2- mavzu: Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari Mashg‘ulotning maqsadi



Download 152,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana05.01.2022
Hajmi152,18 Kb.
#317587
1   2   3   4   5   6
pedologiya

 nomini 


olgan maxsus soha ham uddalay olmasligi ma’lum bo‘ldi 

Kuzatish  (psixologiyada)  —  voqelikdagi  narsa  va  hodisalarni  rejali,  uzluksiz,  batartib, 

mukammal idrok qilish; voqelikni hissiy bilish uslubi. Kuzatish Aristotel zamonidan hozirgi 

davrgacha  kuzatuvchilarning  asosiy  tadqiqot  vositalaridan  biri  sanaladi.  U  hissiy  bilishning 

omillari,  xususiyatlari,  qonuniyatlari  toʻgʻrisida  dastlabki  tasavvurlar  hosil  qilishga 

qaratilgan  inson  faoliyati  shaklidir.  Kuzatishning  qay  darajada  boʻlishi  qoʻyilgan 

maqsadning  aniqligiga,  kuzatilayotgan  narsa  va  voqealar  haqida  oldindan  bilimga  ega 

boʻlishga, kuchli, barqaror diqqat bilan faol fikrlashga va h.Kuzatish ga bogʻliq. Kuzatishda 

idrok va tafakkur uzviy bogʻlanadi. 

Kuzatishda  tegishli  xulosalar  chiqariladi,  fakt,  voqealar  nazariy  tahlil  etiladi,  farazlar  olgʻa 

suriladi. Kuzatishning obʼyektiv (tashqi kuzatish) va subʼyektiv (ichki, oʻzini oʻzi kuzatish ) 

turlari mavjud. Kuzatish 

orqali odamlarning diqqati

, his-tuygʻulari, imoishoralari, sezgirligi, 

xulq-atvori,  nutqi,  faoliyati,  muomala  maromi  va  boshqa  oʻrganiladi.  Oʻzini-oʻzi  kuzatish 

(introspeksiya)dan  foidalangan  psixolog  oʻzining  xulqi,  muomalasi  toʻgʻrisida  ilmiy, 

haqqoniy xulosa chiqara biladi. 

Vyursburg psixologiya maktabi (Germaniya) namoyandalari kuzatish Byuler (1879— 1922), 

A.  Messer  (1867-1937),  O.  Kyulpe  (1862—1915)  psixologik  tajribalarni  dastavval  oʻzini-

oʻzi kuzatish metodi yordamida oʻzlari ustida oʻtkazganlar. 

Kuzatish  voqelik  sodir  boʻlishini,  atrof  muhitni,  inson  shaxsini  muayyan  qismlarga, 

yoʻnalishlarga fikran ajratish; 

Kuzatishning koʻlami, xususiyati va oʻziga xosligini aniqyaash; 

barcha holat

, alomat, tashqi 

koʻrinishning oʻziga xosligini qayd qilish; 

toʻplangan materiallarni matematik statistik hisoblash yoʻli bilan amalga oshiriladi. 

Kuzatishning  sistemali,  epizodli,  dala  sharoitli,  laboratoriyaviy,  tabiiy,  davriy  (bir  martali) 

koʻrinishlari, 

shuningdek

,  turli  vositalari  va  shakllari  mavjud.  Kuzatishda  R.  Beylzaning 

interaksiya (oʻzaro taʼsir) uslubini (bahs, munozara chogʻida oʻzaro taʼsir imkonini aniqlash 

maqsadida) qoʻllash ijobiy natijalar beradi. 



Savolnomali  psixodiagnostik  metodlar  maxsus  standart  bo‘yicha  tanlab  olingan  savollarga 

yozma   og‘zaki  javoblarni  tahlil  qilishdir.  Ushbu  metodning  bir  necha  turi  mavjud:  anketa, 

savolnoma, intervYu. Sinaluvchi savollarga javob berishidan tashqari, o‘zi haqida ma'lumot 

berishi anketa metodi deb aytiladi. 

Sinaluvchiga beriladigan savollar majmuasi savolnoma metodi deyiladi. Bu savollar ochiq va 

yopiq usulda bo‘ladi. 

Standartlashtirilgan  javoblarga,  sinaluvchi  o‘ziga  mos  javobni  berishi  yopiq  savollar 

deyiladi. Masalan: «ha», «yo‘q», «bilmayman», «roziman, rozi emasman», «aytish qiyin». 

Sinaluvchi  mustaqil  ravishda  hohlagan  javobni  berishi  ochiq  savollar  deyiladi,  bu  javoblar 

yopiq savollardan farqli ravishda, faqat sifatiy tahlil qilinadi. 

Bundan  tashqari,  savolnomali  psixodiagnostik  metodlar  shaxs  sifatlarini  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

aks  ettiruvchi  savollar  hamda  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  yo‘naltirilmagan  savollar  usulida  bo‘lishi 

mumkin. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilgan savollarga sinaluvchi o‘zida u yoki bu psixologik 

sifatlarning  ko‘rinishlari  bor   yo‘qligi  haqida  javob  beradi.  To‘g‘ridan-to‘g‘ri 

yo‘naltirilmagan  savollar,  sinaluvchidagi  o‘rganilayotgan  xususiyatga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

yo‘naltirilmagan bo‘lib, ammo uning shaxs sifatining bu xususiyati psixologik taraqqiyotini 

o‘rganishga  qaratilgan  bo‘ladi.  Masalan,  shaxs  sifatlaridan  «xavotirlanish»ni  diagnostika 

qilish uchun savollarga murojaat qilamiz (bezovtalik, o‘ychanlik): 

Ochiq  savol:  «Kuchli  xavotirlanish  holatiga  tushib  qoladigan  hodisalar  haqida  gapirib 

bersangiz» 

Eksperimental  tadqiqot  sharoitida  yuqoridagi  belgilarning  mavjudligi  so‘zli,  predmetli  va 

psixometrik metodikalar yordamida aniqlanadi. Har bir konkret holda olingan ma'lumotlarni 

sifatiy tahlil qilish va ularni boshqa metodlardan olingan natijalar bilan bog‘lash zarur. 

Psixologik  diagnostikada  metodikalarning  ishonchliligi  muhim  hisoblanadi.  Soddaroq  qilib 

aytganda,  bu  tushuncha  «testda  olingan  natija  nechog‘lik  to‘g‘riligini  ko‘rsatadi». 

(A.Anastazi).  Har  qanday  metodikaning,  testning  ishonchliligi  o‘rganilayotgan  psixologik 

xususiyatlarning  ularda  aks  etishi  nuqtai  nazaridan  to‘g‘ri  qo‘llanishini  xarakterlaydigan 

ma'lumotlar majmui sifatida qaralmog‘i kerak (L.F.Burlachuk, S.M.Moroz, 1989). 

Shunday  qilib,  maqsadga  muvofiq  tanlangan  metodika  va  testlar  psixik  faoliyat 

ko‘rinishlarini to‘liq va har tomonlama o‘rganish imkonini beradi. 

Bolalar  ustida  psixologik  tadqiqotlar  o‘tkazish  tajribasi  shundan  dalolat  beradiki, 

qo‘llanilayotgan  psixodiagnostika  metodikalarini  shartli  ravishda  u  yoki  bu  psixik 

jarayonlarni  o‘rganish  metodikalariga  ajratish  mumkin.  (L.I.Poperechnaya  1978; 

L.A.Venger, V.V.Xolmovskaya 1978; Z.I.Kalmikova, 1982; V.M.Bleyxer, I.V.Kruk, 1986). 

Masalan, bola xotirasi haqida faqat bir metod asosida xulosa chiqarish mumkin emas, buning 

uchun  metodikalar  majmuini  qo‘llash  kerak.  Shu  bilan  bir  vaqtda,  har  bir  eksperimental 

metodika  o‘zining  asosiy  yo‘nalishidan  tashqari  (ya'ni  shaxsning  ma'lum  xususiyatini 

o‘rganishdan tashqari) psixikaning boshqa xususiyatlarining holati haqida ba'zi ma'lumotlar 

beradi. Masalan: bolaga berilgan 10 ta so‘zni qanday yodlashiga qarab, faqat uning xotirasi 

haqidagina  emas,  balki  ixtiyoriy  diqqati,  harakatlarining  maqsadga  yo‘naltirilganligi, 

ularning sabablari haqida ham bilsa bo‘ladi. 

 

 



Download 152,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish