2- Mavzu: Falsafani taraqqiyot bosqichlari
Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi.
Qadimgi Yunon-Rim falsafiy maktabi. Ilk o‘rta asr Sharq falsafasi va uyg‘onish
davri. Sharq panteizmi va peripatetizmi Sharq Xristianlik va Avreliy Avgustin
falsafiy ta’limotining vujudga kelishi. Ilk o‘rta asr G‘arb falsafasi rivojlanishining
umumiy belgilari. G‘arb Uyg‘onish davri va falsafiy tafakkurning rivojlanish
xususiyatlari. Yangi va eng yangi davr falsafasining ustuvor yo‘nalishlari. XIX asr
oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilg‘or falsafiy, ijtimoiy–siѐsiy
fikrlar. XX-XXI asr G‘arb falsafasining oqimlari. XX-XXI asr o‘zbek falsafasi.
Reja:
1. Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo
bo`lishi.
2. Islom falsafasi. O‘rta asr uyg‘onish davri (Sharq falsafasi).
3. Nemis klassik falsafasi
4. XlXacp oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilgor falsafiy,
ijtimoiy-siyosiy fikrlar.
5. XX asrda shakllangan falsafiy ta’limotlar
Tayanch tushunchalar:
Қaдимги Шарқ фалсафаси, даосизм, Конфуций таълимоти, Веда, Авесто, Зардўшт,
Ислом фалсафасu, Шарқ фалсафаси, Абу Наср Форобий, Ибн Сино, Беруний, сўфизм,
философема, шариат, тариқат, apologetika, patristika, sxolastika, ratsionalizm, ratsionalizm,
nominalizm, realizm, metafizika, idealizm, materializm, utilitarizm, psixoanaliz, pozitivizm,
verifikatsiya, pragmatizm, ekzistensializm, neotomizm, fenomenologiya, pragmatizm,
мустакиллик, узбек фалсафаси, миллий фалсафа, Узбекистон Фалсафа жамияти.
Falsafiy g’oyalar muayyan ijtimoiy sharoitlar ta`sirida, ma`lum tarixiy-
madaniy manbalar asosida shakllanadi.
Ibtidoiy hayotning murakkablashishi va kishilarning ijtimoiy amaliyotining
kengayishi ularni abstrakt fikrlashini rivojlantiradi, shu bilan birga ilmiy bilimni
shakllantiradi.
Falsafa predmetlarga kundalik amaliy va olamga tabiiy-ilmiy yondoshishdan
farq qilgan, o`ziga xos yondoshishga ega. Qadimdan faylasuflar borliq nima? Bor
bulishning o`zi nima? degan muammoni hal qilib kelganlar. Falsafaning bu o’ziga
xos xususiyati qachon va nima uchun falsafa kelib chiqqan degan savolga bir
muncha javob berishga yordam beradi.
Ijtimoiy hayot va ijtimoiy ongda odatda, mifologiya yordamida hal qilib
bo`lmaydigan ishontirish mumkin bo`lmagan jiddiy ziddiyat va konfiliktlar
vujudga keladi. Bu o`rinda shakllangan fikr bilan xaqiqatan qanday ekanligi
haqidagi bilimni farqlash extiyoji tug’iladi. Bu fikrlash falsafa bilan vujudga
keladi.
Falsafa avval boshdan kundalik ongni, urf-odatni, an’anaviy qadriyatlarni va
axloq normalarini tanqid qiladi. Faylasuf hamma narsaga shubxa bilan qaraydi,
buni u shu an’analarni kelib chiqish ildizini topish uchun qiladi. Shundan uning
bor bulishning o’zi nima?, borliq nima? degan savolining mazmuni kelib chiqadi.
Falsafaning vujudga kelishida qanday ijtimoiy vaziyat, madaniyatdagi qanday
siljinishlar ta’sir qiladi? degan savollar tug’ilishi tabiiydir. Qadimgi Gretsiyada
falsafa inson xayotining ma’nosi, uning odatdagi tuzim i va tartibi xavf ostida
qolgan vaqtda shakllanadi. Falsafaning u yoki bu davrda shakllanishigina emas
balki taraqqiyoti xam chuqur ijtimoiy krizislar inqirozlar bilan boglik bo’lib, inson
qiynalganda, eskicha yashay olmay qolganda, eski qadriyatlar uz axamiyatini
yuqotib endi nima qilish kerak? degan savol tug’iladi . Dastlabki quldorlik
davrining odatdagi mifologik-afsonaviy tasavvurlari yangi dunyoqarashning
talablariga javob bera olmaydi. Shunday qilib falsafa odatdagi xayot tarzi va
odatdagi qadriyatlarning krizis momentida vujudga keladi. Bir tomondan u urf-
odatlarni tanqid qilsa boshqa tomondan yangi binoni qurish uchun poydevor, yangi
madaniyat tipini topishga xarakat qiladi. Shuning uchun falsafada nazariy va
dunyoqarash muammolari uzviy bog’liqdir.
Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining beshiklaridan bo`lgan Misr Bobilda
eramizdan avvalgi to`rt ming yillikning oxiri va uch ming yillikning boshlarida
dastlabki diniy – falsafiy fikrlar olam haqidagi fanlar, ya’ni astronomiya,
kosmologiya, matematika, mifologiyaga oid qarashlar bir muncha rivoj topgan.
Bu yerda shakllangan falsafaning eng asosiy xususiyati shundan iboratki,
ularda, bir tomondan xudolarga ishonch, iloxiy kuchlarning tabiat va jamiyatga
ko`rsatadigan ta`sirini mutloqlashtirish xususiyati ustivor bo`lgan bo`lsa, ikkinchi
tomondan afsona va rivoyatlar tarzida bo`lsada, dunyoviy bilimlar, ilmiy qarashlar
xam asta-sekin shakllana boshlagan. Bu – usha davrlardan qolgan yozma
manbalarda, xususan, «Xujayinning o`z quli bilan xayotning mazmuni haqida
suxbati», «Arfisit qushigi», «O’z xayotidan xafsalasi pir bo`lgan kishining o’z joni
bilan suxbati» kabi bitiklarda yakkol namoyon bo’lgan.
Bizning eramizgacha bo’lgan 1 ming yillikning o’rtalarida insoniyat tarixining
taraqqiyotida qadimgi madaniyatning uch uchog’ida Hindiston, Xitoy, Gretsiyada
deyarli bir vaqtning o’zida falsafa vujudga keldi. Uning tugilishi olamni mifologik
tushunishdan bilimga tayanadigan dunyoqarashga o`tishdek uzoq jarayonni
boshidan kechirdi.
Hindiston bashariyat tarixida qariyb birinchi tsivilizatsiya beshigi xisoblanib,
uning falsafasi o’zining qadimiy va boy tarixiga ega. Qadimgi Hind falsafasini
o’rganishda «Ramayana», «Maxobxarot», «Kalila va Dimna» kabi mashxur asarlar
ilk manbalar bo’lib xizmat qiladi. Hind madaniyati va falsafasining ana shu
bebaxo yodgorliklarining xar birida aql-idrok, adolat, insof-diyonat, xalollik,
poklik, mexnatsevarlik, milliy totuvlik, tug’ri suzlilik tug’risida va yomon
illatlarga qarshi kurashish zarurligi haqida juda muxim falsafiy g’oyalar xikmatlar,
rivoyatlar, maqollar bayon etilgan.
Falsafiy qarashlarning ko`rtaklari hind madaniyati eng qadimgi yozma
yodgorliklari «Vedalar» da («Ved» lar – xudolar, tabiatning iloxiy kuchlariga
qaratilib aytiladigan gimnlar, duolar tuplami) uchraydi. «Veda» kitobi Rigveda,
Samaveda, Yashurveda va Atxarda deb ataladigan 4 katta bulimdan iborat.
Ularda borliqning bosh manbai moddiy ibtidosi deb xisoblangan suv, olov,
xavo, yoruglik, tuproq hamda oziq-ovqat, fazo va vaqt haqidagi, shuningdek
olamning tuzilishi va uni boshqaruvchi qonunlar, inson bilimining manbalari va
turlari insonning ijtimoiy majburiyatlari kabi qator falsafiy masalalar yoritilgan.
Unda takidlanishicha, tana jonning qobigi bo`lib, jon esa dunyoviy ruxning bir
bulagidir.
Hind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashxur bo`lgan
manbalarda xam o’z aksini topgan. «Upanishadalar» sirli bilim degan ma`noni
anglatib «Veda» larning falsafiy qismini tashkil etadi. «Upanishadalar» yaxlit kitob
yoki falsafiy risola bo’lmay, balki turli vaqtda turli mavzuda ijod etgan noma`lum
mualliflarning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi xar xil va
turlicha falsafiy qarashlar maxq, uning xayotdagi o’rni va vazifasi, tashqi olam va
inson tabiati, uning xayoti va ruxiyatining moxiyati, bilish imkoniyatining
chegaralari, axloq me’yorlari haqidadir. Falsafiy muammolar asosan diniy,
mifologik nuqtai nazardan bayon etilgan.
Eramizgacha bo`lgan 8-7 asrlarda Hindistonda Lokayati (bu dunyo (loka) ni
tan oluvchi) falsafiy ta’limot shakllana boshladi. Bu ta`limotning asosi Brixaspati
va uning izdoshlari vedalarda bayon etilgan diniy qarashlarning tanqid qilib,
yerdan boshqa tarzdagi xayotning bo`lishi mumkin emas, degan fikrni ilgari fikrni
ilgari surdilar.
Lokayataning eng rivojlangan oqimi Chorvaklar (er.av. 6-asr) ta’limotidir.
Ularning fikricha dunyo 4 elementdan tuproq, xavo, suv va olovdan tashkil topgan
bo’lib, barcha narsa va hodisalar shu 4 elementning turli birikmasidan iboratdir.
Ular dunyoni bilish mumkin va bu bilishning manbai idrokdir, deb, bilimda
xissiyotning rolini bo’rtirib yuborganlar, xulosalar yolg’on bo’lishi mumkin deb
xisoblaganlar.
Xitoydagi dastlabki falsafiy ta`limotlarda dunyo abadiy va 5 unsur – olov,
suv, yer, daraxt va metallardan tashkil topgan, deb uqtiriladi.
Eramizdan oldingi 7-6 Xitoy mutaffakirlarining fikricha tabiat hodisalar
degan moddiy zarralardan tarkib topgan dao- degan ob’ektiv tabiiy qonuniyatga
buy sunadi. Xitoyliklarning tabiat hodisalari qonuniyatli asosda taraqqiy qiladi,
degan tasavvurlari, Dunyo moddiydir, degan ta’limotga bog’liqdir. Dao haqidagi
ta’limot falsafadagi qonun tushunchasini xosil qilishdagi dastlabki urinishdir.
«Daosizm» so`zini uzi «Dao» so`zidan kelib chiqqan bo’lib, «yul»,
«taraqqiyot», «dunyo negizi» degan ma’noni bildiradi. Daosizmning asoschisi Lao
– tszi bo’lib, u dunyoda abadiy xarakat va qarama-qarshiliklarning bir-biriga
bog’likligi amal qiladi, tabiat hodisalari o’z-o’ziga zid xolatga aylanib rivojlanadi,
degan fikr yuritiladi. Tahkidlanishicha, go`zallik va yomonlik, borliq va yukliq,
uzun bilan kisqalik bir-birini tuldiradi., birin-ketin keladi, bir-biriga bog`liq
bo’ladi, tabiatdagi barcha mavjudot, barcha hodisalar qarama-qarshiliklarni o’z
ichiga oladi.
Daosizmning vakillari bilishdagi xissiy va mantiqiy jixatlarning mavjudligi
masalasini o’rtaga quyib, bilishda xissiyot va amaliyotning ahamiyatini kamsitib,
aqlni bo’rttirib yuborganlar.
Eramizdan oldingi 5-3 asrlarda Xitoyda Konfutsiychilik kabi falsafiy oqim
xam bo’lgan. Bu oqimning asoschisi Xitoy mutafakkiri Konfutsiy bo’lgan.
(er.oldingi 551-479 yillarda yashagan). Konfutsiy insonparvarlik g’oyalarini
qadimgi Xitoyda birinchi bo’lib olg’a surdi. Konfutsiy o’zining falsafiy
qarashlarida tarbiya masalalariga katta e’tibor qaratgan. Odamlar o z
tabiatiga
ko’ra bir-birlariga o’hshaydilar, faqat tarbiyaga ko’ra ular bir-birlaridan
farqlanadilar, deydi u. Konfutsiy fikricha insonlar o’rtasida o’zaro muhabbat,
xurmat tamoillari xukmron bo’lishi kerak.
Markaziy Osiyo jahonning ilm fan, falsafa, din, adabiyot va sanhat qadimdan
rivojlangan, tarixi nihoyatda boy mintaqalardan iborat.
Miloddan ilgari 10-8 asrlarda O`rta Osiyoda quldorlik munosabatlari ravnaq
topdi. Shu davrda O`rta Osiyoda yashagan xalqlar Yunon tarixchilari tomonidan
skiflar deb atalsa Eron manbalarida saklar deb nomlaganlar.
Qadimgi O`rta Osiyo xalqlari xayotida dexqonchilik va chorvachilik muxim
axamiyat kasb etgan. Bu xududda dexkonchilik sunhiy sugorishga asoslangan
bo`lib, u sugorish inshoatlarining rivojlanishiga olib kelgan. SHunday qilib
dastlabki madaniy markazlar vujudga kela boshlaydi. Mana shu davrda O`rta
Osiyoda oramiylar alifbosi keng tarkalgan. Uning asosida esa Xorazmliklar,
Sugdiyonaliklar alifbosi vujudga keladi. SHu bilan birga O`rta Osiyo xalqlarining
boy abadiy merosi paydo bulla boshlaydi. Saklar ogzaki ijodining eng dastlabki
yodgorliklari kelib chiqadi. Masalan, Tumaris, Spitamen va Zarin, CHupon,
SHirok haqidagi afsonalar shular jumlasidandir. Ularda O`rta Osiyo xalqlarining
vatanparvarlik xislatlari madx etiladi.
Miloddan avv. 6-asrdan to milodning 3-asrigacha O`rta Osiyoda Zardushtiylik
va u bilan boglik dunyoqarash xukmronlik qilgan.
Zardushtiylik fakat din bo`lib kolmay, balki usha davrning xukmron
mafkurasi xam edi.
Zardushtiylikni muqaddas kitobi Avesto materiyali (12000 shlangan kora mol
terisiga yozilgan) miloddan ilgari bir kancha asrlar davomida tuplangan. Iskandar
Zulkaynarning boskinchilik davrida uning kup qismi yukolgan. Arshakidlar
davrida uning kolgan qismi Avesto sifatida tartibga solingan.
Unda O`rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iktisodiy, xukukiy, axloqiy qarashlari
vaumuman dunyoqarashi uz ifodasini topgan.
«Avesto» da o`tmish ajdodlarimizning diniy tasavvurlari, koinot va yerdagi
dunyoning yaratilishi bilan boglik afsona va rivoyatlar, ijtimoiy-miyosiy, iktisodiy
xayoti geografiyasi, tabiati, inobototi, ilm-fani uz aksini topgan. Unda qadimgi
Turon ulkasining iklimi, suvi, xayvonot dunyosi, yer tuzilishi, saxrolari, toglari
xakida kimmatli ma`lumotlar berilgan.
Garazguylik, xasad, manmanlik, fitna fasad «Avesto» da kattik koralansa,
vahdaga vafo qilish, axdga sadokat, samimiyat, xolislik, o`zaro izzat – ikrom kabi
odamlar o`rtasida ustuvor buladigan axloqiy koidalar uluglanadi. «Avesto»
dunyoni inson uchun sinov maydoni deb tushuntiradi.
«Avesto» da odamlarni iymonli bo`lishga, doimo pok-toza yurishga, tanani
ozoda to`tishga, xar qanday yomon niyat va suzlardan yuz ugirishga dahvat
etadigan axloqiy qoidalar diniy ugitlar, falsafiy g`oyalar nihoyatda ko
`p.
«Avesto» da qayd etilgan eng muxim falsafiy fikrlardan biri – insonlarni
mexnat qilishga, o`z qo`llari bilan moddiy boyliklar yaratib tuk farovon xayot
kechirishga dahvat etilganligidadir.
Zardushtiylik dini va uning «Avesto» kitobida dunyoning moddiy asosi deb
xisoblagan yer, tuprok, xavo muqaddaslashtiriladi. Yer va xavo shunday
ehzozlanganki, xavoni bulgash ifloslashtirish, xayvonlar uligi u yokda tursin,
odamlar jasadini xam yerga kumish, suvga okizish, olovda yokish gunoxi azim
bo`lgan. Marxumlar yerni, suvni, xavoni zaxarlab kuymasliklari uchun ularning
jasadlarini maxsus sopol idishlarda kumish rasm bo`lgan.
Shunday qilib, «Avesto» dunyoda eng qadimgi din bo`lgan Zardushtiylikning
muqaddas kitobi bo`lishi bilan birga, ajdodlarimizning uzok o`tmish tarixi va
tafakkur taraqqiyotining komusiy yigindisi, tili, yozuvi, madaniyati, falsafasi
adabiy-badiiy manbai xamdir.
Shakllangan va rivoj topgan qadimgi Sharq jamiyati asoslari milodning 2-3 –
asrlariga kelib asta-sekin yemirila boshlaydi. Uning zaminida feodal munosabatlar
rivoj topadi. Bu jarayonning murakkab va ziddiyatli kechishi usha davrdagi
falsafiy qarashlarda xam aks etadi. Shuning okibatida zardushtiylikdan yangi
okim-moniychilik kelib chiqadi. Bu ta`limotning asoschisi Moniy degan kishi
bo`lib, uning ta`limoticha, olamda nur dunyosini – yaxshiik va zulmat dunyosi –
yovuzlik mavjud. Ular o`rtasida abadiy kurash boradi. Lekin pirovard natijada
yaxshilik tantana qilishi, inson uz xulki va butun xayoti bilan yoruglikning zulmat
bilan kurashiga yordam berishi va yaxshilikning tantanasi uchun xizmat qilishi
kerak. Moniy ta`limoti quldorlik davlatiga, shuningdek, xukmron dinga qarshi
karatilganligi uchun uning tarafdorlari kattik kuvginga duchor buldilar.
5-6 – asrga kelib O`rta Osiyo va Eronda kuchayib borayotgan zulmga qarshi
Mazdak boshchiligida xalq kuzgoloni kutarildi. Mazdak ta`limoti dexkonlar,
ularning xukuklarini ximoya etib, tenglik, adolat urnatishga xizmat kildi.
Tarixdan ma`lumki 5-6 – asrlarda shimolda Turk xokonligi vujudga kelib, u
Erondagi Sosoniylar bilan uzok kurash olib bordi va O`rta Osiyo xalqlarini o`ziga
karatdi.
Bu yerda qadimgi turk tili tarkala boshladi. 8-asrda O`rta Osiyoni arablar zabt
etib, bu yerga islom dinini yoydilar. Maxalliy xalq ommasi arab boskinchilariga
qarshi uzok vakt davomida kurash olib bordi.
2. 9-10 – asrlarda O`rta Osiyoda arab bosqinchilarining xukmronligi
tugatilib xozirgi O’zbekiston xududida birlashgan Samoniylar davlati vujudga
keldi.Islom dini xukmron bo`lib kolaverdi.
8-asrda Islomda turli mazxablar paydo bulla boshlaydi. Mutakallimlar va
muhtaziylar sufizm shular jumlasidandir.
Bu davrda qarama-qarshi mazxablar bilan kurash extiyoji hamda muhtadil
islomning asoslarini ximoya qilish zaruriyati tufayli iloxiyot, kalom paydo buldi.
Kalom tarafdorlari mutakallimlar deyiladi. Kalomning asoschisi al-Ashhoriy (874-
941 y va Mansur Muxammad ibn Maxmud al-Matrudiydir.
Mutakallimlar Qur`on oyatlarini erkin taxlil etishga mutlaqo qarshi
bo`lsalar, mutazaliylar u aqidalardagi mazmunni aql yordamida mantiq kuchi bilan
anglash tarafdori edilar. Mutazaliylarning fikricha peshonaga yozilgan taqdir
borligiga ishonch Olloxning obruysiga putur yetkazadi, chunki yomon xatti-
xarakatlar xam uning irodasi maxsuli bo`lib koldi.
(«Muhtazila» - ajralib chiqqan degan ma`noni bildiradi). Ummaviylar
davridayok paydo bo`lgan va abbosiylar davrida keng tarkalgan. Mutazalizm
Xamoka Mahmun (813-830) davrida kullab-kuvvatlanib, ularning goyalarini uz
davlatining mafkurasi asosiga kuydi. Birok Xalifa Mutavakkil (847-861) davrida
uning davomchilari «bidhatchi» lar va «kofirlar» deb ehlon kilindi.
Mu`tazaliylar arab xalifaligida sof falsafiy fikrlashning tashabbuskorlari
bo`lib tanildilar. Ularning xizmatlaridan biri shundan iboratki, mu`tazaliylar
xissiy tajriba va anhanaviy bilim bilan bir katorda bilimning uchinchi mezoni –
aqliy bilishni ilgari surdilar. Mutazaliylar falsafiy masalalarni urganishga katta
ehtibor berdilar. Shu sababdan aqliy bilishni asosiy metod sifatida ilgari surdilar.
Mutaziliylik goyalari Markaziy Osiyoda keng yoyilib, ilm-fan falsafiy fikr
markazlari vujudga keldi.
Mutaziliylar ta`sirida islomda vujudi mumkin va vujudi vojib (vaxdat-ul
mevjud va vaxdat-ul vuglud) diniy-falsafiy okimlari shakllandi. Vujudi mumkin
(yoki vujudiyuk-pantium) okimi vakillari – Al-Kindi, Ibn Rushd, Farobiy, Ibn
Sino, Umar Xayyom va boshqalar mavjudotni ikkiga vujudi mumkin va vujudi
vojibga bo`lganlar. Vujudi mumkin sabab va okibat alokalariga ega bo`lib, uning
mavjudligi boshqa narsadan emas, balki uz moxiyatidan kelib chiqadi. Shu nazariy
koidadan kelib chikib, Farobiy butun mavjudotni 6 darajaga buldi. Shulardan
birinchisi vujudi vojib – Allox, kolgan beshtasi aql, glon, shakl, materiya, osmon –
vujudi mumkin. Bu darajalar bir-biri bilan sabab-okibat shaklida boglangan bo`lib,
birinchi sabab uz sababiga ega emas. Ibn Sinoning «Risola fi-taksim al mavjudot»
asarida voxdat-ul mavjud va vaxdot-ul vujudni shu tarzda tahriflaydi. Vaxdot-ul
vojib Alloxni bildiradi. Lekin u Qur’ondagidek xamma narsaning ijodkori emas,
balki sabab ya`ni umumiy mavjudotning birinchi sababi va uning bir qismi sifatida
talqin etiladi. Bunday qarash esa tabiat hodisalarini (inson tabiatini ham) mustaqil
ichki sabablari asosida tushuntirishga imkon berib, ilm-fan ravnaqiga keng yo’l
ochadi.
Mutazaliylarning diniy-falsafiy g’oyalari qushxaqiqat tug’risidagi katta
nazariy qoida shakllanishiga sabab buldi. Bunga ko’ra ilo dunyoviy (ilmiy)
xaqiqatlar bor bo’lib, iloxiy xaqiqatga faqat aloxida odamlar-payg’ambarlar aziz
avliyolar yetishishi mumkin. Dunyoviy xaqiqat esa aql yordamida, ilm-fan yo’li
bilan anglab olinadi.
Mutazaliylar bilan Mutakallimlar o’rtasidagi g’oyaviy kurashlarda Abu
Xamid Al-Gazzoliy kalomi shakllanib islom falsafasi yuzaga keldi. Bagri arab
tadqiqotchilari uni tabiat falsafasi (naturfilosofiya) ham deb atashadi. Al-Gazzoliy
avval sufiylik qarashlariga moyil bo`lsada, keyinroq ular ta`limotini tanqid qilish
asosida o’z kalomini yaratadi. Birok u o’zi istamagan xolda tasavvufni nazariy
jihatdan asoslab qo’yadi. Gazzoliy ta`limoticha, inson Allox kalomi – Qur’on
oyatlarini o’zlashtirgunga qadar iroda erkiga ega, uni uzlashtirib olgach, butun
irodasi Allox irodasi bilan uyg’unlashib ketadi. Binobarin, uning xatti-xarakatlari,
butun faoliyati Allox irodasining ifodasi bo’lib qoladi.
Ma`lumki, Sharq falsafasining yetakchi yo’nalishini inson qalbini, ruxini
poklashga, unda komil insonlik sifatlarini vujudga keltirishga, shu negizda
ijtimoiy munosabatlarni insoniylashtirishga karatilgan. Mol-dunyo, mansab-
martabalar emas, balki ma`naviy boylik, axloqiy poklik, xalollik, insof diyonatlilik
odamni insonga aylanishining muxim sharti, degan fikrlar Sharqda tasavvuf
(Sufiylik) ning shakllanishiga, keng yoyilishiga sabab buldi.
Tasavvuf murakkab diniy – falsafiy oqim bo’lib xilma-xil yo`nalishga ega.
Unda 2 ta asosiy g’oyaviy yo`nalish ko’zga yaqqol tashlanadi: bu o’tkinchi
dunyo, mol-mulk, mansabga ixlos qo’yish Alloxni unitishga, imonsizlikka olib
keladi, degan goyaga tayanganlar, tarkidunyochilik targ’ib etganlar, azruzi azaldan
peshonaga yozilgan taqdir borligiga, ishontirishga intilganlar.
Ikkinchi yo`nalish bu dunyo Allox-taolo tomonidan odamlar, ularning
insonlardek yashashi uchun yaratilgani , odam shu dunyodagi ezgu ishlari bilan u
dunyoda xudo visoliga yetish uchun og’ir, mashaqqatli poklanish yo’lida borishni
tashviq etganlar.
Tasavvufda Ollox raxmatiga yetishning, inson ma’naviy kamolot yo’lining
4 bosqichi mavjudligi tasdiq etiladi. Bular shariat, tariqat, shuningdek ma`rifat va
xaqiqatdan iborat .
Shariat
– diniy qonun-qoidalar va marosimlarni, Qur’oni karim va Hadisi
sharifdagi axloqiy, iloxiy kursatmalarni puxta o’zlashtirish, aynan, izchil suratda
bajarish, Xudoga ibodat qilishdir. Shariat xudoni idrok bilan tanishni ko’zda
tutadi. Shariat talablari, qoidalarini bajarmasdan tariqatga o’tish mumkin emas.
Tariqat
– yer yuzidagi lazzatlardan voz kechib, nafsni tiyib, xilvatda yashab,
faqat xudo haqida o’ylash, xayol surish, eslash, uni kalbdan sevishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |