Tarmoq xavfsizligi imkoniyatlaridan foydalanish. Siz tarmoqda ishlata oladigan bir nechta mustahkamlash usullari mavjud. Ulardan ba’zi usullar maxsus tarmoq uskunalaridan foydalanishni talab etadi, boshqalari esa o‘z ichiga dasturiy ta’minotni oladi. Tarmoqni mustahkamlash usullarining eng oddiylari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. tarmoqning ma’lum qismlariga kim kirganini nazorat qilish uchun tarmoqni kommutator va marshrutizator asosida loyihalash;
2. tarmoq fayrvollari va opersion tizim fayrvollaridan foydalanish;
3. xavfsizroq simli tarmoqlarni loyihalashda yulduzsimon tarmoq topologiyasidan foydalanish;
4. tarmoqdagi faollikni muntazam nazorat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |