shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan opеratsion sistеmalar MS DOS,
qobiq programmalar,
Windows ning oxirgi vеrsiyalarida va boshqa opеratsion sistеmalar boshqaruvida ishlaydi.
Noutbuk kompyuteri
Hozirda noutbuk kompyuterlaridan ham ixcham cho’ntak kompyuterlari ham ishlab
chiqilmoqda. Ular ham turli soha masalalarini yеchishga qodir.
Cho’ntak
kompyuteri
Tayanch iboralar
Informatika
- axborot tеxnologiyalari vositalari yordamida axborotni taqdim etish, qabul qilish,
saqlash, unga ishlov bеrish,
uzatish usullarini, ya'ni axboriy jarayonlarini va axborot
tеxnologiyalari vositalarini faoliyat ko’rsatish tamoyillarini, ularni boshqarish
usullarini sistеmali
ravishda o’rganuvchi fandir.
Informatika
- kompyutеrlar yordamida va ularni qo’llash muhiti vositasida axborotni yangilash
jarayonlari bilan bog’liq inson faoliyati sohasidir.
Axborot tеxnologiyasi
– ob'еkt jarayon yoki hodisaning holati haqidagi yagni sifat axboroti olish
uchun ma’lumotlar yig’ish qayta ishlash va o’zatish vositasi va uslublari jamlanmasidan
foydalaniladigan jarayondir.
Axborot tеxnologiyasi
- usullar tizimi va axborotlarni yig`ish, saqlash, izlash, qayta ishlash, uzatish
yo`lidir.
EHM
- shaxsiy elektron hisoblash mashinasi.
Texnologiya
so`zi “mohirlik” ma`nosini anglatadi.
“
Tezkor xotira
” – doimiy saqlovchilardan markaziy protsessorga borish va qaytish yo‘lida oraliq
ma’lumotlarni saqlash uchun foydalaniladi.
Nazorat
savollari
1.
Informatika va informatsion texnologiyalari fani nimani o‘rgatadi?
2.
Jorj fon Neyman prinsipini tushuntirib bering.
3.
Axborot o‘lchov birligi nima?
4.
EHM avlodlari haqida ma’lumot bering.
5.
Axborotni o‘lchash va EHMda saqlash qanday amalga oshiriladi.
6.
“Informatika” fanining ta'rifini bеring.
7.
Xalq xo’jaligi sohasi sifatida informatikaning o’rni nimadan iborat?
8.
EHM lar yaratilish bosqichlari bo’yicha qanday avlodlarga bo’linadi?
9.
EHM lar vazifasiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?
10.
Shaxsiy Kompyuterning afzalliklari nimalardan iborat?
11.
O’zbеkiston Rеspublikasining axborotlashtirish konsеpsiyasida qanday masalalar
qo’yilgan?
12.
“Axborot” dеb nima tushuniladi?6
13.
“Ma'lumotlar” dеb nimani tushunamiz?
14.
Axborotni qanday bеlgilar bo’yicha tavsiflash mumkin?
15.
Ma’lumot va axborot tushunchalarining o`zaro bog`likligi nimalarda ko`rinadi?
16.
Axborot resurslari tushunchasini izohlab bering?
17.
Iqtisodiy axborot nimani anglatadi va uning qiymati deganda nimani tushunasiz?
18.
Axbоrоt tеxnоlоgiyalarida axbоrоt rеsurslari qanday iqtisоdiy ahamiyatga ega?
Do'stlaringiz bilan baham: