REJA:
1.Yozuv haqida umumiy tushuncha.
2.O‘zbek yozuvlari tarixi.
3.O‘zbek yozuvlarining rivojlanish bosqichlari.
4.Grafika.
5.Orfografiya.
Amaliy
mashg‘ulot
№2
2-MAVZU: Til va yozuv masalalari
Insoniyat tarixida yozuvning ixtiro qilinishining qanday ulkan ahamiyat kasb
etganligini alohida ta'kidlashga hojat yo‘q. Agar odamlar taraqqiyotning ma'lum
bosqichiga kelib, o‘zlariga zaruriy axborotni ma'lum bir ramziy belgilar yordamida qayd
qilib olishga va shu tarzda uni saqlab va boshqalarga tarqatishga o‘rganmaganlarida edi,
tamadduning umumiy ahvoli qaysi shaklga kelib qolishi mumkinligini tasavvur qilish
ham qiyin. Shunisi aniqki, kishilik jamiyati hozirgidek taraqqiyot darajasiga erisha
olmagan bo‘lar edi.
Yozuvning dastlabki ko‘rinishlari eramizdan avvalgi 4-ming yillikda paydo bo‘la
boshlagan. Lekin bungacha ham axborotni qayd etish va saqlashning turli usullari
mavjud bo‘lgan: ma'lum shaklda joylashtirilgan shox shabbalar, toschalar, va sanoq
cho‘plari va hokazolar tarzidagi eng sodda axborot saqlash usullari asta -sekinlik biloan
murakkab shakldagi belgilar - ma'lum bir buyum yoki hodisani ifodalovchi tasvirlarga
o‘tib borgan.
Masalan, qadimgi Inklar tugunchalar yordamida axborotni qayd etishning o‘ziga
xos uslubini ixtiro qilganlar. Buning uchun ular jundan tayyorlangan har xil rangdagi
arqonlardan foydalanganlar. Bu arqonlarni turli xil ko‘rinishlarda tugib qo‘yib,
tayoqchalarga bog‘lab qo‘yishgan. Xatlar ham shunday ko‘rinishlarda manzilga
yuborilgan. Olimlar orasida tarqalgan ba'zi fikrlarga ko‘ra Inkalr bu usul bilan o‘z
mahalliy qonunlarini, solnoma va she'riy misralarini «yozib» borganlar. Tugunchalar
bilan «yozish» boshqa xalqlarda ham mavjud bo‘lgan, masalan, bunday usuldan
qadimgi xitoyliklar va mo‘gullar ham foydalanishgan.
Lekin, haqiqiy ma'nodagi yozuv, odamlar axborotni qayd etish va tarqatish uchun
maxsus ko‘rinishdagi grafik belgilardan foydalana boshlashgandagina paydo bo‘lgan
deyish mumkin. Yozuvning eng qadimgi ko‘rinishi piktografik yozuvlardir.
Piktogramma va bu turdagi yozuvda, so‘z borayotgan hodisa, buyum yoki voqea
haqidagi sxematik tasvirlar, aynan rasmlar ketma-ketligi namoyon bo‘ladi. Taxmin
qilinishicha, piktografiya so‘nggi tosh davrida turli xalqlar o‘rtasida juda keng tarqalgan
va asosiy axborot saqlash usuliga aylangan ekan. u uncha katta bo‘lmagan xabarlarni
jo‘natishga va qisqaroq hikoyalarni yoizb olishga va qoldirishga butunlay yaroqli
hisoblanadi. Bunday xat-xabar voqe'likning yoki fikrning juda ham yaqqol tasviri bo‘lib,
uni o‘qish uchun maxsus bilim kerak bo‘lmagan. Lekin, biror bir mavhum tushuncha
(masalan, jangovorlik, aql, yashi tush, osmon jilvasi kabi) haqida so‘z borganda,
piktogrammaning imkoniyatlari birdaniga cheklanib qolgan. Sababi bunday tushunchani
tasviriy ifodalashning imkoni yo‘q edi. Shu tufayli, yozuvning inson hayotiga kirib
kelishidagi
ilk bosqichlardayoq,
piktogrammalar tarkibida endilikda maxsus
tushunchalarni ifodalaovchi belgi yoki ramzlar - ideogrammalar paydo bo‘ldi. Masaslan
tasvir tarkibidagi bir biriga qovushtirilgan qo‘l ramzi, biror narsani almashtirishni
ifodalagan. Shu tarzda endilikda har bir ideogramma ma'lum bir piktorgammaga
bog‘lanib, ifodalanmoqchi bo‘lgan mazmunni yanada tushunarliroq qilib borgan. Asta
sekinlik bilan piktogrammalar avvalgi yaqqolligini yo‘qtib bordi, lekin, yanada
mazmundorlik va aniqlikka erisha boshladi. Bu jarayon bi necha ming yilliklarni talab
etdi. Ideogrammaning eng yuksak ko‘rinishi ierogliflar ko‘rinishidagi yozuvning paydo
bo‘lishiga olib keldi.
Ierogliflarga asoslangan yozuv dastavval qadimgi Misrda paydo bo‘ldi.
Keyinchalik ieroglifik yozuv uzoq sharqda - Xitoy, Yaponiya, va Koreya yarim orolida
keng tarqaldi. Bu davlatlar hududidagi topilma ieroglif yoki ideogrammalardan eng
g‘ayrioddiy va o‘ta murakkab shakllarni uchratish mumikin. Ular orqali qadimgi yaqin
sharq kishilari eng mavhum va murakkab fikrlarni ham ifodalay olishgan ekan. lekin
ierogliflarning o‘qish sirlarini bilmagan va maxsus tayyorgarlikdan o‘tmagan odamga
bunday yozuvlarning umuman tushunarsiz bo‘lgani tayin. Yozishni o‘rganishni istagan
har bir kimsa, minglab belgi va ramzlarni doimiy esda saqlashga majbur bo‘lgan. Shu
tufayli qadimda juda kam sonly odamlargina yozishni va o‘qishni bilganlar.
Shuni ta'kidlash kerakki, ideografiyaning aynan o‘zidan iborat yozuv hech qachon
mavjud bo‘lmagan. Masalan, qadimgi Misrda qandaydir tushuncha, buyum yoki so‘zni
ifodaslovchi belgilar bilan birga, maxsus so‘z bo‘ginlarini va hatto alohida tovushlarni
ifodalovchi belgilar qo‘llanilgan. Bunday belgilarga talab tushunarli: hamma narsani
ham, birinchi navbatda esa odamlarning ismini tasvir vositasida tushunarli qilib ifodalab
bo‘lmaydi.
Bunday hollarda misrliklar so‘z-ierogliflarni harf-ierogliflarga aylantira
boshlashdi. Bunda eng avvalo, ma'lum bir tovushga mos keluvchi biror belgi o‘yalb
topilishi va bu belgini hamma bilishi kerak bo‘lardi. Masalan uy tasviri tushirilgan
ieroglif, ikki tovushni ifodalovchi «xt» so‘ziga almashtirildi. Bu vaqtlarda fonetik
ierogliflar - bo‘lajak harfglarning ahamiyati faqat mazmunni ifodalash uchun
yordamchilik vazifasida bo‘lgan. Lekin vaqt o‘tishi bilan ularning o‘rni tobora yuksalib
borib, Misr yozuvining so‘nggi davrlariga kelib, asosiy rol o‘ynovchi belgi ramzlarga
aylanib qolgan. Lekin fonografik (har bir belgi alohida bir tovushni ifodalaydigan)
yozuvga misrliklar baribir to‘liq o‘ta olishmadi. Bunday muhim takomillashtiruvni
boshqa xalqlar amalga oshirishdi.
Odamlar o‘z nutqlarini oddiy elementlar - tovushlarga (fonemalar) ajratishni
o‘rganishlariga ancha vaqt ketdi. Bungacha esa, nisbatan osonroq bo‘g‘inlarga ajratishni
o‘zlashtirish zarur edi. Shu tufayli eramizdan avvalgi ikkinchi ming yillikda turli xalqlar
orasida alohida bo‘gimlarni ifodalashga asoslangan maxsus bo‘ginli yozuv paydo bo‘ldi.
Bunga misol qilib krit (minoya) yozuvi yoki mayalarning yozuvini keltirish mumkin.
Faqat ikkinchi ming yillik so‘ngiga kelibgina qadimgi finikiyaliklar harfiy-tovushli
alifboni ixtiro qilishdi. Bu alifbo keyingi asrlar davomida ham ko‘plab xalqlar uchun
namuna bo‘lib xizmat qildi.
Finikiya alifbosi 22 ta undosh harfdan iborat bo‘lib, ularning har biri alohida
tovushni ifodalagan. Bu alifboning kashf etilishi butun boshli bashariyat uchun juda
katta ahamiyatga molik hodisa edi. Bu alifboga yordamida deyarli hamma so‘zni grafik
ifodalash mumkin bo‘lardi va ideogrammalarga ham, ierogliflarga ham umuman hojat
qolmasdi.
Yozuv butun jamiyatning ijtimoiy mulkiga aylandi. Hozirgi zamon alifbolarining
ham beshdan to‘rt qismi Finikiya alifbosi asosida shakllanganligi haqidagi g‘oyani
olimlar allaqachon ilgari surishgan. Finikiya yozuvining shakl o‘zgarishlaridan biri -
Puni yozuvi asosida Liviya alifbosi va yozuvi paydo bo‘lgan. Xuddi shuningdek,
Finikiya alifbosi - qadimgi yahudiy, qadimgi оramey va qadimgi yunon alifbolarining
poydevori hisoblanadi, o‘z navbatida, oramiy yozuvi asosida - arab yozuvi, xorazmiy,
uyg‘ur, fors va boshqa yozuvlar shakllangan.
Finikiya alifbosiga so‘nggi va eng muhim takomillashtiruvni qadimgi yunonlar
kiritishdi - ular alifboga faqat undosh tovushlarni emas, balki unli tovushlarni ham
kiritishni joiz deb topishdi va unli harflarni ham o‘z alifbolariga kiritib qo‘yishdi. Yunon
alifbosi Yevropaning ko‘plab boshqa alifbolarining «ajdodi» hisoblanadigan lotin
alifbosining ham asosini tashkil qilgan.
Ma'lumingizkim, lotin alifbosi hozirgi zamon farang, ingliz, olmon, ispan
alifbolarining ham asosi hisoblanadi. Shuningdek, kop tillardagi alfavitlar, xususan,
arman, gruzin va slavyan alifbolari ham aynan yunon alifbosining avlodlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |