2- ma’ruza: Ma’rifiy fikrlar taraqqiyoti va ularning tarixiyligi. Reja



Download 74,5 Kb.
bet2/2
Sana30.12.2021
Hajmi74,5 Kb.
#97204
1   2
Bog'liq
2-Ma’rifiy fikrlar taraqqiyoti va ularning tarixiyligi.

Tayanch atamalar: Bilish,dunyoqarash,jamiyat,ta’lim,tarbiya, ma’rifat, Madaniyat,meros, an’ana,olam,tarix,metod,filosof.analiz,sintez,tushunish,anglash,shaxs

Iqtisodiy tarbiya - talabalarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik xislatlarini tarkib toptirish va bu borada mustaqil fikrlay olish qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi.

Iqtisodiy tarbiyaga azaldan e’tibor qaratilgan. Masalan, Muhammad Ibn Al – Xorazmiy fikricha, har bir inson hisob ilmini bilishi va o‘z ilmiga pishiq bo‘lishi kerak, shundagina u o‘z mehnatining natijalarini o‘lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin. Abu Nasr Al – Farobiy inson o‘z ixtiyorlarini qondirish uchun juda ko‘p odamlar bilan iqtisodiy aloqada bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan. Uning fikricha, «Inson o‘z mablag‘ini to‘g‘ri sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg‘anchiqlik qilish xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa – insonni beboshlikka etaklaydi»(Al – Farobiy. Sotsialno – eticheskie grantы. Alma – Ata, 1973. s 17 – 18.)

Abu Ali ibn Sino ta’kidlashicha, iqtisodiy tarbiyani oiladan boshlash kerak. Talabalarga iqtisodiy tarbiya berish maqsadida biz keng va to‘g‘ri yo‘naltirilgan vazifalarni o‘z oldimizga qo‘yishimiz zarur:

Iqtisodiy geografiya darslarida iqtisodiy tarbiyaga oid mavzularni chuqurroq tushuntirish.

Hozirgi kunda o‘quvchilar nutqidan o‘rin olayotgan atamalarni kasblarga bog‘lab o‘rgatish.

Iqtisodiy tarbiya usullari xilma - xildir. Jumladan, suhbat, ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar, sanoat shaxobchalariga sayohat o‘tkazish, solishtirish, hisob – kitob qilish g‘oyatda ta’sirchan uslublar hisoblanadi. O‘quvchilarda iqtisod borasida ijodiy fikr yuritishni shakllantirishda darslar va darsdan tashqari mashg‘ulotlardan unumli foydalanish lozim. O‘quvchilarni qay darajada iqtisodiy tarbiya topganliklari o‘qituvchilar tomonidan kuzatilib borilishi kerak.

Ekologik tarbiyaga ham ota - bobolarimiz chuqur mas’uliyat bilan qarashgan. Masalan, atrof – muhitni iflos qilmaslik maqsadida, axlat tashlash, chiqindilarni tashlash uchun alohida chuqurlar qazilgan, hojatxonalarni ariq, soy, buloq suvlaridan uzoqroq joyda kovlashgan, turli ehtiyojlar uchun faqat qurib qolgan daraxtlarni kesishgan, hayvonlarni azob berish, qushlar uyasini buzishni, gunoh sanashgan. Bu borada oilada «Suvga tupurma, uni iflos qilma, chunki barcha jonivorlar uni ichib bahra oladi», «Gullab turgan mevali daraxtning shoxini sindirma, u meva beradi, uni o‘zing iste’mol qilasan», «Pishib etilmagan uzumni uzma, agar uzsang katta gunoh ish bo‘ladi, chunki unda ahli mo‘‘minning nasibasi bor», deb tarbiya berilgan.

Ekologik ta’lim va tarbiya berish tizimi bolalar bog‘chalarida, umumiy ta’lim maktablarida, keyingi ta’lim bosqichlarida hamda mehnat jamoalarida davom ettiriladi. Bu o‘rinda hayotiy misollar orqali hozirgi paytda oilalarda ekologik savodxonlikning pastligi uqtiriladi. Masalan, hozir ko‘plab odamlar mollarini ekinzorlarda, bog‘larda hatto mevali va manzarali daraxtlarga bog‘lab boqadigan bo‘lib qolishmoqda . Axir o‘tmishda xalqimiz buni noto‘g‘ri deb, qarashgan. YOki oilaviy dam olishga chiqilganda o‘t – o‘lanlar payhon qilinmagan, qir – adirlarda shisha siniqlari, ovqat qoldiqlari tashlab ketilmagan. Daraxtlarga, o‘simliklar olamiga, hayvonlarga zarar keltirilmagan. Ekologik tarbiya berishni tayyorlashning mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Xuquqiy tarbiya - insonning jamiyatdagi o‘rni, hatti - harakati, faoliyatini tanlashda yo‘l - yo‘riq ko‘rsatadi. Barcha millatlar singari o‘zbeklar ham azaldan huquqiy madaniyatga ega. Jumladan, «Qur’oni karim», «Hadislar»da qonun qoidalar asosida huquqiy tarbiya negizlarini qurish mumkin. Tarixdan islom olimi, faqix (konun-qoida) Burxoniddin al - Marg‘iloniy 573 yili (milodiy 1170-yil) xuquqiy tarbiya borasida «Al-hidoya» asarini yozgani ma’lum. Asar ko‘pgina ovrupa tillariga tarjima qilingan. 1930 yilgacha Markaziy Osiyoda huquqiy tarbiyaga doir eng yirik manba bo‘lib hisoblangan. SHo‘ro hukumati o‘zining huquqiy tuzilishini barpo qilgandan keyin u shariat qonun-qoidasi sifatida bekor qilingan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin qadriyatlar tiklandi. Bebaho asarlar qayta - qayta o‘rganilib, hayotga tadbiq qilinmoqda. Pedagoglarning xuquqiy tarbiya borasidagi asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat, deb o‘ylaymiz. Maqsad - davlatimizning «Yagona demokratik davlat barpo qilish» vazifasini amalga oshirish uchun qilayotgan sa’i-harakatlariga faol ishtirok etib, yosh avlod ongiga milliy g‘oya va mafkura asoslarini to‘g‘ri singdirish, mustaqil fikrlay oladigan, yuksak fuqarolik his-tuyg‘ularini mujassamlashtirgan barkamol avlodni tarbiyalash.

1917-1990 yillarda ijtimoiy-siyosiy madaniy sohalarda kommunistik mafkura ta’lim-tarbiyaning asosi qilib qo‘yilishiga qaramay xalqimizning tafakkuri, ma’naviy darajasi, pedagogik ong rivojlanib bordi. 1991 yilda O‘zbekiston mustaqil bo‘lishi bilan milliy ong, ma’naviyatimiz manbai – tarixi madaniy qadriyatlarimizni o‘rganish va tiklashga musharraf bo‘ldik. “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida ta’lim-tarbiya mazmunan yangi bosqichga ko‘tarildi, inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi uchun zamin yaratildi.

Pedagogika tarixi ilmining manbalari, ilmiy nazariy va milliy asoslari hamda asosiy bo‘limlari.

Har bir millatning o‘ziga xos milliy madaniyati va ma’rifati umuminsoniy madaniyat va ma’rifatning ajralmas qismidir. Umuminsoniy sivilizatsiyaga har bir xalq o‘z ulushini, hissasini qo‘shgan.

Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan ayrim mutafakkirlar va mashhur olimlarning ta’lim-tarbiyaga doir ta’limotlari haqida ma’lumotlar mavjud.

XIX asrning oxiri - XX asr boshlarida Turkistonda jadidchilik harakatining taniqli rahbarlari Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda kabi ma’rifatparvarlar madaniyatni rivojlantirish uchun ma’rifatparvarlikka asoslanish, ta’limni isloh qilish zarurligi g‘oyasini olg‘a surib, Turkistonda ijtimoiy ong taraqqiyotini boshlab berdilar.

Ma’lumki, milliy pedagogikamiz tarixi ijtimoiy-siyosiy hayot asosida, Markaziy Osiyoda yashagan qardosh xalqlarning Berdaq, Maxtumquli, Abdurahmon Jomiy kabi shoir, adiblarning, Xorijiy SHarq va Ovrupa mamlakatlarining buyuk mutafakkir, shoir va pedagog olimlari Sa’diy SHeroziy, Jaloliddin Rumiy, Jan-Jak Russo, K.D. Ushinskiy va boshqalarning pedagogik qarashlariga bog‘liq holda rivojlangan.

Eng qadimgi davrlardan XIII asrgacha O‘rta Osiyoda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar.

Markaziy Osiyodagi arxeologik topilmalar va yozma manbalarning guvohlik berishicha, dastlabki ibtidoiy jamoa va keyinchalik quldorlik tuzumi davrida ham Turon hududida ijtimoiy – madaniy hayot rivojlangan.

«Avesto» sof diniy kitob bo‘lmay, ijtimoiy – falsafiy, madaniy, adabiy – tarixiy qimmatga ega bo‘lgan nodir qomusiy yodgorlikdir. Unda adolat va sulh ulug‘lanadi.

VII asrda Arabistonda shakllangan islom dini VIII asrga kelib Markaziy Osiyoda keng yoyildi. Markaziy Osiyoda arablar tomonidan bosib olindi. Markaziy Osiyoda arab davlati – xalifaligi o‘rnatilib, «Qur’on» qonun – qoidalari Markaziy Osiyoda ham amalga oshirildi.

VIII asr oxiri, IX asr boshida arab xalifaligining markazi Bag‘dodda ilm – fan rivojlandi, yunon olimlaridan Aflotun (Aflotun), Arastotel (Arastu), Sokrat (Suqrot), Gippokrat (Buqrot), Galen (Jolinus), Evklid (Iqlidus) kabilarning asarlari arab tiliga tarjima etildi.

IX – XII asrlarda Markaziy Osiyoda feodal ishlab chiqarish munosabatlarining taraqqiy etishi, ichki va tashqi savdoning o‘sishi, dehkonchilik, hunarmandchilik, binokorlik, o‘ymakorlik san’atining rivojiga jiddiy ta’sir etdi.

XI – XII asrlarda o‘zbeklar Movarounnahrda asosiy aholi sifatida tarkib topdi. O‘sha davrda «turk tili» deb nom olgan o‘zbek tili adabiy til xususiyatiga ega bo‘ldi.

Markaziy Osiyo musulmonlari «Qur’on»ni insonni ulug‘lashga, qadrlashga, uni mehr – shafqatga, muhabbatga, tinch – totuv yashashga, iqtisodiy va ma’naviy barkamollikka undovchi islom ma’rifati mujassami sifatida qabul qildilar.

Zardo‘shtiylik ta’limotida ta’lim – tarbiya.

Ma’lumki, Markaziy Osiyo hududida qadim – qadimdan turli dinlar, diniy aqidalar paydo bo‘ldi. Ularda aholining ijtimoiy – madaniy hayoti, turmush tarzi va an’analari ma’lum o‘lchovga solindi va belgilandi.

Bunday dinlardan eng qadimiysi va eng mashhuri zardo‘shtlik dini, uning ta’limotidir.

Zardo‘shtlik dinining asoschisi Zardo‘sht atalmish buyuk tarixiy shaxsdir. Zardo‘sht sharqning faylasufi, notig‘i, shoiri, donishmandi bo‘lgan. Zardo‘sht – o‘z nasihatlari, o‘gitlarida adolatni targ‘ib etadi, yaxshi xulq – odobni e’zozlaydi. Uning ta’limoti uch nuqtada: Xumata – yaxshilik, Nuxta – to‘g‘ri so‘z, Xvarishita – yaxshi xulqlarda mujassamlashgan. U chorvadorlar, dehqonlar va hunarmandlar hayotini badaviy ko‘chmanchi yo‘lto‘sarlar chopqinidan himoya qiladi. Adolat va odillik g‘oyasini olg‘a suradi.

«Avesto» eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklar namunasi sifatida VII-XIII asrlarda O‘rta Osiyoda ijtimoiy va madaniy hayot, maktab va pedagogik fikr.

«Avesto» zardo‘shtiylikning muqaddas kitobi bo‘lishi bilan birga, ilm – fan, hayotiy voqealar haqida mukammal ma’lumot beradigan eng qo‘hna manba hisoblanadi. Unda O‘rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi marosimlari: urf – odat, e’tiqod, ibodat, qiroat qiladigan oyatlar, diniy marosimlarda ijro etiladigan og‘zaki ijodlari haqida ma’lumot berilgan.

«Avesto»da yaxshilik, unib –o‘sish, erda hayotni saqlash uchun intiluvchi kuchlar bilan razolat va qabohat, zulmat va halokat kuchlari o‘rtasidagi kurashda mardlik, jasorat va matonat, ma’rifat va insoniylik g‘alaba qozonadi.

«Avesto»da inson tozalikka, sog‘lomlikka da’vat qilinib, ularga badan tarbiya bilan shug‘ullanish, kunda yuz – qo‘lni bir necha marta yuvish, sochni toza tutib, tirnoqlarni olib tozalab turish tavsiya etiladi. Inson me’yori bilan ovqatlanib, doimo to‘q yurishi lozimligi uqtiriladi.

«Avesto»da ta’kidlanishicha, qarindoshlar o‘zaro oila qurmasligi, qavm va urug‘ qoni toza, avlod benuqson saqlanishi kerak, ko‘p bolali oilalarga davlat hisobidan nafaqa tayinlash lozim, bir yo‘la 2 – 3 ta tuqqan ayollar mukofot olishga sazovordir.

Islomda ta’lim-tarbiya.

Islom jahonga keng yoyilgan dindir. Uning ta’limotlari– Qur’oni Karimda bayon etilgan.

Islom dinida onalar mo‘‘tabar zot sifatida ulug‘lanadi va sharaflanadi. Islom dinida mehnat qilish ibodat qilish bilan barobarligi, mehnat qilishdan uyalmaslik kerakligi aytiladi.Zero, mehnat – inson hayotining ko‘rki, bezagi. Mehnat insonga baxt – saodat, farovonlik baxsh etadi. Halol mehnat ma’naviy hayotning mezonidir. Mehnat insonni uch balodan saqlaydi: yurak siqilishidan, axloqiy buzilishdan, muhtojlikdan.

Qur’onda ilmga katta e’tibor berilgan. Bunga unda «ilm» so‘zining 765 marta takrorlinishi yorqin dalildir. Ilmlarni o‘rganish har bir inson uchun farzdir. Ilm o‘rganishdan murod mansab emas, avval o‘qigan ilmiga o‘zi amal qilib, so‘ng xalq va Vatan oldidagi burchni ado etishdir.

Islom dini ilm talab qilinishini ibodat darajasiga ko‘taradi, ilm talabini ixtiyoriy ibodatdan yuqori qo‘yadi. Islom ta’limotiga ko‘ra, ilm olishda erkak ham, ayol ham teng huquqlidir.

Islom ta’limotida sabr axloqiy fazilat, musulmon kishining ruhiy tayanchlaridan biri hisoblanadi. Sabr musulmonlar qalbiga sukunat va xotirjamlik baxsh etadi, alam berayotgan dardiga malham bo‘ladi. Sabrsizlik insonni kayg‘udan qutqaza olmaydi: uning o‘zi kuydiruvchi bir kayg‘u.

Islom ta’limotida vafodorlik sadoqat turlaridan hisoblanadi. Vafo – insoniy eng oliy fazilat.

Islom ta’limotida mol – dunyoga erishgan har bir inson o‘z boyligini to‘g‘ri yo‘lda sarflashi kerakligi ta’kidlanadi. Islom dinida birovning haqiga xiyonat qilish, halol mehnat bilan topgan molini, mablag‘ini zo‘rlik va aldov bilan olish, o‘g‘rilik qilish og‘ir gunoh, kabih odat hisoblanadi. Islom ta’limotida aytilishicha, baxil kishi oqibatda xor bo‘ladi, ko‘pchilikning nafratiga uchraydi.

Islom dinida insonga baxsh etilgan sifatlardan yaxshisi, xushxulqdir. Xushfe’llik inson aql – idroki, madaniyati, bilimliligidan dalolatdir. Xushfe’l inson samimiy, mulohazali, pokdil, irodali, sabr – toqatli bo‘ladi. Bunday fazilatli inson boshqalarda o‘ziga nisbatan hurmat, samimiylik, izzat, hurmat hissini uyg‘otadi.

Madrasalar va hadis ilmining paydo bo‘lishi.

Islom Qur’oni Karimdan keyin mo‘‘tabar sanalgan payg‘ambarimiz Muhammad Alayhisalomning «Hadisi» SHariflarida musulmonlarning moddiy va ma’naviy jihatdan barkamol bo‘lishlarini orzu qilib ota – onaga hurmat, mehnatsevarlik, o‘zaro ahil bo‘lish, mehr – oqibat, ehson, sabr – toqat, kamtarlik, vafo – sadoqat, poklik kabi insoniy sifatlar haqidagi nasihatlari va yaxshi fazilatli bo‘lish yo‘llari bayon etilgan.

Vafo hayotda obro‘ – e’tibor va muvafaqqiyatga sabab bo‘luvchi fazilatdir. Omonat va vafo hayotda tinchlik va baxt – saodat orzu qilgan har bir jamiyat, xalq, oila, inson uchun zaruriy fazilatdir. Vafodorlik insoniylikdir. Fazilat farzand kabidir. Uni avaylab saqlash va yanada barkamol etish lozim. Muhammad payg‘ambar odamlarga manfaatlirog‘larini yaxshi odam hisoblaganlar.

Manmanlik xususiyati bo‘lgan kishida go‘zallik bo‘lmaydi. Mol – dunyosi bilan faxrlansa, o‘lganda ulardan asar ham qolmaydi. Kamtarlik insoniy eng go‘zal fazilatdir. Kamtarlik insonning madaniyati, odamiyligi, mardligi kabi insoniy fazilatlar bilan belgilanadi. Kamtar kishida havoi g‘urur, manmanlik bo‘lmaydi, u odob – axloqli, mehr – shafqatli bo‘ladi, ishida, so‘zida qat’iy turadi.

Imom Ismoil al Buxoriy, Imom at-Termiziyning hadis ilmining yoyilishidagi xizmatlari.

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al – Mug‘ira ibn Bardibza al – Buxoriy hijratning bir yuz to‘qson to‘rtinchi yili shavvol oyidan o‘n uch kun o‘tganda juma namozidan keyin (milodiy hisob bilan 809 yil 13 mayda) Buxoroda tavallud topdi. Otasi SHayx Ismoil ibn Ibrohim ahli hadislardan bo‘lib, savdo ishlari bilan shug‘ullanar edi. Rivoyatlarga ko‘ra, Imom Ismoil al – Buxoriy 16 yoshga qadam qo‘yganda Abdulloh ibn Muborak al – Marvazdiy va Vaqi’ ibn al – Jarrohlarning kitoblarini batamom yod olgan. U yod olgan hadislarning matnini dalillari va roviylarning tarjimai hollari bilan birga qo‘shib yod oladi…

Imom al – Buxoriy Makka, Madina, Damashq, Qaysariya, Xoms, Bag‘dod, Kufa, Vosit, Balx, Nishopur, Askalon, Marv kabi shaharlarda bir necha yil yashab, hadislar to‘plash, yozish va ko‘plab toliblarga ilm o‘rgatish bilan shug‘ullanadi.

Ismoil al – Buxoriy insonlarni to‘g‘ri so‘zli bo‘lishga, va’daga vafo qilishga da’vat etib, munofiq kishining uchta belgisi bo‘lishini ko‘rsatib, ular yolg‘on gapirishdan, va’daga vafo qilmaslikdan va omonatga xiyonat qilishdan iboratligini aytadi. Insonning kuch – qudrati jismonan pahlavonligida emas, balki jahl chiqkan vaqtda o‘zini tiya olishini pahlavonlik, deb hisoblaydi.

U o‘zining asarlarida musulmon kishi uch kundan ortiq o‘z birodaridan arazlab, gina saqlab yurishi mumkin emasligini, qo‘shnisiga ozor bermasligi, mehmonni hurmatini o‘rniga qo‘yish muhimligi, qarindosh – urug‘larga oqibatli bo‘lish, ularning ahvolidan xabardor bo‘lib yurishini ta’kidlaydi.

Buyuk vatandoshimiz bashariyatga tengsiz ma’naviy meros qoldirib ketdi. bu merosning gultoji – eng ishonchli hadislar to‘plami – «Al – Jomi as – Saxix» islom dinida Qur’oni Karimdan keyin e’zozlanadigan ikkinchi manbadir. butun dunyo musulmonlarining e’tiqodiga ko‘ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug‘idir.

Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Saadara at – Sulami al – Bug‘iy at – Termiziy 824 yili Termiz shahrida dunyoga keldi.

Imom at – Termiziy ham yoshlik chog‘idan hadis mutolaasiga kirishib, tezda hadislarni to‘play boshlagan va bu yo‘lda ko‘plab hadis olimlari bilan muloqotda bo‘lib, ularning suhbatini olgan. Imom at – Termiziy Imom al – Buxoriyga shogird bo‘lgan. Undan tashqari Muslim, Abu Dovud, Kutayba, ibn Sa’id, Ishoq ibn Abdurahmon, Muhammad ibn Bashorat, Ali ibn Hujr, Ahsad ibn Muni’, Muhammad ibn al – Musanno, Sufyon ibn Vaki’ kabi qator yirik muhandislarni ham o‘ziga ustoz deb bilgan.

Imom at – Termiziy o‘zining «Sunan» asaridan tashqari yana quyidagi kitoblarni yozganligi ma’lum. CHunonchi: «Kitob al – ilal» («Nuqsonlar kitobi»), «Kitob at – tarix» («Tarix kitobi»), «Kitob ash – shamoil annabiyya» («Payg‘ambarimizning axloq – odoblariga bog‘liq oid kitob»), «Kitob azzuhd» («Zohidlar haqida kitob», «Kitob al – asmo valkuna» («Roviylarning ism va laqablari haqida kitob») va boshqalar

Imom at-Termiziy to‘plagan hadislar orasida bolalarni ahloq – odobga, marhumlarga hurmat ruhida tarbiyalashga da’vat kuchli: «CHinakam sabr – toqatli deb musulmon kishining musibat yuz bergandagi chidamligiga aytiladi».

Abu-Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, YUsuf Xos Hojib, Az-Zamahshariyning dunyoviy bilimlarni tarqalishidagi o‘rni.

Abu Nasr Forobiy – o‘rta asr SHarqining mashhur mutafakkiri, qadimgi yunon falsafasining SHarqdagi eng yirik davomchisi va targ‘ibotchisidir. U Sirdaryo bo‘yidagi O‘tror (Forob) shahrida 873 yilda tug‘ilib, SHosh (Toshkent), Buxoro shaharlarida o‘qidi, so‘ng Arab xalifaligining markazi Bag‘dod shahriga borib, u erda ko‘p yil istiqomat qildi. Yunon faylasuflarining asarlarini mutolaa qilish, turli tillarni o‘rganish bilan shug‘ullandi. U turli sohalarga oid ilmiy asarlar qoldirdi. U o‘z davrining faylasufi, musiqachisi, shoiri, qomusiy olimi sifatida shuhrat qozondi.U «Aql haqidagi risola», «Falsafadan oldin nimani o‘rganish kerak?», «Substansiya haqida», «Falsafa manbalari», «Logikaga kirish», «Masalalar manbai» kabi 160 dan ortiq risolalar yaratdi. Farobiy ta’lim – tarbiya berish usullari haqida yozadi. «Amaliy fazilatlar va amaliy san’atlar qanoatbaxsh so‘zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so‘zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiradi, odamdagi g‘ayrat, kasb – intilish, harakatga aylantiradi.» Olim, daraxtning etukligi uning mevasi bilan bo‘lganidek, insonning barcha xislatlari ham axloq bilan yakunlanadi, deydi, Farobiy o‘z davridagi yoshlarni ta’lim, bilim, hunar egallashlari zarurligi xususida fikrlar bildirdi. Bu fikrlar hozir ham ta’lim – tarbiyada g‘oyat muhimdir.

Abu Rayhon Beruniy jahon fanining taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan zo‘r iste’dod egasi va zahmatkash tadqiqotchi edi. Uning o‘lmas ilmiy asarlari jahon tarixida va taraqqiyotida benihoya yuksak ahamiyatga molikdir.

Abu Rayhon Beruniy 973 yil 4 sentyabr (hijriy 362 yil 2- zulhijja) kuni Xorazmning qadimiy poytaxti Kot shahrida dunyoga keladi. U yoshlikdan ilm – fanga g‘oyat qiziqadi. Xorazmda shuhrat qozongan olim Abu Nasr ibn Iroq Mansur qo‘lida ta’lim oladi, fanning turli sohalari bilan shug‘ullanadi, butun sharqning fan va madaniyatini o‘rganadi, ona tilidan tashqari arab, sug‘diy, fors, suyoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini mukammal egallaydi. Hindistonda sanskrit tilini o‘rganadi.

Beruniy o‘z didaktik qarashlarida tabiat, jamiyat hodisalariga, turmush voqealariga xolisona baho berish – inson tabiatini bildiruvchi omil ekanligini ta’kidlab, kishilarni voqealarga mustaqil va ongli munosabatda bo‘lishga undaydi.

Olimning ta’kidlashicha, sezgi o‘z qo‘zg‘atuvchi a’zolari orqali yuzaga keladi. Qo‘zg‘atuvchilar bir me’yorda bo‘lsa, yokimli va zararsiz, agarda me’yordan ortiq bo‘lsa, dardli va halokatli bo‘ladi.

Ko‘rish sezgisini nur qo‘zg‘atadi, eshitish, hidlash havo bilan burunga uriladigan hidlar orqali paydo bo‘ladi, ta’m – ozuqaning mazasi bilan vujudga keladi. Bu to‘rt sezgini his etuvchi maxsus a’zolar tanada mavjuddir. Beshinchi sezgi esa, butun badanda voqeadir.

Beruniy inson ana shu xususiyatlari bilan barcha mavjudotlardan ustunligini ta’kidlab, insonning asosiy vazifasi mehnat orqali ko‘zlagan maqsadiga erishish, yaxshilik ko‘rishdir, degan g‘oyani olg‘a suradi.

Beruniy ilm – fanning buyuk homiysi va muxlisi sifatida mamlakatning obodonchiligi, ilm – fanning gullab yashnashida, odamning baxti esa, uning bilim va ma’rifatida deb bildi. YAratgan asarlarida har bir inson o‘z qalbining farmoyishiga ko‘ra xayr – ezgulikka intilishi, sun’iy obro‘, shuhrat qozonish uchun muruvvat va shafqat ko‘rsatmasligi kerakligini ta’kidladi.

Beruniy olg‘a surgan insonparvarlik g‘oyalari, ta’lim- tarbiya xususidagi fikr – o‘gitlari mustaqillik davrida ham yoshlarni barkamol qilib etishtirishga xizmat qiladi.

Ibn Sino butun musulmon SHarqining ulkan qomusiy aqli, jahon ilmi va madaniyatining eng mashhur namoyandalaridan biridir. Ibn Sino o‘rta asr fanining turli sohalari – falsafa, tibbiyot, tabiatshunoslik, badiiiy adabiyot bo‘yicha yozgan asarlari bilan madaniyatimiz tarixida o‘chmas iz qoldirdi, uning rivojiga katta hissa qo‘shdi, o‘z davrida «SHayx – urrays» (olimlar raisi) unvoni bilan taqdirlandi. Uning 150 dan ortiq asari ma’lum. Uning «Tib qonunlari» nomi bilan shuhrat qozongan asari SHarqda ham, G‘arbda ham meditsinada asosiy qo‘llanma hisoblangan. Olimning meditsinaga doir kashfiyotlari, ayniqsa, turli o‘simliklardan kimyoviy yo‘l bilan dori – darmonlar tayyorlash haqidagi fikrlari hamon o‘z qimmatini saqlab kelmoqda.

Ibn Sino olim bo‘lish bilan birga iste’dodli adib hamdir. Uning forsiy tilda yozgan she’rlar devoni, «Donishnoma» kitobi, arab tilida yozilgan «Salamon va Ibsol», «Yusuf qissasi», «Qush» va boshqa qissalari bizga qadar etib kelgan. Ibn Sino xalq og‘zaki ijodidagi termalar asosida yozma adabiyotga ruboiy janrini olib kiradi. O‘z g‘azal va ruboiylarida shoir go‘zallikni, ilm – fanni targ‘ib etadi, jaholat, zulm – zo‘rlikni qoralaydi. Bir ruboiysida ilmda kamolot cho‘qqisiga etishsa – da, hamon qadrlanmaganidan shikoyat qilsa, boshqa birida o‘z ilmiy qudratini ta’kidlaydi:

Qora er qa’ridan to avji Zuhal,

Koinot mushkulin barin qildim hal.

Ko‘p chigal tugunni angladim, echdim,

Echilmay qolgani birgina ajal.

O‘z qissalarida Ibn Sino mardlik, insonparvarlik, halol – poklik, mehnatsevarlikni targ‘ib qilib, munofiqlik, sergaplik, yolg‘onchilik, ishyoqmaslikni, riyokor imomlarning ikki yuzlamachiliklarini fosh etadi. Ibn Sino kishilarni ilm – fanni o‘rganishga, kasb – hunar egallashga da’vat etadi.

Ulug‘ olim va iste’dodli adibning nodir asarlari biz uchun hamisha aziz va mo‘‘tabardir.

YUsuf Xos Hojibning pedagogik qarashlarida xalq bilan birga bo‘lish, adolatparvarlik g‘oyalari asosiy o‘rin tutadi. U har bir kishining yuksak kamolot cho‘qqisiga etishini orzu qiladi.

YUsuf xos Hojib «Qutadg‘u bilig» asarida XI asrdagi ijtimoiy va oilaviy tarbiya, maktablardagi fan tarmoqlari, o‘qitish tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini aqliy, axloqiy, mehnat va jismoniy, nafosat tarbiyasiga doir fikrlari bayon etilgan.

YUsuf Xos Hojibning fikricha, insonning ulug‘ligi, aql – idroki, so‘zlash qobiliyati, bilimi, o‘quvi hunarga egaligidir. O‘quv tug‘ma ravishda inson ruhiyatida mavjuddir, bilim esa, o‘qish – o‘rganish va mehnat tufayli egallanadi. Agar ularning har ikkisi o‘zaro birlashsa, insonning qadri ortadi:

O‘quv qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lur,

Bilig kimda bo‘lsa, beduglu alur.

O‘qushlik uqar – ul, bitiglig bilir,

Biligli, o‘quli tilakka tegir.

Shoirning fikricha, bilim bir boshbog‘ yoki jilov kabidir. U kishini har xil noloyiq ishlardan asraydi.

Shu xususiyati tufayli bilim aziz va mo‘‘tabardir.

Adib ta’lim tizimi, ta’lim nazariyasi va amaliyotiga, ta’lim mazmuniga oid bir qator jiddiy fikrlarni aytadi. U ayrim fanlarni o‘qitishdagi izchillikni ham ko‘rsatib o‘tgan.

Yusuf Xos Hojib insonda o‘quv – idrok va bilim til, so‘z orqali ayon bo‘lishini aytadi, ravon tilni bilishga da’vat etadi.

Yusuf Xos Hojib tilni avaylab asrash zarurligini ta’kidlaydi. Ko‘p so‘zlik foydasiz mashg‘ulotdir. SHuning uchun ham tuman so‘z tugunini bir so‘zda yozish lozim. Zero, kishi so‘z tufayli qadr topishi yoki, aksincha «boshi egik bo‘lishi» mumkin.

Buning farqiga bilim bilgangina etadi. Bilimsiz odam ko‘zi ko‘r kishiga o‘xshaydi. Bu hol uning so‘zlar ma’nosidagi ayrimini ham ko‘rmaslikka olib keladi. Demak, so‘z ma’nolarini ilg‘ash uchun ham bilimdonlik talab etiladi.

Yusuf Xos Hojibning uqtirishicha, har bir kishi jamiyatga munosib bo‘lib kamol topmog‘i kerak. Buning uchun u, tug‘ilgan kunidan boshlab zarur tarbiyani olmog‘i lozim.

Shoir o‘g‘il va qizning tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, ularning o‘zlariga xos xususiyatiga e’tibor berishni ta’kidlaydi, bu – ularning kelajak hayotlari jamiyat rivoji uchun kerak.

Yusuf Xos Hojib akliy tarbiyaning baland mavqe tutishini eslatadi. Adib tarbiyaning barcha turlari bir – biri bilan uyg‘un bo‘lishini talab etadi. SHundagina insonning aqlan barkamol, jismonan etuk, axloqiy – ma’naviy boy bo‘lishiga ishonadi. Farzandlariga turli bilim va hunarlar o‘rgatish, ularni go‘zal axlokli qilib , voyaga etkazish ota – onaning burchidir.



Yusuf Xos Hojib tarbiyada kattalar namunasi, ajdodlar tajribasi alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi.
Download 74,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish