2- ma’ruza fonetika va fonologiya; nutq apparati; ona tilining unli tovushlar tizimi


Hosil bo‘lish (artikulyatsiya) usuliga ko‘ra undoshlar uch guruhga bo‘linadi



Download 152,58 Kb.
bet13/15
Sana01.01.2022
Hajmi152,58 Kb.
#298474
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2-mavzu

Hosil bo‘lish (artikulyatsiya) usuliga ko‘ra undoshlar uch guruhga bo‘linadi:

1) portlovchilar;

2) sirg‘aluvchilar;

3) portlovchi – sirg‘aluvchilar.

Portlovchi undoshlar ikki nutq a’zosining o‘zaro jipslashuvi va o‘p kadan chiqayotgan havo oqimining ana shu a’zolarga zarb bilan urilib, portlab o‘tishidan hosil bo‘ladigan undoshlar bo‘lib, ularga b, g, d, dj (jilva so‘zidagi) k, p, t, ch, q undoshlari kiradi. Bular orasida dj (jajji so‘zidagi) va ch undoshlari o‘ziga xos artikulyatsiyasi bilan boshqalaridan ajralib turadi. Shu jihatdan portlovchilar ikki turga ajratiladi:

a) sof portlovchilar: b, g, d, k, p, t, q;

b) qorishiq portlovchilar (affrikatlar): dj (jahon so‘zidagi) dj (d+j), ch (t+sh).

Sirg‘aluvchi undoshlarikki nutq a’zosining bir-biriga yaqinlashishi va havo oqimining ana shu a’zo orasidan sirg‘alib chiqishi bilan hosil bo‘ladigan undoshlar bo‘lib, ularga v, j (jirafa so‘zidagi), z, y, s, f, x, sh, g‘, h undoshlari kiradi.

Portlovchi – sirg‘aluvchilar undoshlarbir vaqtning o‘zida ham portlash, ham sirg‘alish ro‘y berishi natijasida hosil bo‘ladi. Ularga m, n, ng, l, r undoshlari kiradi. Bunday undoshlar hosil bo‘lish usuliga ko‘ra boshqa undoshlar (portlovchilar, sirg‘aluvchilar)dangina emas, balki o‘zaro ham farq qiladi.

Demak, m, n, ng undoshlari talaffuz qilinganda, havo oqimining bir qismi burun bo‘shlig‘i orqali sirg‘alib chiqqani uchun ular burun undoshlari deb ataladi. L undoshini hosil qilishda til uchi milkka tegadi, ammo havo oqimining milkning ikki yonidan sirg‘alib o‘tishi uning og‘iz bo‘shlig‘idan qisman portlab, qisman sirg‘alib chiqishiga sabab bo‘ladi, shuning uchun u yon tovush deb ataladi; r undoshini hosil qilishda o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi tilning uchiga zarb bilan uriladi va uni titratadi, tilning titrab turishi havo oqimining og‘iz bo‘shlig‘idan yarim portlab, yarim sirg‘alib chiqishiga olib keladi. Shuning uchun u titroq tovush deyiladi. Shu jihatdan portlovchi-sirg‘aluvchi tovushlar uch turga ajratiladi:


Download 152,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish