«SAMARQAND» Xalqaro aeroporti. Samarqand shahri nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda mashhur sayyohlik markazidir. Ushbu shaharga yo‘lga qo‘yilgan havo aloqalari ham bunga o‘z hissasini qo‘shgan. Zamonaviy RJ-45 havo kemasi 45 daqiqada sayyohlarni poytaxtdan qadimiy shaharga yetkazib keladi. Hozirgi kunda «Samarqand» xalqaro aeroporti xalqaro tranzit yo‘nalishlar uchun muhim zvenolardan biriga aylanayapti. Qayta ta’mirlangandan so‘ng IKAOning birinchi kategoriyasiga ega bo‘lgan aeroport g‘arbda ishlab chiqarilgan turli rusumdagi laynerlarni hamda sharqiy havo kemalari qabul qilish imkoniyatiga ega. Samarqand viloyati O‘zdekistonning yirik iqtisodiy salohiyatga ega katta mintaqalaridan biridir. Ohirgi yillarda investitsiyalar hajmi 20 mln. dollarni tashkil etdi. Strategik obektlardan biri bo‘lgan aeroport viloyat iqtisodiyatini rivojlantirishda (sayyohlik ham shu hisobda) muhim ahamiyatgfa ega. Bu yerda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi yangi aerovokzal majmuasi qurilib, uchish-qo‘nish yo‘lkalari ta’mirlandi. Dispetcherlik xizmati yangi binosi ishga tushirilib, aeronavigatsiya yangi jihozlari bilan ta’minlandi. Yangi aeroport soatiga 400 yo‘lovchini o‘tkazish imkoniyatiga ega. 2004-yilda rejada mo‘ljallangan 29 ming o‘rniga 35 ming yo‘lovchi jo‘natildi. Toshkent, Moskva, Sankt-Peterburg, Simferopol va Qozon shaharlari bilan havo aloqalari ham o‘rnatilgan. Bu yerga Yevropa mamlakatlari va Yaponiyadan charter qatnovlar amalga oshiriladi.
Aerovokzal majmuasida xalqaro andozalardagi xizmatlarning barcha turlari: VIP, KIP-zallari, ona va bola xonasi, tibbiy yordam punkti, aviakassalar mavjud. Pochta bo‘limi, davlatlararo va shaharlararo aloqa xizmati, bar, restoran, valyuta almashtirish shahobchasi ham yo‘lovchilar xizmatiga muntazir. Yangi «Dyui Free» do‘koni ishga tushish arafasida. Parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida videokuzatuv tizimi o‘rnatilgan. Aeroport xalqaro tashuvlarni amalga oshirgani uchun «Gabriel» va «Sita» bronlashtirish tizimiga kiritilgan. 2004 yil yakuniga asosan «Samarqand» aeroporti MDH davlatlari aeroportlari orasida «Tashuvlar hajmi 100.000 yo‘lovchi» nominatsiyasida «Yilning eng yaxshi aeroporti» tanlovi g‘olibi bo‘ldi.
Aeroportdan shahar markazigacha masofa 8 kilometrni tashkil etadi. Yo‘lovchilar xizmatiga avtobus, mikroavtobus, taksi har doim tayyor. Xalqaro andozalardagi mehmonxonalardan tashqari, hususiy mehmonxonalar sayyohlar va shahar mehmonlariga muntazir.
Do'stlaringiz bilan baham: |