Texnologiya (yunonchadan - techne) - san’at, mahorat, bilish degan ma’nolarni bildiradi,
bu esa jarayondan boshqa narsa emas. Jarayon deyilganda, qo’yilgan maqsadga erishish uchun
yo’naltirilgan harakatlarning muayyan majmui tushuniladi. Jarayon odam tanlagan strategiya bilan
belgilanishi va turli vositalar hamda usullar majmui yordamida amalga oshirilishi zarur.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasi deyilganda, xomashyo yoki materialning holatini,
xususiyatlarini, shaklini o’zgartirish, ishlov berish, tayyorlash vositalari va usullarining majmui
bilan belgilanadigan jarayon tushuniladi. Texnologiya materiyaning sifatini yoki dastlabki holatini
moddiy mahsulot olish maqsadida o’zgartiradi (2.1-rasm).
2.1-rasm. Axborot texnologiyasi-moddiy resurslarni qayta ishlash texnologiyasining analogi
sifatida
Do'stlaringiz bilan baham: |