2- mavzu: Bolalar adabiyoti va folklorining mumtoz adabiyot namunalari bilan bog‘liqligi



Download 263,35 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana01.01.2022
Hajmi263,35 Kb.
#289605
1   2   3
Bog'liq
2-amaliy

 

 

 

 

 

 

 

      


 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

  

 

      Folklor va bolalar 



        adabiyoti   munosabati 

    Bolalar  uchun  ijod  etish  xalq  pedagogikasi  va  etnografiyasi  aqidalari  bilan 

sug‘orilgan  qadimiy an’ana bo‘lib, uning ijobiy xususiyati bolalarga mo‘ljallangan 

badiiy  adabiyotning  vujudga  kelishini  ta’minlagan  omil  bo‘ldi.  Folklor  va  yozma 

adabiyot orasidagi bilvosita aloqa esa, bolalar adabiyotida folklorizmlarning xilma-xil 

ko‘rinishlarini  yuzaga  keltirdi  va  bolalar  adabiyotining  xalqchilligi,  janriy  xilma-

xilligi,  g‘oyaviy-badiiy  barkamollashuvi,  qiziqarliligi  va  tabbiy  soddaligini 

ta’minladi.  

     O‘zbek bolalar adabiyoti folklor asarlaridan ko‘mak olish bilan bir qatorda mumtoz va 

sharq xalqlari adabiy manbalaridan “Kalila va Dimna”, “Ming bir kecha”, “To‘tinoma”, 

“Qobusnoma”, Sa’diy Sheroziyning “Guliston”,  Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, 

Alisher Navoiy asarlari, shuningdek, Qur’oni karim, hadisi sharif  g‘oyalari asosida turli 

mazmundagi asarlarning yaratilishi va bolalar adabiyoti uchun g‘oyaviy mazmun va shakliy 

xilma-xil asarlarning yaratilishiga asos bo‘ldi. 

 



Folklor – sinkritik xususiyatga ega bo‘lib, barcha san’at turlariga xos elementlarni o‘zida 

mujassamlashtirgan,  so‘z,  kuy  va  ma’lum  turlarida  raqs  uyg‘unlikda  ijro  etilishi  misollar 

yordamida  izohlanadi.  Folklorga  xos  bu  xususiyatlar  avvalo  uning  jamoaviy  (kollektiv)  ijod 

ekanligida, shu  sababli ham  folklor namunalarining muallifi xalq  ommasi hisoblanadi,  ularning 

aniq ijodkori noma’lum – anonimlik ularga xos va  xalq orasida avloddan-avlodga og‘zaki tarzda 

o‘tib tarqaladi, og‘zaki ijod etilib, ijro qilinadi, ijro va ijodda an’analarga rioya etilib,ommaviylik 

tusini  oladi, ijro jarayonida variatlarga va davrlar o‘tib versiyalarga ega bo‘ladi.  Ushbu asosga 

ko‘ra  folklorga  xos  xususiyatlar  sifatida  jamoaviylik,  anonimlik,  og‘zakilik,  an’anaviylik, 

variatlilik va versiyaviylik ko‘rsatiladi. 

 

 



 

 

 



      

 

 



 

 

 



 

 

     



     Bolalar  folklori  xalq  og‘zaki  ijodining  tarkibiy  qismi  ekanligi,  u  ijrosi  etilishi, 

ishtirokchilarining  bolalar  ekanligi  nuqtayi  nazaridan  farqlanishi,  bolalar  uchun  kattalar 

tomonidan  aytiluvchi  ertaklar,  qo‘shiqlar,  maqollar,  topishmoqlar,  rivoyatlar  va  alla,  aytim- 

olqishlar bolalar folklorini tashkil etishi, shu bilan bir qatorda bolalar tomonidan ijro etiluvchi va 

bola qahramon sifatida asarning ishtirokchisi bo‘lgan folklor namunalari bolalar folklorini ekanligi 

nazariy  jihatdan  asoslanadi.  Bolalar  folklori  tarkibida  bolalar  qo‘shiqlari  alohida  o‘rin  tutadi. 

Bolalar  qo‘shiqlari  mavzu  ko‘lamining  xilma-xilligi,  voqelikni  ifodalashi,  tabiat  va  jamiyatga 

bo‘lgan  bolalarning  qiziqishlari,  ehtiroslari  va  ruhiy  xususiyatlarini  aks  ettirishi  jihatidan  bir 

qancha janrlardan tashkil topganligi tahlil qilinadi.  

        Bolalar qo‘shiqlari ijro o‘rni, janriy tarkibi, ijtimoiy-estetik  mohiyati va poetik jihatiga ko‘ra 

quyidagicha tassniflanishiga e’tibor qaratiladi. 

       1.  Bolalarni  erkalovchi  qo‘shiqlar:  a)  beshik  qo‘shiqlari-  allalar,  aytim-olqishlar;  b)  suyish 

qo‘shiqlari – erkalamalar, ovutmachoqlar, qiziqmachoqlar. 

       2. Bolalarning mavsum-marosim qo‘shiqlari  –  yalinchoqlar, hukmlagichlar, “Boychechak”, 

“Chittigul”, “Yо, ramazon”; 

       3. Bolalarning hajviy qo‘shiqlari – tegishmachoqlar, masxaramalar. 

       4.  Bolalar  o‘yinlari  bilan  bog‘liq  qo‘shiqlar:  a)  harakatli  o‘yinlarga  aloqador  qo‘shiqlar  – 

chorlamalar,  sanamalar,  tarqalmachoqlar;  b)  so‘z  o‘yinlari  bilan  bog‘liq  qo‘shiqlar  –  guldur-

guplar, chandishlar, tez aytishlar. 

         Bola tarbiyasida ertaklarning o‘ziga xos ahamiyati bo‘lib, ular kattalar tomonidan bolalarni 

ovutish,  dam  oldirish  va  uxlatish  jarayonida  kattalar  tomonidan  aytiluvchi  ertaklar  hisoblansa, 

ikkinchi  tur  ertaklar  bevosita  bolalarning  o‘zlari  tomonidan  o‘qib,  ularni  atrof  muhit  bilan 

tanishtirish,  bolalarni  hayolot  olamiga  olib  kirish  va  fikrlash  qobiliyatini  o‘stirishga  harakat 

qiluvchi ertaklarga misollar keltiriladi.  

        Tez  aytish  o‘zining  kompozitsion  tuzilishi,  ijro  usuli  va  vazifasi  kabi  jihatlari  bilan 

folklorning boshqa janrlaridan alohida ajralib turadi.  Tez aytish va uning janriy xususiyatlarini 

tadqiq etishda mazkur terminning ilmiy izohi, evolyutsiyasi, tabiati, ijtimoiy-maishiy vazifasi kabi 

masalalarga e’tibor qaratiladi. Tez aytish yosh avlodni ziyraklikka, so‘zamollikka, chechanlikka, 

Folklorga    

xos 


xususiyatla

 



        jamoaviylik 

 

        anonimlik 



 

        og‘zakilik 

 

        an’anaviylik 



 

 variantlilik va versiyaviylik 

 



diqqatli  bo‘lishga,  tez  fikrlashga,  ravon  gapirishga  bo‘lgan  ehtiyojlari  sababli  paydo  bo‘lgan 

og‘zaki ijod mahsuli ekanligi talabalar tomonidan izohlanadi. 

 

 

       



 

 

 



      

      Adabiy  ertak  xalq  ertaklari  sujetlarini  ijodiy  o‘zlashtirish  asosida  yuzaga  kelgan  asar 

namunasidir. Adabiy ertaklarda ham xalq ertaklariga xos g‘oyaviy maqsad, mazmuniy jihatlarga 

to‘liq  tayaniladi  va  yangicha  shaklda  ishlov  berish  asosida  yuzaga  keladi.  Adabiy  ertaklar 

tuzilishiga ko‘ra doston-ertak, naql-ertak, masal-ertak, topishmoq-ertak, ertak-qissa, ertak-drama 

kabi  turlari  mavjudлиги,  ўzbek  bolalar  adabiyotida  adabiy  ertaklarning  bir  qator  namunalari 

yaratilganligi  H.  Olimjonning  “Oygul  bilan  Baxtiyor”,  “Semurg‘  yoki  Parizod  va  Bunyod”, 

Mirtemirning “Ajdar”, Sh. Sa’dullaning “Laqma it”, S. Jo‘raning “Zangori gilam”, “Qaldirg‘och”, 

M. A’zamning “Erk qushi” va boshqa ko‘plab asarlar misolida tahlil qilinadi. 

          

        

               

 

Tez aytishlar yosh avlodni ziyraklikka, so‘zamolikka, chechanlikka, diqqatli 



bo‘lishga, tez fikrlashga, ravon gapirishga bo‘lgan ehtiyojlari sababli paydo bo‘lgan 

og‘zaki ijod mahsulidir. 

Download 263,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish