Kabel yordamida bog’lash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, o’ralgan juftlik kabeli (UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata yordamida bog’lanadi.
Simsiz bog’lanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar yordamida, ya’ni radio to’lqinlar, infraqizil nurlar, Wi-Fi va Bluetooth texnologiyalari yordamida bog’lanadi. Wi-Fi - Wireless Fidelity - IEEE 802.11 simsiz aloqa standarti. Bino ichida 32 metrgacha bino tashqarisida 95 metrgacha bo’lgan masofada LHT PKlari tarmoq platalari, qurilmalari va ulanish nuqtalari o’rtasidagi aloqani ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |