Bevosita o‘lchash – kattalikning izlanayotgan qiymati bevosita o‘lchash
vositasidan olinadigan (aniqlanadigan) o‘lchash. Bevosita o‘lchashlarga misol
sifatida oddiy simobli termometr yordamida haroratni yoki chizgʻich (lineyka)
yordamida detal o‘lchamlarini o‘lchashni keltirish mumkin.
Bilvosita o‘lchash – izlanayotgan kattalik bilan funksional bogʻlangan boshqa
kattaliklarni bevosita o‘lchash natijalari asosida kattalikning izlanayotgan qiymatini
aniqlash. Bilvosita o‘lchash tezlikni o‘lchash yoki jism zichligini aniqlash
maqsadida amalga oshiriladigan o‘lchashlarni misol keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |