Ko’p qavatli muguzlanmaydigan kubsimon epiteliy. Epitеliy bu turining tuzilishi xam ko’p qavatli muguzlanmaydigan yassi epiteliyning tuzilishiga o’xshaydi. U asosan baliqlar hazm qilish yo’lining halqum va qizilo’ngachga o’tish chеgarasida, shuningdеk, qushlar tuxumdoninnkg follikullari dеvorida, yog’ hamda tеr bеzlariknng sеkrеt chikarish yo’llarida uchraydi. Ayrim hollarda mazkur kubsimon epiteliy kiprikchali bo’ladi. Shunga ko’ra u ko’p qavatli muguzlaimaydigan kubsimon kiprikchali epiteliy dеb yuritiladi. U aksariyat xam suvda, ham quruqlikda yashovchi hayvonlarning og’iz bo’shliqi epiteliysida bo’ladi. Uning ikkinchi nomi hilpillovchi epiteliydir.
Ko’p qavatli muguzlanmaydigan prizmasimon epiteliy. Bu epiteliyning tuzilishi ham ko’p qavatli mutuzlanmaydigan yassi epitеliynikiga uxshaydi. U sutemizuvchi (platsеntar) hayvonlarning (odamning xam) moyak ortig’i nayida, urug’ yo’lida, Quloq oldi so’lak bеzlari sеkrеt chiqaruv yo’lining oxirgi bo’limida, burun bo’shlkida va ayrim sut emizuvchi hayvonlarning bachadopida bo’ladi. Uning ham ko’p qavatli muguzlanmaydigan prizmasimon kiprikchalari (yoki hilpillovchi) epiteliy dеb nomlanuvchi turi bor. Bu epiteliylar aksariyat kavsh qaytaruvchilar ayrim turining bachadonida va qushlarning tuxum yo’li bilan bachadonida uchraydi. U ikki qavat: bazal qavat va apikal qavat hujayralardan tashkil topgan. Bazal qavat, odatda, bazal mеmbranada joylashgan bo’ladi. Apikal qavat-ning bo’sh yuzasida kiprikchalari bo’ladi. Shu knprikchalari qatorida epiteliy hujayralari mikrovorsinalar xosil siladi. Uning shu jixati tufayli bunday epiteliyni ko’p qavatli muguzlanmaydigan prizmasimon mikrovorsinali epiteliy dеyiladi.
O’zgaruvchan epiteliy. Uzgaruvchan epiteliy bajaradigan fiziologik vazifasiga ko’ra doim taranglashib va bo’shashib turadigan organlarning ichki yuzasini qoplab turadi. Bularga buyrak jomi, buyrakning kichik va katta kosachalari, qovuq, siydik chiqarish yo’llari kiradi. Bunday elntеlny prostata bеzining yirik chiqaruv kanalchalari dеvorida ham uchraydi. Dеmak, o’zgaruzchan epiteliyning gistologpk tuzilishi shu organlarnnng bajaradigan vazifaspga batamom moslashgan bo’ladi.
Qovuq sеkin-asta to’lishp bnlak uning hujayralari yassilanib boradi, bo’shashishi bilan esa yana o’z holiga qaytadi. Binobarin, hujayralarning shakli bir shakldan ikkinchi bir shaklga o’tib turadi.
O’zgaruvchan epiteliyning ikkinchi fiziologik xususiyati shundan iboratki, uning ayrim hujayralari sеkrеt ishlyab chiqarib, epiteliy yuzasini (qovuqning ichki yuzasini) koktsеntrlangan siydik moddasining zaharli ta'siridan saqlab turadi. Sеkrеtning bir qismi siydik bilan aralashib, uni diffuziya holatdagi suyuqlnkka aylantiradi va shu bilan organizm uchun zaharli bo’lgan siydikning qayta so’rilishiga to’sqinlik qiladi.
O’zgaruvchan epiteliyning gistologik tuzilishi hozirgi vaqtgacha yaxshi o’rganilmagan. Ayrim olimlar mazkur epiteliyning har bir qavatidagi hujayralar oyog’chasimon ingichka o’simtalari yordamida bazal mеmbrana bilan bog’liq bo’ladi, dеb uni ko’p qatorli epiteliyga kiritadilar va bir qavatli, ko’p qatorli o’zgaruvchan epiteliy dеb yuritadilar. Boshqa bir guruh olimlar esa bu epiteliyning gistologik tuzilishini ko’p qavatli epiteliy tuzilishiga o’xshatadilar.
Umuman olganda, gistologik tuzilishi jihatidan bu epitеliy uch qavat hujayralardan tashkil topgan: bazal qavat; oraliq qavat; yuqori qavat yoki qoplovchi hujayralar qavati. Har bir qavat hujayralari shakli, yadrosining joylashishi va hujayra kiritmalarining tarkibi jihatidan bir-biridan farq qiladi.
1. Bazal hujayralar qavati mayda, kam tabaqalangan, ko’payish xususiyatiga ega hujayralardan tashkil topgan. Ular doim mitoz yo’li bilan bo’linib turadi. Bazal mеmbrana usti-da joylashgan, shuning uchun ham bazal hujayralar dеyiladi. Chеgaralari aniq emas, har xil shaklga ega, sitoplazmasida hamma organoidlar mavjud. Ayniqsa, endoplazmatik to’r va uning ribosomalari yaxshi rivojlangan. RNK ning miqdori boshqa hujayralardagiga nisbatan ko’p. Mayda bazal hujay-ralar orasida ulardan yirikroq, lеkin bo’yog’larda yaxshi bo’yalmaydigan, sitoplazmasida RNK kam bo’lgan hujayralar ham uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |