2-3-Amaliy mashg’ulotlar
Adobe Photoshop interfeysi. Adobe Photoshopda grafik fayllar yaratish
Ishdan maqsad: Adobe Photoshop dasturi bilan tanishish va amal bajarish.
Masalaning qo’yilishi: Tinglovchi berilgan variant bo’yicha grafik muharrirda amal bajara olishi lozim.
Ishni bajarish uchun namuna
Masala. Adobe Photoshop grafik muharrirrida “Gulpoyondoz” kollajini yaratilsin.
“Gulpoyondoz” kollajini yaratish(kollaj – boshqa tasvir bo’laklaridan qurilgan tasvir). Bajarish algoritmi:
700х700 px o’lchamdagi yangi oq rangda sahifa yaratish.
Navbat bilan gullarning rasmi saqlangan fayllarni yuklash (1 – 18 rasmlar).
Gullarni vositalar yordamida belgilash.
Navbat bilan yangi sahifaga ko’chirish.
vositasi yordamida rasmlarni bo’sh joy qoldirmasdan butun sahifani to’ldirish (19 – 21 rasmlardagi kabi).
Kollajni papkada saqlash.
Kollajlarga misollar:
19-rasm. To’g’rito’rtburchakli belgilash yordamida bajarilgan kollaj.
20-rasm. Doiraviy belgilash yordamida bajarilgan kollaj.
21-rasm.Lasso belgilash yordamida bajarilgan kollaj. Amaliy topshiriqlar
Adobe Photoshopda ajratilgan soha o’lchamini kattalashtirish/ kichiklashtirish amalga oshirilsin
Adobe Photoshopda ajratilgan soha tezkor fon rangi bilan to’ldirilsin
Adobe Photoshopda joriy ko’rsatkichlar tiklansin
Adobe Photoshopda ajratilgan soha doiraviy ko’rinishga keltirilsin
Adobe Photoshopda yuqori aniqlikda ishlash imkonini beruvchi uskuna ishga tushirilsin
Adobe Photoshopda ajratilgan sohadan biror kichikroq ko’rinishdagi soha olib tashlansin
Adobe Photoshopda qatlanga nom berilsin
Adobe Photoshopda Pen uskunasi vazifalari namoyish qilinsin
Adobe Photoshopda ajratilgan sohaga biror kichikroq ko’rinishdagi soha qo’shilsin
Adobe Photoshopda shaffoflik darajasini o’zgartirish namoyish etilsin
Adobe Photoshopda yarqirash (Lens Flare) vositasidan foydalanish namoyish etilsin
Adobe Photoshopda kadrlash (Crop) uskunasidan foydalanish namoyish etilsin
Adobe Photoshopda qaynoq tugmalardan (hotkeys) foydalanish namoyish etilsin
Adobe Photoshopda tiniqlashtirish (Sharpen) filtridan foydalanish namoyish etilsin
Adobe Photoshopda klonlashlashtirish (Clone) uskunasidan foydalanish namoyish etilsin
Keyslar banki
Keys 1. Adobe Photoshop dasturida oq-qora fotoni rangli ko’rinishga o’tkazilsin.
Keysni bajarish bosqichlari va topshiriqlar:
Keysdagi muammoni hal qilish imkonini beruvchi bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar ketma-ketligini belgilang (individual va kichik guruhda).
Oq-qora rasm skaner yordamida raqamli ko’rinishga o’tkazilsin. (individual holda va kichik guruhda)
Photoshopda zarur protsedura bajarilsin (individual holda va kichik guruhda)
Natija optimal formatda saqlansin va taqdim etilsin (individual holda va kichik guruhda)
Do'stlaringiz bilan baham: |