2 – laboratoriya mashg’uloti
O’lmaszoda Akbarshoh
1. Qattiq yoqilg’ini qayta ishlashning asosiy usullarini 4 ga bo’lish mumkin:
Gazifikatsiya – gazifikatsiyalovchi agentlar yordamida qattiq yoqilg’ini yonuvchan gazlarga aylantirish.
Gidrogenlash – yuqori bosimdagi vodorodning o’tkazilishi yordamida xomashyodan ko’ra vodorod bilan ko’proq boyigan birikmalarni olish.
Termik eritish – organik erituvchilar yordamida maydalangan yoqilg’i (ko’mir)ni eritish. (340 – 380oC; 2 – 15 Mpa).
Quruq haydash yoki piroliz – havosiz muhitda yoqilg’ini termik parchalash. Bunda piroliz turiga qarab 550 – 1000oC oralig’ida borishi mumkin.
2. Ko’mir turlari:
torf;
qo’ng’ir ko’mir;
toshko’mir;
a ntratsit.
3. Toshko’mirning kimyoviy tarkibi:
uglerod – 75 – 92%;
vodorod 2.5 – 5.7%;
kislorod 1.5 – 15%;
azot – 2.7% gacha;
oltingugurt 0 – 4%
Toshko’mirning tuzilishi:
4. Flotatsiya – materiallar yuzasini fizik-mexanik xossalarining farqiga, ya’ni ularni suv bilan ho’llanish qobiliyatiga asoslangan
5. Flotoreagentlar – mineral yuzasiga havo pufakchalarining tezroq kelib yopishishini ta’minloivchi kimyoviy birikmalar. Bunday moddalar metallurgiya, neft sanoati, plastmassalar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Ular quyidagi funksiyalarni bajarishi mumkin:
yig’uvchilar;
regulyatorlar;
ko’pik hosil qiluvchilar;
aktivator-reagentlar;
depressor-reagentlar.
6. Flotatsiyadan oldin materialni maydalash kerak. Bu yo’l bilan alohida mineral qavatlarini ajratishga va flotatsiya sodir bo’lishiga erishiladi. Material zarrachalari kattalashgani sari, ularning flotatsiyalanishi kamayib boradi. Rudaning maydalanishi nafaqat rudaning mineraldan ajralishiga, balki minerallarning ham bir-biridan ajralishiga sabab bo’ladi va, o’z navbatida, flotatsiya tezligi ortadi.
7. Toshko’mirni kokslash mahsulotlari:
koks gazi (tarkibi: metan, vodorod, ammiak, etilen, benzol va toluol bug’lari)
toshko’mir smolasi (tarkibi: benzol, toluol, ksilol, naftalin, fenol)
smola usti suyuqligi (ammiak va fenoldan iborat);
koks – deyarli toza uglerod.
8. Tоshko’mir tаrkibidа krеmniy оksidlаri, tеmir sulfidi vа lоy bo’lishi mumkin, ulаr kоkslаsh jаrаyonidа ishlаtilаdigаn ko’mir sifаtini kеskin tushirib yubоrаdi, kоks gаzidаgi vоdоrоd sulfid gаzini miqdоrini оshirаdi. Shuning uchun turli mаrkаdаgi tоshko’mir, tаrkibidаgi qo’shimchа mоddаlаrdаn tоzаlаsh uchun bоyitilаdi. Boyitishning eng yaxshi nusullaridan biri esa – flotatsiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |