2. 1-§. Maktablari matematika fanlarini o’qitishda ko’zlangan tarbiyaviy maqsadlar


-§.  Uzluksiz  ta’limda barkamol shaxsni  tarbiyalash  masalalari



Download 381,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana31.12.2021
Hajmi381,46 Kb.
#255102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
matematika talimi jarayonida tarbiya muammolari

1.2-§.  Uzluksiz  ta’limda barkamol shaxsni  tarbiyalash  masalalari 

 

Tarbiya jarayoni o'qituvchi va o'quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar 

o'rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq  maqsadga yo'naltirilgan hamkorlik 

jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi,  his-

tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo'lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil 

etishga hizmat qiladigan hulqiy odatlar hosil bo'ladi.

 

Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to'g’ri 



uyushtirish g’oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan 

tarbiyaviy ta'sirlarga nisbatan ma'lum munosabatda bo'ladi. Bu munosabat 

shaxsning ichki ehtiyoj va hoxishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning 

tadqiqotlari shaxsga tashxis  omillarning  hox salbiy,  hox ijobiy  ta'siri bolaning 

ularga munosabatiga bog’liqligini ko'rsatadi. Bola faoliyatini uyushtirishgina emas, 

balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan turli kechinmalarni qanday 

anglashi, baholashi, his qilishi, ulardan o'zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi 

zarur. Zero, tarbiya ijtimoiy munosabatlarning murakkablashib borishi asosida 

kechadi. 

Tarbiya jarayonida o'quvchining ongigina emas, balki his-tuyg’ularini ham 

o'stirib borish, unda jamiyatning shahsga qo'yadigan ahloqiy talablariga muvofiq  

keladigan hulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun 

o'quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta'sir etib boriladi. Agar bularning 

birortasi e'tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya 

jarayoniga o'qituvchi rahbarlik qiladi. U o'quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning 

ijtimoiy  jarayonda ishtirok  etishlari uchun shart-sharoit  yaratadi. 

Ijtimoiy  jarayonda faol ishtirok etish orqali o'quvchilarning mustaqilligi, ijodiy 

tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat o'quvchilar jamoasi manfaati va istagi 

asosida uyushtirilsa, bu jarayonda bolaning tengdoshlari va o'zini o'zi anglash 

jarayoni yuzaga keladi. Bola o'z hulqi, hatti-harakati uchun jamoa oldida 

javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol 

qatnashchisi bo'lib qoladi. 




11 

 

Tarbiyani samarali yo'lga qo'yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchi, tarbiya 



jarayonining manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya 

jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iborat. 

Tarbiyada o'quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi ham hisobga olinadi. 

Tarbiyachi bola shaxsining o'quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat  o'sish, 

menat, ijtimoiy ishlar, o'yin, sport, badiiy  havaskorlik  yordami bilan maxsus ta'sir 

etish muhimdir.  

Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir 

vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bo'ladi. 

Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o'zini-o'zi 

tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o'rin tutadi. Tarbiya mazmuni 

ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning amalga oshishi uchun ma'lum 

shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi 

 A.Avloniy aytganlaridek:  “Ilm insonlarning madori, hayoti,porloq kelajagi, 

rahbari, najotiga aylangan”.  Ilm inson uchun  g’oyat oliy va muqaddas fazilatdir. 

Shuning uchun ham  avvalambor  ilmli, tarbiyali bo’lmoq har  bir  yosh barkamol 

shaxsning  burchi hisoblanadi. 

Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida 

tashkil etiladi. Ta’lim- tarbiya maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning 

rivojlanish yo'nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. 

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan ta’lim - tarbiyaning 

asosiy maqsadi komil shaxsni tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat. 

Tarbiya jarayonining natijasi.Ta’lim-  tarbiyaning natijasi yuksak ma'naviy va 

ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalashdir. Bu 

jarayon ikki tomonlama bo'lib, uyushtirish va rahbarlik, shuningdek, o'quvchi 

shaxsining o'zi tomonidan faollik ko'rsatilishini taqozo etadi. Bu jarayonda 

pedagog etakchi rol o'ynaydi. Chunki u ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari 

mohiyatini tushunadi, maqsad yo'lida amalga oshiriladigan vazifalar tizimidan 



12 

 

yaxshi xabardor, tarbiya shakl, metod va vositalarini asosli, ilmiy tarzda tanlab 



oladi va ta’lim- tarbiya jarayoniga tatbiq etadi. 

Tarbiya jarayonining mohiyatini tarbiyaga har tomonlama yondashish bilan 

muvaffaqqiyatli tarzda, ilmiy tahlil  qilish mumkin. 

Shaxs tarbiyaning natijasi sifatida shakllanadigan ijtimoiy mavjudotdir. 

Shaxsning ko'pdan-ko'p hislatlari bir-biridan ajratilgan emas, balki o'zaro 

mustahkam bog’langan. Tarbiya jarayonida bolaning shaxsiyati ayrim-ayrim emas, 

balki yaxlit ravishda rivojlanadi. 

Bola o'sib va rivojlanib borgani sari tarbiya vazifalari murakkablashib, 

chuqurlashib, tabaqalashib boradi.  

Har tomonlama  yetuk shaxsni tarbiyalash unga izchil ravishda aq liy, 

g’oyaviy-siyosiy, ahlohiy, mehnat, estetik, jismoniy, ekologik, iqtisodiy hamda  

huquqiy tarbiya berish, o'quvchilarning ongi, hulq-atvori va faoliyatining birligi, 

shuningdek, tarbiya jarayonini tashkil etishning yakka, guruhli va ommaviy 

shakllarini qo'shib olib borilishini ta'minlaydigan pedagogik tizimlarni vujudga 

keltirish va bu tizim g’oyalariga amal qilishni talab etadi. 

Ijtimoiy tarbiya jarayoni shaxsning ijtimoiy fazilatlarini shakllantirish, uning 

atrof-tevarak, jamiyat, odamlar hamda o'ziga nisbatan munosabatlari doirasini 

vujudga keltirish va uni kengaytirishga qaratilgan. SHaxs ishtirok etadigan ijtimoiy 

munosabatlar tizimi qanchalik keng, xilma-xil va chuqur bo'lsa, uning ma'naviy 

dunyosi shunchalik boy bo'ladi. 

O'z tabiatiga ko'ra tarbiya jarayoni ko'p omilli harakterga ega. Ya'ni, bola 

shahsining qaror topishi oila, ta'lim muassasasi, jamoatchilik, ijtimoiy muhit, 

shuningdek, vaziyatlar xilma-xilligi, bevosita va bilvosita ta'sirlar ostida ro'y 

beradi. 


Tarbiya jarayonining natijalari odatda bir hil harakterda bo'lmaydi. Bu narsa 

o'quvchilarning psihologik (individual, tipologik), fiziologik va jismoniy 

hususiyatlari, ularning  hayotiy va ma'naviy tajribasi, shaxsiy pozitiyasiga bog’liq. 

Tarbiya jarayoni  odatda, o'z-o'zini tarbiyalash, o'z-o'zini qayta tarbiyalash, 

bolaning  atrof-muhitdagi u yoki bu hodisalar bilan salbiy aloqasi natijasida 



13 

 

vujudga keladigan munosabatlar va ularning hususiyatlarini bartaraf etish bilan 



olib boriladi. 

   O'zini o'zi tarbiyalash shaxsni o'zida ijtimoiy qadrga ega bo'lgan fazilatlarni 

hosil qilish va takomillashtirishga hamda salbiy hislatlarni bartaraf etishga 

qaratilgan ichki faoliyat sifatida ta'riflanadi. 

  O'z-o'zini qayta tarbiyalash shaxsning o'zidagi salbiy odatlar, harakteridagi 

zararli sifatlarni yo'qotish, ularni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyati 

jarayonidir. Bola hulqidagi «o’qish»lar oiladagi nosog’lom muhit, ota-onaning 

tarbiyada yo'l qo'ygan hatolari, o'qituvchi faoliyatidagi kamchiliklar asosida 

vujudga keladi.     Qayta tarbiyalash jarayonida salbiy hulqni  hosil  qilgan sabab, 

sharoit o'zgartiriladi, qayta tarbiyalashda maktab va shaxsning shaxsiy ta'sirini oila, 

shu jumladan, ota-ona  ham ma'qullashi lozim. 

Demak, qayta tarbiyalash  o'quvchining o'zigagina emas, balki uning ota-

onasiga ham qaratilishi lozim bo’ladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


14 

 


Download 381,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish