2- mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining metodlari. Reja: Biografiya (tarjimai hol) metodi. Rahbarning ish sharoitini bayon etish metodi



Download 155,11 Kb.
bet2/9
Sana13.06.2022
Hajmi155,11 Kb.
#661288
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
boshqaruv psix 2

Longityud metodi - ma’lum kishilar guruhi yoki aniq kishilarning bir xil belgilariga ko‘ra psixik xususiyatlarini davomli va muntazam o‘rganishni nazarda tutdi.
Kesimlimetod - ma’lumotlarnitadqiqotdaqatnashuvchilarningturliguruhlariganisbatantaqqoslashgaxosdir. Bumetodorqalisinovdano’tayotgalarningko‘pmiqdoriniqisqavaqtichidaqamrabolishimumkin. Kesimli tadqiqotlarni o‘tkazishda savol-javob usullari, testlar tajribalar keng qo‘llaniladi. Longityud metodi - kasbiy shakllanishda individual yo`lni o‘rganishga yordam beradi. Mazkur metod yordamida shaxsning obru orttirishi uning faoliyatidagi turli xildagi tanqidiy holatlarini aniqlaydi. Psixologiyada qo‘llaniladigan tadqiqot usulari kelib chiqishiga ko‘ra umumpsixologik ko‘rinishga ega, lekin spesifik xususiyatiga ega emas. Kasb psixologiyasi yosh psixologiyasiga yondosh ekanligini hisobga olsak, bu o‘z navbatida shakllanib bo‘lgan metodlarni o‘zlashtirishga olib keladi. Barcha tadqiqotlarda keng doirada metodlarni qo‘llash o‘ziga xos tadqiqiy metodlarni yaratilishiga olib keladi. Kasb psixologiyasi tadqiqot metodlarining tizimlanishi, ularning qo‘llanishi sohasini aniqlash shuningdek, sifat, xususiyatini ko‘rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Psixologiya fanida yagona umuman olganda, tadqiqotlar metodlarining to‘liq tasnifi mavjud emas. Ko‘pincha, alohida metodlar yoki psixologiyada ma’lum muammoni hal etishga tavsiya etiladigan metodlar ro‘yxati beriladi.
Psixologiyaning metodlar tizimini tahlil etgan olimlar quyidagi metodlar guruhini taklif etadi:

          1. Tadqiqotni tashkillashtirish va rejalashtirish metodlari, ya’ni tashkiliy metodlar.

          2. Dalillar to‘plash, ilmiy ma’lumotlar olishga qaratilgan empirik metodlar (usullar).

          3. Ma’lumotlarni qayta ishlash usullari.

          4. Interpretatsion metodlar(usullar).

          5. Boshqa bir qator psixolog-olimlar psixologiyasining quyidagi usullarini ajratishadi:

            1. Sub’ektiv metodlar (o‘zini-o‘zi kuzatish);

            2. Ob’ektiv metodlar (kuzatishning har xil turlari; eksperimental, testlar, savol-javob, so‘rovnomalar).

Afsuski, bu metodlar muallifi psixologiya metodlarining tasniflanishini (klassifikatsiya) taqdim etmay, faqatgina psixologiya fanidagi mavjud metodlarini sanab o’tish bilan chegaralanadilar. Bu esa o‘z navbatida aniq ilmiy tasniflanishning mavjud emasligi, psixologiyada metodlarning ko‘pligi hamda bir tizimga solinmaganligi bilan izoxlanadi. Yosh va pedagogik psixologiyaning metodlarini tahlil etib, tadqiqiy metodlarni tasniflashning asosi sifatida muhim jihatlarini ajratib olish kerak. Bu masalalar 4 xil shaklga ega: tasvirlash, o‘lchash, tushuntirish va psixik hodisani shakllantirishdan iborat. Shunga muvofiq metodlarning 5 ta guruhi taklif etiladi: noyeksperimental (klinik), diagnostik, eksperimental va shakllantiruvchi.
Shunday qilib boshqaruv psixologiyasi oldida quyidagi tadqiqiy masalalar to‘ribdi:

              1. guruhi - shaxsning kasbiy shakllanishi bu murakkab, ba’zida esa dramatik jarayonning psixologik xususiyatlarini tasvirlashdan iborat. Bu jarayonni tadqiq etish uchun longityud, savol-javob, psixobiografiya, tanqidiy voqealar metodlarini qo‘llash to‘g‘ri bo‘ladi. Bu metodlar guruhini genetik metodlarga kiritishi mumkin.

              2. guruhi - boshqaruvning psixologik tavsifi, boshqaruv jarayonini psixologik mazmunini tadqiq etish, faoliyat mahsuldorligini o‘rganish, mehnat metodi, hujjatlarni o‘rganish, kuzatilayotganlarni savol-javob orqali o‘rganish metodi, shuningdek, professiografiya yo`li bilan amalga oshirilishi mumkin. Bu uslublar guruhi praksimmetrik uslublarga tegishlidir.

              3. guruhi - muhim boshqaruvga oid ko‘rsatkichlarni, faoliyat va shaxs belgilarini o‘lchash. Bu tadqiqiy masalani hal qilish uchun maxsus qobiliyat testlari, muvaffoqiyat va ta’lim testlari qo‘llaniladi. Bu psixometrik usullar guruhidir.

              4. guruhi - kasbiy shakllanishning xususiyatlarini, qonuniyat va mexanizmlarini tushuntirishdan iborat. Bu vazifani bajarish usullari eksperimental usullardir: ya’ni labaratoriya, modellashtiruvchi va tabiiy eksperimentlardir.

              5. guruh - usullari tadqiqiy ma’lumotlarga miqdoriy ishlov berishga yo`naltirilgan. Ularga matematik ishlov berish usullari kiradi: ya’ni korrelyatsion, faktorli tahlil va boshqalar. Boshqaruv psixologiyasining tadqiqot metodlari umumiy tarzda quyidagi jadvalda aks ettirilgan.

Genetik usullar:
Genetik metodlar uzoq vaqt davomida shaxs kasbiy rivojlanishining o‘zgarishlarini tadqiq etish uchun mo’ljallangan. Boshqaruv psixologiyada longityud metod, psixobiografiya, individning kasbiy shaklanishini monografik tasvirlash usullaridan keng foydalaniladi. Longityud metod - bir xil yoshdagi sinaluvchilarning ularni rivojlanishi jarayonini ko‘p marotabali tizimli ravishda o‘rganishdan iborat. Longityud metodi insonlardagi turli xususiyat va sifatlarni o‘rganish maqsadida yillar davomida o‘tkaziladi.
Longityud metodi psixologiyada XX asrning 20-yillarida shakllana boshladi va asosan psixik genezisi va bolalar, yoshlar psixik pragnozini ilmiy jihatdan asoslab berish uchun qo‘llanilgan. Keyingi yillarda (20-30 yil davomida o‘tkazilgan) davomli longityud tadqiqotlari jarayonida dearli qo‘llanilmagan. Longityud metod bir vaqtning o‘zida boshqa metodlarni qo‘llanilishini ham nazarda tutdi. Jumladan, kuzatish, savol-javoblar, test, psixografiya, praksimmetriya va hokazo. Longityud metodi yordamida olingan natijalar shaxsning yoshiga, ish stajiga, tadqiqot o‘tkazilgandagi ijtimoiy iqtisodiy sharoitlariga hamda kasbiy faoliyat turiga bog‘liq bo‘ladi.
Longityud metodini boshqaruv psixologiyasida qo‘llash orqali shaxs kasbiy shakllanishining individual o‘zgarishlarini o‘rganish imkonini beradi shuningdek, kasbiy faoliyatda rivojlanish, obru-e’tibor qozonishning yo`l- yuriq va vositalarini aniqlash imkonini beradi. Longityudni qo‘llashdagi qiyinchiliklardan biri sinovda ishtirok etayotganlarni tanlash hamda ularning sonining ko‘pligi va kamligida bilinadi. Keyingi muammo o’lchovlar o‘rtasidagi oraliq masofalar hisoblanadi. Bu metod orqali insonlarda tadqiqotlar gohida bir yil ayrim vaqtlarda esa undan ham uzoq vaqtlar oralig’ida o‘tkazilgan. Shaxsning kasbiy shakllanishini o‘rganishda tadqiqot intervali sifatida kasbiy rivojlanish fazalari va bosqichlarini ajratib olish mumkin.
Longityud metodidagi muammolardan biri uning davriyligini belgilash bo‘lib, bunda u 5-yildan 50 yilgacha davom etishi mumkin. Klassik longityud sifatida 1928 yildan bugungi kungacha davom etib kelayotgan Kaliforniya longityudini misol sifatida keltirish mumkin. Longityud metodning kamchiligi uning davriyligidadir. Shaxsiy va kasbiy o‘zgarishlar tasodifiy yoki drammatik voqealarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Yillar davomida tekshiriluvchilar sonining qisqarishi, o‘rganilayotgan jarayonlarning mazmun mohiyati kengayib boradi. Longityud metodining qo‘llanilishini chegaralovchi omillardan biri shaxsni o‘rganish uchun ko‘p vaqtni ketishidir.
Longityud metodining kamchiliklarini boshqa psixobiografik usullarni qo‘llash yordamida bartaraf etish mumkin.
Biografik usul - shaxs hayot yo`lini o‘rganish va loyihalashtirish usullari, hayotiy dasturlar, kasbiy rejalar, kasbiy shaxsiy shakllanishining senariylarini ishlab chiqishga yo`naltirilgan. Biografik usullarga tarjimai hol, ma’lumotlarni o‘rganish, kasbiy mehnatdan qoniqish va boshqalarni kiritish mumkin.
Kavzometriya - Ye.I.Golovaxa va A.A.Kromiklar tomonidan taklif etilgan usul bo‘lib, u shaxsning psixologik vaqti va hayotiy sub’ektiv holatlarini tahlilini tadqiq etish metodi hisoblanadi.
Bu intervyu quyidagi jihatlarni o‘z ichiga oladi: biografik savol-javob, muhim voqealar ro‘yxatini tuzish, voqealarni keltirib chiqargan sabablarini aniqlash va boshqalardir. Intervyu natijalari kavzometriya shaklida tasvirlanadi. Kavzometriya kasbiy muammo va inqirozlarni yechish uchun qo‘llaniladi.

Download 155,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish