2- TOPSHIRIQ
Bilish mavzusiga Klaster tuzish
Nazorat savollatiha javob yozish
Ontologiya qandayta’limot?
- Ontologiya (yun. ontos — borliq va ... logiya) — falsafa boʻlimi, borliq haqidagi taʼlimot. Borliqning umumiy asoslari, prinsiplari, uning shakllari va qonuniyatlarini tekshiradi. "Ontologiya" terminini nemis faylasufi R. Goklenius fanga 1513-yil kiritgan, X. Volf (1679—1754) oʻz dareligida qoʻllagan boʻlsada, dastlab yunon faylasuflari uning turli talqinlarini bayon etganlar
2. Borliq tushunchasi nimani ifodalaydi?
- Borliq — obyektiv mavjud reallikni ifodalovchi falsafiy tushuncha. U moddiypredmet olamidangina iborat emas. Borliq turli darajada namoyon boʻladi: organik va noorganik tabiat, biosfera, ijtimoiy borliq, obyektivideal borliq (madaniy qadriyatlar, ilmiy bilimning umumiy prinsiplari, tushunchalari va h.k.), inson turmushi. Borliq falsafa tarixida turlicha talqin qilingan.
3.Borliqning kanday turlarinibilasiz?
- Real va hayoliy.
4.Materiya tushunchasi to’g’risida nimalarni bilasiz?
- Materiya (lot. materia — modda) — borliqning moddiy shaklini ifodalovchi umumiy tushuncha. Olamda "umuman odam" boʻlmaganidek "umuman M." ham boʻlmaydi, balki M.ning aniq, koʻrinishlari uchraydi. Shu tarzda fikr yuritgan faylasuflar barcha moddiy obʼyektlarga xos xususiyatlarni umumlashtirib ifodalash uchun M. tushunchasini qoʻllashgan. M. tushunchasini moddiy olamning substrati (asosi) sifatida Platon va Aristotel ishlab chiqqan, shu bilan birga M. sof potensiya (yashirin imkoniyat) deb tushunilgan.
5.Harakat va uning asosiy shakllari to’g’risida so’zlab bering
- Harakat — borliqning ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (qarang Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi. Olamdagi har qanday jarayon H. tufayli sodir boʻladi. Har qanday oʻzgarish — H.dir. Oʻzgarishlar faqat moddiy obʼyektlarga emas, balki maʼnaviy, gʻoyaviy obʼyektlarga ham xosdir. Har qanday (moddiy yoki gʻoyaviy) obʼyektning mavjudligi undagi H. va oʻzgarishlar tufayli namoyon boʻladi. Shu sababli H. borliqning asosiy mavjudlik shaklidir. Falsafiy adabiyotlarda moddiy borliqning quyidagi H. shakllari ajratib koʻrsatiladi: 1) mexanik 2) fizik H. 3) kimyoviy H 4) biologik H. 5) ijtimoiy H.
6.Fazo va vaqt nima?
-
Do'stlaringiz bilan baham: |