Gidrodinamik tadqiqotlarni tasniflash bu tadqiqotlarning maqsadi bilan belgilanadi va oldinga qo’yilgan vazifaga bog’liqdir. Gaz konini o’rganilganining turli bosqichlarida (uyumni o’zlashtirish, undan tajriba-sanoat miqiyosida foydalanish va uyumni ishlatish) gazogidrodinamik tadqiqotlarga nisbatan qo’yiladigan talab turlicha bo’ladi.
Gidrodinamik tadqiqotlarni tasniflash bu tadqiqotlarning maqsadi bilan belgilanadi va oldinga qo’yilgan vazifaga bog’liqdir. Gaz konini o’rganilganining turli bosqichlarida (uyumni o’zlashtirish, undan tajriba-sanoat miqiyosida foydalanish va uyumni ishlatish) gazogidrodinamik tadqiqotlarga nisbatan qo’yiladigan talab turlicha bo’ladi.
Umuman gaz quduqlari tadqiqoti quyidagi turlarga bo’linadi:
Boshlang’ich Joriy Maxsus Boshlan’ich tadqiqotlar barcha izlov, qidiruv va ishlatish quduqlarida amalga oshiriladi. Boshlang’ich tadqiqotlar asosiy bo’lib to’la hajmda amalga oshiriladi va qatlam parametrlarini, uning mahsuldorlik tavsifini, quduqning mahsulot bera olish imkoniyatlarini aniqlashga yordam beradi. Shuningdek, debit bilan quduq tubidagi va og‘zidagi bosim va temperaturaning bog‘liqligini, oqimda suyuq va qattiq zarrachalar mavjudligi va yer yuzasiga chiqarilishini, qatlamni ochishning darajasi va sifatini belgilash imkonini beradi.
1. Quduq og‘zidagi statik bosim. 2. Quduq og‘zida o‘lchash asosida yoki chuqurlik monometrlari bilan aniqlangan qatlam bosimi. 3. Quduqning turli ish rejimlaridagi quduq tubi bosimi, xuddi qatlam bosimi singari 4. Quduq debiti kritik oqimdagi shaybali o‘lchagich yoki o‘lchash punktiga o‘rnatilgan diafragmali o‘lchagich ma’lumotlari bo‘yicha
Gaz quduqlarining boshlang‘ich tadqiqotida quyidagi parametrlar aniqlanadi:
Konni ishlatish jarayonida foydalanish quduqlarida joriy tadqiqotlar o‘tkaziladi. Joriy tadqiqotlarning asosiy vazifasi konni ishlatishni taxlil va nazarot qilish uchun zarur ma’lumotlarni olishdan iborat. Joriy tadqiqot hajmi konning aniq sharoitiga qarab belgilanadi va asosan quduqlarni gidrodinamik tadqiq qilishdan iborat bo‘ladi. Bundan maqsad ilgari qabul qilingan parametrlarni tekshirishdan va ularni konni ishlatish jarayonida o‘zgarish qonuniyatlarini belgilash va loyihaviy ko‘rsatkichlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritishdan iborat