2. 3-Mavzu. 3Dsmax dasturida animatsiya yaratish. Maruza mashg’uloti rejasi



Download 3,03 Mb.
bet4/6
Sana20.01.2022
Hajmi3,03 Mb.
#393207
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2.3-Mavzu.3DSMAX dasturida animatsiya

Kalitlurni о ‘zgartirish rejimi

Trach View (Treklarni ko‘rish) oynasini kalitlarni o‘zgar- tirish rejimiga o‘tkazish uchun muloqot oynasidagi uskunalar panelidan Edit Keys (Kalitlarni o‘zgartirish) tugmasini yuklang.

Kalitlarni o‘zgartirish rejimida vaqt satridagi alohida yoki belgilangan kalitlarning sonli qiymati yoki o‘rni o‘zgartirlishi ta’minlanadi. Quyida kalitlarni o‘zgartirish tugmalarining vazifasini ko‘rib o‘tamiz.

Add Visibility Track (Ko‘rinish trekini qo‘shish) – ajratilgan obyekt uchun vaqt uning bo‘yicha ko‘rinishini boshqaruvchi yangi trek qo‘shadi. Ushbu trekga o‘rnatiladigan kalit obyekt ko‘rinishini belgilaydi, ya’ni 0 (obyekt ko‘rinmas) yoki 1 bo‘lsa (obyekt ko‘rinadi). Animatsiya ushbu kalit pozitsiyasiga yetganda obyekl ko‘rinishi uning kalit qiymatiga mos ravishda o‘zgaradi va keyingi ko‘rinish kalitigacha yoki animatsiya tugagunicha o‘zgarmas qoladi. Kalit qiymati joriy kalit xususiyatlari oy nasi yordamida ham o‘rnatilishi mumkin, bu oyna Properties (Xususiyatlar) tugmasi orqali yuklanadi.

Align Keys (Kalitlarni tenglashtirish) – barcha ajratilgan kalitlar pozitsiyalarini vaqt o‘qida joriy kadrga bog‘lashga imkon beradi. Animatsiya taymeri o‘rnatkichini ko‘chirib, kerakli kadrga o‘rnating va bir necha kalitlarni ajratib, Align Keys (Kalitlarni tenglashtirish) tugmasini bosing. Ajratilgan kalitlar guruhini shunday joylashtiringki, eng chapdagi kalit joriy kadrni belgilasin.

Delete Keys (Kalitlarni o‘chirish) – ajratilgan kalit larni o‘chirishga imkon beradi. Bir yoki bir necha kalitlarni o‘chirish uchun ularni Birma-bir tugmasi bilan ajrating, so‘ngra yuqoridagi tugmani bosing. Agar Delete Keys (Kalitlarni o‘chirish) tugmasini bosishdan oldin joylashish daraxti ro‘yxatida sariq kub bilan belgilangan obyekt nomi ajratilgan bo‘lsa, dastur ushbu obyekt kalitlarini o‘chirish to‘g‘risida ruxsat so‘raydi. Agar Yes tugmasini bossangiz, obyektning barcha animatsiya kalitlari o‘chiriladi. Agar No tugmasi bosilsa, u holda bironta kalit, ajratilganlar ham o‘chirilmaydi.

Move Keys (Kalitni ko‘chirish) – vaqt o‘qi bo‘yicha ajratilgan kalitlarni ko‘chirishga imkon beradi. Bir yoki bir necha kalitlarni ko‘chirish uchun ularni ajrating, so‘ngra Move Keys (Kalitni ko‘chirish) tugmasini bosing va kalitlarni trek bo‘yicha chapga yoki o‘ngga ko‘chiring. Kalitlarning ko‘chishi ularningsonli qiymatlariga ta’sir ko‘rsatmaydi, balki ular bilan bogMiq bo‘lgan vaqt holatlari O‘zgaradi. Bir yoki bir necha kalitlardan nusxa olish uchun ularni ajratib. Move Keys (Kalitni ko‘chirish) tugmasini bosing. So‘ngra kalitni tugmasini bosib turib o‘ngga yoki chapga ko‘chiring. Sichqoncha tugmasi qo‘yib yuborilgandan so‘ng, barcha ajratilgan kalitlarning o‘z qiymatlari bilan nusxalari hosil bo‘ladi. Bunda nusxa kalitlarning haqiqiy kalitlardan uzoqligi foydalanuvchining ularni ko‘chirish natijasiga bogMiq.

Slide Keys (Kalitlarni surish) – ajratilgan kalitlarni M trek bo‘yicha surishga imkon berib, shu bilan birga, ulardan oldin va so‘ng joylashgan kalitlarni bir vaqtning o‘zida suradi. Kalitlar guruhini surish uchun kalitlarni ko‘chirishda bajariladigan amallarni faqat Slide Keys (Kalitlarni surish) tugmasini qo‘llab bajaring.

Scale Keys (Kalitlarni masshtablash) – barcha ajratilgan kalitlarni vaqt o‘qi bo‘yicha joriy kadrga nisbatan masofani proporsional o‘zgartirib ko‘chiradi. Bir ncchta kalitlarni ajrating, Scale Keys (Kalitlarni masshtablash) tugmasini bosing va ajratilgan kalitdan birini chapga yoki o‘ngga suring. Kalitningsurilishiga qarab qol gan kalitlar ham ko‘chishni boshlaydi, bunda ular va joriy kadr o‘rtasidagi vaqt intervali bir xil proporsiyada o‘zgara boshlaydi.

Add Keys (Kalit qo‘shish) – belgilangan trekga animatsiya kalitini qo‘shish imkonini beradi. Kalitni qo‘shish uchun Add Keys (Kalit qo‘shish) tugmasini bosing, so‘ngra kerakli vaqt trek nuqtasini belgilang. Kalit paramctrining sonli qiymati qo‘shni kalitlar qiymati asosda hisoblanadi, bunda parametr animatsiyalangan yoki statik qiymatga teng deb qabul qilinsa, parametr animatsiyasi mavjud bo‘lmagan shartlar inobatga olinadi.

Modify Subtree (O‘zaro bog‘langan kalitlarni o‘zgar- tirish) – faqatgina ajratilgan obyektlar kalitlarini o‘zgartirmasdan, balki ajratilgan treklarga taalluqli bo‘lgan, unga bog‘liq bo‘lgan quyi darajada joylashgan elementlar kalitlarini ham o‘zgartirishga imkon beradi. Bu elementlar trek oynasining chap qismida joylashgan bo‘lib, quyi darajalarni modifikatsiyalash rejimi o‘rnatilganda, asosiy treklarning har birida o‘zining kalitlari bilan birgalikda unga tobe bo‘lgan treklar kalitlari ham namoyon bo‘ladi.




Download 3,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish