2- topshiriq. Quyida berilgan matnni joriy yozuvga tabdil qiling. زەرەڧشان


XX ASRNING 20-30-YILLARIDAGI YOZUV ISLOHOTI



Download 78,5 Kb.
bet4/4
Sana30.12.2021
Hajmi78,5 Kb.
#89852
1   2   3   4
Bog'liq
4-TOPSHIRIQ. ABJAD HISOBI. ISLOH QILINGAN YOZUV.

XX ASRNING 20-30-YILLARIDAGI YOZUV ISLOHOTI

Asrlar davomida qo‘llanib kelgan arab alifbosi xalq ommasining savod chiqarishi uchun birmuncha qiyinchilik tug‘dirardi. Shuning uchun ham o‘zbek ziyolilari oldida alifboni soddalashtirish yoki boshqa osonroq imloni qabul qilish masalasi ko‘ndalang turardi.

1921-yilda arab yozuvi isloh qilindi, ya’ni yozuv oldingisiga nibatan birmuncha soddalashtirildi. Osonroq savod chiqarish uchun muayyan darajada qulaylik yaratildi.

Isloh talabiga muvofiq, yozuvda barcha harflar ifodalandi, arab tiliga xos bo‘lgan tovushlarni ifodalovchi ayrim harflar ( ظ ط ص ض ذ ث) yozuvdan butunlay chiqarib tashlandi. Ular o‘rniga esa talaffuzi jihatidan o‘zbek tilidagi tovushlarga yaqin bo‘lgan harflar qo‘llaniladigan bo‘ldi. Eski yozuvdagi ص (sod), ض(se) harflari o‘rniga isloh qilingan alifboda (sin) harfi, ظ(zo), ض (zod), ذ(zol) harflari o‘rniga ز(ze), ط (to) harfi o‘rniga ت(te) ishlatila boshlandi. Masalan:



Isloh qilingan yozuvda

Eski yozuvda

Hozirgi ko‘rinishi

سابیت

ثابت

Sobit

سابیر

صابر

Sobir

زاکیر

ذاکر

Zokir

زەربه

ضربه

zarba

زالیم

ظالم

zolim

تاقەت

طاقت

toqat

Ma’lumki, eski yozuvda qisqa unlilar yozuvda ifodalanmas edi. Isloh qilingan arab alifbosida esa ular yozuvda to‘la aks etadigan bo‘ldi. Hatto ular uchun maxsus harfiy belgilar ham ishlab chiqildi.

Isloh qilingan yozuvda

Eski yozuvda

Hozirgi ko‘rinishi

ئه

ا

a

ئا

آ

o

ئۇ

او

u

ئو

او

o‘

ﺌﯿ

ای

i

ﺌﯦ

ای

e

ﻋﻪ

َ

‘a

Misollar:

Isloh qilingan yozuvda

Eski yozuvda

Hozirgi ko‘rinishi

ئه نده

اندا

anda

ئاباد

اباد

obod

ئۇچون

اوچون

uchun

ئوته ر

اوتار

o‘tar

ئیش

ایش

ish

ﺌﯦتیک

ایتیک

etik

ﻋﻪسر

عصر

asr

Eski yozuvda و (vov) harfi uch xil tovushni, ya’ni v, o‘ va u ni ifodalab kelar edi. Isloh qilingan yozuvda esa ular bir-biridan farqlanib turuvchi harfiy belgilar bilan yoziladigan bo‘ldi. Hatto v undoshi uchun maxsus belgi qabul qilindi. Masalan:

Isloh qilingan yozuvda

Eski yozuvda

Hozirgi ko‘rinishi

ئه ۋه ز

عوض

Avaz

ۋه ته ن

وطن

vatan

Eski yozuvdagi ی (yo) harfi isloh qilingan yozuvda uch xil ifodalanadi:

Isloh qilingan yozuvda

Eski yozuvda

Hozirgi ko‘rinishi

بیلیم

بیلیم

bilim

تيل

تیل

til

باﻱ

بای

boy

كيل

كيل

kel

Eski yozuvdagi نگ (ng) yoki ینگ (ing) tovushli birikmalari isloh qilingan alifboda yoki ک harfiga muvofiq kelgan, masalan:

Isloh qilingan yozuvda

Eski yozuvda

Hozirgi ko‘rinishi

تاڭ

تانگ

tong

یؤریڭ

یورینگ

yuring

سوونڭ

سونينگ

suvning

ئۇينڭ

اوينينگ

uying

Download 78,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish