz past tekisligini o‘rab turgan tog‘lardagi konlardan keltirilgan. Kulrang marmardan pog‘onasimon poyustunlar tayyorlangan. Poyustun yassi bo‘lgan, ko‘pincha jilo berilgan, unda yog‘och ustunning ostini joylashtirish uchun maxsus joy bo‘lgan. Marmarlar turli rangdaligi ular qazib olingan konlar xilma-xilligidan dalolat beradi126.

Pishirilgan sopol haykalchalar–terrakotalar, odatda ibodatxonalardan joy olgan ma’budlar haykallari nusxasidir. Ular maxsus qoliplarda tayyorlangan, so‘ng usta ularni pichoq bilan qirib, to‘g‘rilagan, odatda qizil yoki jigarrang angob bilan pardoz bergan va pishirgan. Haykallarning bo‘yi 7 sm dan 15 sm gacha bo‘lgan; ancha avvalgi (mil.avv. I asrlardagi) haykalchalar realistik yasalgan, so‘ngilari (milodiy I asrdan keyingilari) yapaloq qilib va nomutanosib yasalgan. Xronologik jihatdan avval yasalgan haykalchalar Kitobdan topilgan. Janubiy Sug‘dning sharqiy qismida Ona Ma’buda, ud chaluvchi ayollar va qandaydir mahalliy ilohlarning tasviri bo‘lgan erkaklar haykallari ko‘p uchraydi.

Kitobda topilgan Ona Ma’budaning sopol haykalchalari o‘tirgan holda tasvirlangan yalang‘och ayolning (mil.avv. III asr) yoki yalang‘och go‘dakni ko‘tarib olgan kiyingan ayollarning qo‘lda yasalgan haykalchalaridir127.

Kitobda ud chalayotgan erkaklar haykalchalari topilgan128, markaziy Sug‘d va Marg‘iyonada ham ayollar haykalchalariga o‘xshash haykalchalar bor129.

Sharqiy Qashqadaryoda ilohiylashtirilgan ajdodlarga sig‘inish ham keng tarqalgan bo‘lib, ular erkaklar haykallari hamda qo‘lda yasalgan, chavandozli va chavandozsiz ot shakllaridan iborat topilmalardir. Kitobda va To‘pchak qishlog‘ida mil.avv. I – IV asrlar materiallari bilan birga uzun qalpoq yoki yo‘l-yo‘l bog‘ichli ko‘rinishdagi bosh kiyim kiygan, ba’zan o‘ng qulog‘ida sirg‘asa bo‘lgan erkaklar haykalchalari topilgan. Tadqiqotchilar fikricha, ular mil.avv. II – milodiy IV asrlarda yasalgan, deb hisoblanadi va Makedoniyalik Aleksandr tasvirlariga borib taqalishi mumkin130.

Antik davr madaniyati yutuqlari o‘lkaning o‘rta asrlar davri madaniyati asosini tashkil etadi. O‘z navbatida ushbu davr madaniyati ijtimoiy-siyosay vaziyatning, diniy – mafkuraviy qarashlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq bir qator yangi an’analarning vujudga kelishi bilan ham izohlanadi.

Yerqo‘rg‘on miloddan avvalgi VI-IV asrlarda ayniqsa, gullab-yashnaydi va aynan shu davrda umumiy maydoni 40 gektardan iborat maydonni o‘z ichiga olib, beshburchak shaklidagi qalin devor bilan o‘rab olinadi. 131

Arxeologlar Naxshab shahrining yoshini asosan sopol idishlar tahliliga qarab aniqlaganlar. Shahar o‘rnida uzluksiz olib borilgan qazishma ishlari Yerqo‘rg‘onning shakllanish va tanazzulga uchrash sanalariga aniqlik kirita borgan. 1976 yilda 1-BX deb nomlangan qazuv joyida yumaloq shakldagi sopol idishlar saqlanib qolgan madaniy qatlam ochilgan edi. Yumaloq shaklli idishlar (banka ko‘rinishli) odatda, miloddan avvalgi VI-IV asrlarga mansub deb qaraladi. Shu yili bu yerdan jomlar, qadahlar, lagan va tovoqlar, kosa, xurmachalar, xum va xumchalar, qozon va dekchalar

topilgan edi.

Qadimiy Naxshab vayronalari o‘rnida muttasil ilmiy – tadqiqot ishlarini bajargan arxeolog olimlar M.H.Isamiddinov va R.H.Sulaymonovlar o‘zlarining 1984 yilda nashr etilgan «Yerqo‘rg‘on» deb nomlangan risolalarida qo‘lga kiritilgan moddiy madaniyat ashyolarini tahlil etadilar. Sopol idishlar tadqiqi quyidagi xulosalarni beradi:

«Yerqo‘rg‘onning quyi qatlamidan olingan sopol buyumlar majmuasi ko‘pgina tadqiqotchilar tomonidan miloddan avvalgi II ming yillik oxiri va I ming yillik birinchi choragi bilan sanaladigan so‘nggi mis davrining qator yodgorliklari naqsh solingan sopolchiligi bilan o‘xshashdek tuyuladi. Biroq, so‘nggi mis davrining uzaytirib yuborilgan umumiy sanasini Yerqo‘rg‘on shaharchasi quyi madaniy qatlamiga tadbiq etib bo‘lmaydi, chunki u bevosita miloddan avvalgi VIII asrning ikkinchi yarmi va VII asrlari yoki miloddan avvalgi VIII-VI asrlar bilan sanaladigan kulolchilik sopollari bo‘lgan kuchli qatlam bilan qoplangan».

Naxshab obidalari tuprog‘idan topilgan kulolchilik ashyolarini M.H.Isomiddinov va R.H.Sulaymonovlar qiyosiy tadqiq asosida Farg‘ona vodiysidagi Chust va Dalvarzintepa, Surxondaryo viloyatidagi Kuchuk – 2, Bandixon- 1, Qiziltepa va Mirshodi, Zarafshon vohasidagi Afrosiyob quyi qatlami, Toshkent vodiysining Tuyabo‘g‘iz manzillaridagi sopol buyumlar bilan uyg‘un deb qaraydilar. Zikr etilgan arxeologik obidalari kulolchilik namunalarini, naqshlangan sopol idishlarini miloddan avvalgi IX asrdan erta va VI asrdan kech, miloddan avvalgi VIII-VII asrlarga taalluqli deb hisoblanadi. Shunga ko‘ra Yerqo‘rg‘on quyi madaniy qatlami yoshini ham shunday sanalash mumkin bo‘ladi. 132

Miloddan avvalgi I ming yillik boshlarida qadimiy madaniyat keng tarqalgan edi. Naxshabning ham birinchi aholisi chorvador qabilalar edi va

ular o‘zlariga qo‘shni bo‘lgan qavmlar ta’sirida dehqonchilik- chorvachilik madaniyatini shakllantirganlar. Arxeologlarning guvohlik berishicha, shaharchadagi xayotning navbatdagi davri qadimiy So‘g‘d zamonlariga oid moddiy ashyolarda o‘z ifodasini topadi. Bunday ashyolar Yerqo‘rg‘ondagi Yer II va Yer III 13, 12, 9, va 1 qazuv chohlaridan topilgandir. Ko‘rsatilgan qatlamlardan chiqqan ashyolar shaharcha miloddan avvalgi VII-VI asrlarda gavjumlashgan degan tasavvurni paydo qiladi.

Yerqo‘rg‘onda uzoq yillar mobaynida olib borilgan qazuv ishlari bu joydagi madaniy qatlamning o‘ziga xos tomonlarini ham kashf etadi. M.H.Isomiddinov, va R.H Sulaymonovlarning ta’kidlashicha, ibodat buyumlari majmuasi o‘ziga xosligi, bezatilishi, naqshlari bilan Qashqadaryodan boshqa joyda uchramaydi. Bu jihatdan hayvon shaklidagi chiroqlar, isiriqdonlar, chetlarida hayvon boshlari tasvir etilgan kuldonlar va ulardagi jimjimador naqshlar alohida ajralib turadi. Milodning dastlabki asrlarida Yerqo‘rg‘on huvillab qolgan edi. Bu shu davrga oid osori atiqalarning yo‘qligi bilan izohlanadi.133

Ba’zi olimlar Yerqo‘rg‘onning hukm surishi muddati eftallar va turk xoqonligi davriga qadar davom etgan degan fikrda bo‘lganlar. Yerqo‘rg‘onda uzoq muddat davom etgan tadqiqot ishlari Naxshabning to arablar bosqiniga qadar yashab turganini aniqlaydi. Arxeologlarning ko‘rsatishlaricha, Yerqo‘rg‘on hukmdorining qasri milodning boshlarida vujudga kelgan. N.Yu.Nefedovning yozishicha, Yerqo‘rg‘on shaharchasi hukmdor qasri o‘z ko‘rinishi, tarxi va tuzilishiga ko‘ra Markaziy osiyoda shu vaqtgacha o‘rganib chiqilgan yashash uylari, saroylarga juda monand, ular bilan bir qatorda turadi134

Yerqo‘rg‘onning vujudga kelish sanasini kulolchilik ashyolari – sopol

buyumlar bilan belgilash mumkin bo‘lganidek, tanazzulga yuz tutish sanasini shahar ibodatxonasi tuprog‘idan topilgan So‘g‘d hukmdori Shashpir (VI asr oxiri VII asr boshlari) tangalari misolida aniqlash imkoniyati mavjuddir. Yerqo‘rg‘onda XX asr ikkinchi yarmida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari Naxshabning VI-VII asrlarda barhayot bo‘lganini tasdiqlaydi. S.K.Kabanovning yozishicha, Naxshab Aleksandr Makedonskiy bosqinidan so‘ng o‘zini o‘nglab ololmagan. Bundan tashqari, miloddan avvalgi asrlarda yuz bergan istilolar shaharni tamomila vayrona holiga keltirgan. Ammo uning ayrim qismlarida hayot davom etgan. Shahar hukmdori, sipohiylar, hunarmandlar yangi manzilga ko‘chib o‘tgan. Yangi Naxshab (yoxud «Naxshab-2») asta-sekin shahar tusini olgan. Milodning VI-VII asrlarida Naxshab-2 daryoning ikki qirg‘og‘i bo‘ylab kengaya boshlagan. Aholi soni ham ko‘paygan. Shahar nomi arablar kelgan davrda ham Naxshab bo‘lib qolavergan. Shuni ko‘zda tutib akad. V.V.Bartold «Nasaf» so‘zi aftidan, arablar tomonidan mahalliy «Naxshab»dan hosil qilingan degan fikr bildirgan.135

XULOSA
Yuqoridagi fikrlardan ham ko‘rinib turibdiki, Qashqadaryo vohasi dunyo madaniyati taraqqiyotining otin belbog‘i bo‘lmish Buyuk Ipak Yo‘lining eng muhim nuqtalaridan birida joylashgan. Bu serfayz zamin o‘zining beqiyos moddiy va ma’naviy ne’matlari bilan mashhurdir.

Qudratli davlat, buyuk iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar haqiqiy ma’naviyat zaminida vujudga keladi. Tarixiy, madaniy-ma’naviy qadriyatlar boy merosimizni o‘zlashtirish asosida mustaqillik mafkurasining shakllanish jarayoni ham aniq ko‘zga tashlanib bormoqda.

Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimov aytganlaridek: “Bugun yangi o‘zbek davlati barpo etar ekanmiz, biz tarixdan, ajdodlar merosidan, ularning ruhi pokidan, Turkiston xalqlarining qadriyatlaridan, ma’naviy merosidan bahramand bo‘lishimiz tabiiydir”. Yuqoridagi fikrdan ham ko‘rinib turibdiki, Vatanimiz tarixi, uning hududidagi qadimiy shaharlari tarixini bilmay turib Vatanimiz tarixini, o‘zbek davlatchilik tarixini yaratib bo‘lmaydi. Bu borada Vatanimizda bir qator ishlar olib borilmoqdaki, biz bu ishlarni keng ko‘lamda olib borilayotgan arxeologik ishlar asosida ham ko‘rishimiz mumkin. Yuqorida keltirib o‘tganimizdek Nautaka – Naxshab hududlarida olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlari fikrimiz dalilidir.

Bu hududlarda olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlarining natijasini quyidagicha xulosa qilishimiz mumkin:

Qashqadaryo vohasi antik davri madaniyatining tadrijiy taraqqiyotida muhim ma’muriy iqtisodiy, siyosiy-madaniy markaz bo‘lib kelgan. Uning tarixiy ildizlari ilk temir asriga – mil.avv. VIII – VII asrlarga tutash bo‘lib, Uzunqir, Podayotoqtepa, Sangirtepa, Yerkurg‘on shaharlari kengroq o‘rganilib, O‘zbekistonning janubiy viloyati bo‘lgan Qashqadaryo vohasi tarixi kengroq yoritildi.

Antik davrda Qashqadaryo hududidagi tipologik umumiy qonuniyatlar asosida o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga kirgan. Bu tadqiqotchilar tomonidan moddiy va yozma manbalar asosida o‘rganilib, tarix sahifalariga kiritildi.

Qadimgi va o‘rta asrlar taraqqiyot bosqichlari davomida Kesh o‘z bag‘rida Sharq shaharsozlik va ijtimoiy shaharchilik alomatlarining barcha xos xususiyatlarini o‘zida mujassam etdi. Bu hol ayniqsa, qadimgi shaharlarda ilk shahar tuzilishi, o‘rta asrlar davridagi shaharsozlik hususiyatlarida o‘z aksini topdi. Olib borilgan tadqiqot ishlari natijasida bu hududda ilk shahar ko‘rinishidagi manzilgohlarning paydo bo‘lishi va antik davrida rivojlanishi Yerqurg‘on, Sangirtepa, Uzunqir, hozirgi Kitob shahri o‘rnidagi Qalandartepa misolida ko‘rib chiqildi.

Manbalarni o‘rganish asosida ilk temir davrida Kesh Uzunqir manzilgohi, antik davrda hozirgi Kitob shahri o‘rnidagi Qalandartepa manzilgohi o‘rniga to‘g‘ri kelsa, Naxshayu voxasida bu Yerqo‘rg‘on arxeologik yodogorligiga to‘ri keladi.

Qashqadaryo vohasining yuqorida ko‘rsatilgan arxeologik yodgorliklari ma’muriy-iqtisodiy hamda siyosiy markazi sifatida mil.avv. I ming yillikning birinchi yarmidan boshlangan urbanistik jarayonning yakuniy bosqichi sifatida bugun ham rivoj topmoqda.

Qadimgi Qashqadaryoning tarixiy, siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy hayotini o‘rganishda olib borilgan tadqiqot ishlari asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.

Qashqadaryo hududidan topilgan ashyoviy manbalar O‘zbekistonning qadimgi davri madaniyati, iqtisodiy-ijtimoiy hayoti, savdo-sotiq munosabatlari ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakllari, davlatchlik va davlatchilik hususiyatlarini yoritishdagi asosiy manbalardan hisoblanadi.



Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish