"Quyosh va yomg’ir" o’yini
O’yinning maqsadi:Bolalarni doira turli oxangiga qarab xarakatlarni bajarishga o’rgatish.
Metodik ko’rsatma: Logoped bu o’yinni doira ovozini o’zgartirib 3-4 marta takrorlaydi.
O’yinning borishi: Logoped bolalarga
-Xozir biz sizlar bilan sayrga boramiz.Yomg’ir yoq .Ob-xavo yaxshi,quyosh charaqlab turibdi. Gullar terish mumkin.Sizlar sayr qilinglar. Men doira chalaman.Doira sadosi sayrda qilish qiziqarli bo’ladi.Agar yomg’ir yog’a boshlasa,men doirani cherta boshlayman,sizlar esa doira taqillashini eshitib,uylaringizga yugurishingiz kerak. Diqqat bilan tinglang,men qachon doirani chalaman,qachon taqillata boshlayman!
Do'stlaringiz bilan baham: |