2- mavzu: Tarmoq himoyasini tashkil etish. Reja



Download 57,48 Kb.
bet25/28
Sana29.09.2021
Hajmi57,48 Kb.
#189304
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
2- mavzu Termoq himoyasini tashkil etish qo'shimcha

Тarmoqlararo ekran — bu tizim, umumiy tarmoqni ikki qismga ajratib, tarmoqlararo himoya vazifasini o‘taydi va ma’lumotlar paketining chegaradan o‘tish shartlarini amalga oshiradigan qoidalar to‘plami hisoblanadi. Odatda tarmoqlararo ekran ichki tarmoqlarni global tarmoqlardan, ya’ni Internetdan himoya qiladi. Shuni aytish kerakki, tarmoqlararo ekran nafaqat Internetdan, balki korporativ tarmoqlardan ham himoya qilish qobiliyatiga egadir. Har qanday tarmoqlararo ekran ichki tarmoqlarni to‘liq himoya qila oladi deb bo‘lmaydi. Internet xizmati va hamma protokollarning amaliy jihatdan axborotlarga nisbatan himoyasining to‘liq bo‘lmaganligi muammosi bor. Bu muammolar kelib chiqishining asosiy sababi Internetning UNIХ operatsion tizim bilan bog‘liqligida. ТCP/IP (Transmission Control Protocol/Internet Protocol) Internetning global tarmog‘ida kommunikatsiyani ta’minlaydi va tarmoqlarda ommaviy ravishda qo‘llaniladi, lekin ular ham himoyani yetarlicha ta’minlay olmaydi, chunki ТCP/IP paketining boshida xaker hujumi uchun qulay ma’lumot ko‘rsatiladi.

Internetda elektron pochtani jo‘natishni oddiy protokol — pochta transport xizmati amalga oshiradi (SMТP — Simple Mail Transfer Protocol). Bu protokolda mavjud bo‘lgan himoyalashning muhim muammolaridan biri — foydalanuvchi jo‘natuvchining manzilini ko‘ra olmasligidir. Bundan foydalanib xaker katta miqdorda pochta xabarlarini jo‘natishi mumkin, bu esa ishchi pochta serverni haddan tashqari band bo‘lishiga olib keladi. Internetda ommaviy tus olgan dastur bu Sendmail elektron pochtasidir. Sendmail tomonidan jo‘natilgan xabardan bosqinchi xaker axborot shaklida foydalanishi mumkin. Тarmoq nomlari xizmati (Domain Name System - DNS) foydalanuvchilar nomi va xost-kompyuterning IP — manzilini ko‘rsatadi. DNS kompaniyaning tarmoq tuzilishi haqida ma’lumotlarni saqlaydi. DNS-ning muammolaridan biri shundaki, bundagi ma’lumotlar bazasini mualliflashtirilmagan foydalanuvchilardan yashirish ancha qiyin. Buning natijasida, xakerlar DNS ni ko‘pincha xost-kompyuterlarning ishonchli nomlari haqida ma’lumotlar manbasidan foydalanish uchun ishlatishi mumkin. Uzoq terminallar emulyatsiyasi xizmati uzoq tizimlarni bir-biriga ulash uchun xizmat qiladi. Bu serverdan foydalanuvchilar ТELNEТ serveridan ro‘yxatdan o‘tish va o‘z nomi va parolini olishi lozim. ТELNEТ serveriga ulangan xaker dasturni shunday o‘rnatishi mumkinki, buning natijasida u foydalanuvchining nomi va parolini yozib olish imkoniga ega bo‘ladi. World Wide Web — WWW bu tizim Internet yoki intratarmoqlardagi har xil serverlar ichidagi ma’lumotlarni ko‘rish uchun xizmat qiladi. WWWning asosiy xossalaridan biri — tarmoqlararo ekran orqali aniq protokol va manzillarni filtrlash zarurligini tarmoqning himoyalash siyosati qarori bilan hal etilishidir. Har qanday tashkilotning tarmoq xavfsizligi siyosati ikki qismdan iborat bo‘ladi: tarmoq servislaridan foydalanish; tarmoqlararo ekranni qo‘llash.




Download 57,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish