2 – ma’ruza model yaratish va ishlab chiqarishga tayyorlash


Normativ texnik hujjatlar



Download 16,71 Kb.
bet2/2
Sana01.04.2022
Hajmi16,71 Kb.
#523080
1   2
Bog'liq
2 5341682449879405327

2.1. Normativ texnik hujjatlar.
Har bir ommaviy tayyorlash uchun qabul qilingan model uchun buyumning o‘rtacha razmer, rost va to‘lalikdagi namunasi tikiladi, shu model uchun etalon andazalar tayyorlanadi, tashqi ko‘rinishining yozuvi beriladi va o‘lchov tabeli, ya’ni andazalar va tayyor buyumning hamma razmer va rostlarining o‘lchov jadvali tuziladi.
Modelning texnik yozuviga quyidagilar kiradi:
- modelning tashqi ko‘rinishining yozuvi va rasmi, taklif etiladigan razmer, rost, to‘laligi, detallar spesifikasiyasi, taklif etiladigan avra, astar, qotirmalik gazlamalar va furnituralar, buyum tikish texnologiyasi haqida yo‘l-yo‘riqlar.
O‘lchov tabelida andazalar va tayyor buyumning asosiy o‘lchov joylari va o‘lchov qiymatlari, ishlov berish uchun haqlar va og‘ishlar beriladi.Bu hujjatlar ishchi andazalarini nazorat qilish va tayyor buyumlarni qabul qilish uchun ishlatiladi.
Konstruksiya aniq bo‘lgandan keyin andazalar texnik ko‘paytirishga yuboriladi Andazalarni texnik ko‘paytirish kartondan andazalarni kesish bilan birga AQSH ning "Multigreyder" asbobida va Germaniyaning "SUZE" qurilmasida elektron-hisoblash texnikasi yordamida ba-jariladi.Bunda bir vaqtda 7 xil razmerdagi andazalar tayyorlanadi.Bir kunlik ishlab chiqarish unumdorligi 250 dona andaza. Texnik ko‘paytirishni qo‘lda bajarish uchun 18-24 soat kerak bo‘ladi, mashinada esa 3 soat. "Trud" stanogida esa bir necha operasiyani bajarish mumkin: bir necha qavat kartonni bir-biriga biriktirish, andazalarni belgilangan chiziqlar bo‘yicha kesish va andazalarga osib qo‘yish uchun teshiklar o‘yish. Bundan tashqari andazalarga figurali teshiklar hosil qilish uchun VLO-1, rulondan karton kesib olish uchun RLZ-2, karton varaqlarini bir-biriga biriktirish uchun 266 kl. mashinalari, andazalarga tamg‘a qo‘yish uchun KLS-1 stanogi, andazalar tashqi konturlarini kesish uchun VLN-2, ichki konturlarini kesish uchun VDV-1 mashinalaoini qo‘llash mumkin.
Andazalar 3 xil bo‘ladi: etalon andazalar, ishchi andazalar va yordamchi andazalar.
Etalon andazalar model namunasini tayyorlash uchun ishlatiladi.Ish andazalar 5 ta to‘la komplektda tayyorlanadi.2 tasi eksperimental sexiga gazlama sarfini aniqlash uchun, 1 tasi tayyorlov syexiga bo‘rlama tayyorlash uchun, 2 tasi bichish syexiga berilib, ulardan biri nuqsonli gazlamalarni bo‘rlash, yana biri to‘shama ustiga qo‘yilib, bo‘rlamaning o‘chib ketgan joylarini bo‘rlash uchun ishlatiladi, lentali bichuv mashinasiga detallarni qirqish uchun beriladi.
Yordamchi andazalar tikuvchilik syexida kiyim detallaridagi bort burchaklari, cho‘ntak o‘rinlari, vitachkalar va izmalar o‘rnini belgilash uchun ishlatiladi.
Andazalar qalinligi 0,9-1,2 mm. qattiq pressshpat kartondan tayyorlanib, atrofiga tunuka qoplanishi mumkin.
Andazalar chetiga tunuka qoplanmagan bo‘lsa ish andazalar sinchiklab tekshirilgandan keyin, ularning cheti aylantirilib, tamg‘alab chiqiladi.Hamma andazalarga modelning‘ nomeri, razmeri, rosti yoziladi;Ish va yordamchi andazalar oyda bir yoki ikki marta etalon andaza bilan solishtirib, tekshirib turiladi.Etalon andazalarning o‘zi ham yilning har choragida bir marta tabelda ko‘rsatilgan o‘lchamlarga solishtirib tekshiriladi, chunki, karton qurishi natijasida kirishishi mumkin. Ular tempe-raturasi 18-20°S, namligi 60-70% bo‘lgan joyda kronshteynlarda osig‘lik tarzda saqlanishi lozim.
Tikuvchilik mahsuloti tannarxining 80-90 foizini ularni tikishga sarf bo‘lgan materiallar qiymati tashkil qiladi.Shuning uchun mahsulot tannarxini kamaytirishning, ishlab-chiqarish rentabelligini oshirishning eng samarali yo‘li - mahsulot sifatini yomonlashtirmay turib chiqindilarni kamaytirish, rezervlarni topish va materiallarni tejashdir.
NAZORAT SAVOLLARI

  1. Eksperimental syexining vazifalari qaysilar?

  2. Konstruktorlar necha guruhga bo‘linadi?

  3. Modelning texnik yozuviga nimalar kiradi?

  4. Andazalar necha xil bo‘ladi?

  5. Etalon andaza nima uchun ishlatiladi?

  6. Ishchi andaza nima uchun ishlatiladi?

  7. Andazalar sathini necha xil usulda hisoblash mumkin?

  8. Geometrik usulda qanday hisoblanadi?

  9. Tarozida tortish usulida qanday hisoblanadi?

  10. Eksperimental syexi uchun qanday avtomatik sistemalar bor?

Download 16,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish